Arab tili grammatikasi. Kirish. Tillarni o’rganadigan fan tilshunoslik ilmi deb ataladi. Arab tilida bu fanning Fonetika


Download 21.22 Kb.
bet3/5
Sana24.03.2023
Hajmi21.22 Kb.
#1293719
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hamza. Arab Tili grammatikasi

Ayiruvchi hamza — ء
Hamza (ء) bo’g’izda hosil bo’ladigan, yengil yo’talga o’xshagan sekin eshitiluvchi undosh tovush bo’lib, yozuvda harakatlar bilan keladi.
Hamza ikki xil bo’ladi:
1. Ayiruvchi — qat’iy (o’qiladigan) hamza. 
2. Biriktiruvchi — vaslali (o’qilmaydigan) hamza.
Ayiruvchi (qat’iy) hamza so’zning o’zak tashkil qiluvchu hamzasidir. U so’zning hamma yerida keladi va to’liq o’qiladi, aniq talaffuz qilinadi va yozuvda saqlanadi.

haqiqatda (yuklama) إِنَّ xabarlar  أَخْبَارٌ


"¦ki (yuklama) أَنَّ so’rovchi  سَائِلٌ
bosh رَأْسٌ quduq بِئْرٌ 

Imlosi: So’z boshida hamzaga, u qaysi harakat bilan kelgan bo’lishiga qaramay, kursi vazifasini doimo ا (alif) bajaradi.
So’z o’rtasi yoki oxirida kelayotgan hamzaga kursi vzaifasini ا و ي undoshlaridan biri bajaradi. Ulardan qaysi birining kursi bo’lib kelishi "œqoidalarning kuchliligi" qoidasiga binoan hal qilinadi:
        1. Kasra ( unga "œي" undoshi tabiatan mos keladi);
2. Zamma ( unga "œو" undoshi tabiatan mos keladi);
3. Fatha ( unga "œا" undoshi tabiatan mos keladi);
4. Sukun ( unga har uchala undosh ham taglik vazifasini o’tashi mumkin).

Hamzaning kursisini topish uchun uning o’ng va chap tomonlarida kelayotgan ikkita harakat (unli tovush) qiyoslab ko’riladi. Qaysi harakat kuchliroq bo’lsa, hamzaga o’sha harakatga tabiatan muvofiq undosh kursi bo’ladi. Masalan:

yomon سَيِّئٌ qurultoy مُؤْتَمَرٌ
kechiktirish تَأْخْيرٌ o’smoq نَشَأَ
ovqat zahirasi  مَؤُونَةٌ u pok bo’ldi بَرِئَ

So’zning oxirida sukun yoki "œa:", "œi:", "œu:" cho’ziq unlilaridan keyin kelgan hamza undoshi, hamda so’zning o’rtasida cho’ziq "œa:" dan keyin va qisqa "œa"dan avval  kelgan  hamza kursisiz, yolg’iz o’zi yoziladi:

U savol bilan murojaat qildi;
so’rashdi      سَاءَلَ narsa شَيْءٌ
sotib olish شِرَاءٌ yomon رَدِيءٌ 
poklik بَرَاءَةٌ to’liq مَمْلُوءٌ

Madda belgisi: agar hamza cho’ziq "œaunlisi bilan kelsa, yoki undan keyin yana bir hamza kelsa, yozuvda ularni ustiga ushbu — ~ madda belgisi qo’yilgan alif harfi ifodalaydi. Madda so’zning istalgan o’rnida kelishi mumkin:


oxirgi — آخِرٌ boshqa — آخَرُ ishondi, iymon keltirdi — أ َ+ أْمَنَ = آمَنَ

Download 21.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling