Arab tili grammatikasi. Kirish. Tillarni o’rganadigan fan tilshunoslik ilmi deb ataladi. Arab tilida bu fanning Fonetika


Download 21.22 Kb.
bet1/5
Sana24.03.2023
Hajmi21.22 Kb.
#1293719
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Hamza. Arab Tili grammatikasi


بِسْمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ

Arab tili grammatikasi.
Kirish.
Tillarni o’rganadigan fan tilshunoslik ilmi deb ataladi. Arab tilida bu fanning
1. Fonetika ( عِلْمُ الاَصْوَاتِ — tovush va uning yozuvdagi ifodasini o’rganuvchi fan) ;
2. Morfologiya ( أَلصَّرْفُ — so’zlar va ularning yasalishini o’rganuvchi fan) ;
3. Sintaksis ( أَلنَّحْوُ — gap tuzilishini o’rganuvchi fan) nomli bo’limlari bor.

Arab tili fonetikasi haqida oldinroq ma’lumot berib o’tilgani uchun keyingi bo’limlarga tegishli ma’lumotlarga o’tamiz.


I

BOSHLANG’ICH QISM.



Tanvin zamma —  ٌ
Tanvin ismning oxiriga qo’shiladigan aytiladigan-u, ammo yozuvda aks etmaydigan ortiqcha sukunli nun — نْ bo’lib, yozilganda qo’shaloq zamma harakati — ٌ bilan yoziladi va "œun" deb o’qiladi. Bu yerdagi ikkinchi harakat aynan sukunli nunni ifodalab kelyapti:
بَيْتٌ —(baytun) uy, بِنْتٌ —(bintun) qiz, أَبٌ —(abun) ota, أَخٌ —(axun) aka-uka. 
Tanvin zamma ismning bosh kelishikda ekanligini bildiradi.


Tanvin kasra — ٍ
Tanvin kasra — ٍ "œin" deb o’qiladigan qo’shaloq kasra harakatidir. Bu yerdagi ikkinchi kasra sukunli nunni ifodalab kelyapti:
بَيْتٍ —(baytin) uyning بِنْتٍ —(bintin) qizning أَبٍ —(abin) otaning.

Ta: marbuta - ﺔ ة
Agar ه undoshining alohida va so’z oxirida ko’rinishlarining ustiga qo’sh nuqta qo’yilsa, bu undosh "œt" tovushini ham ifodalaydi: ﺔ ة — t
Bu harf "œta: marbuta" (bog’langan "œt") yoki "œtai ta’nis" (muannaslik "œt"si) deb ataladi. Talaffuzi ت harfining (bu "œt" ni "œta: mamdu:da" — cho’zilgan "œt" deb ataladi) talaffuzi bilan bir xil.
"œTa: marbuta" muannas jinsning asosiy ko’rsatkichidir. Masalan:
وَهُوبَةٌ —(vahu:batun) o’ta saxiy ayol إِبْنَةٌ —(ibnatun) qiz 
Tashdid belgisi (shadda) — ّ
So’zda ikkita bir xil undosh yonma-yon kelganida, ularning faqat bittasi yozilib, ustiga "œshadda" yoki "œtashdid" deb nomlanadigan ushbu belgi — ّ qo’yiladi. Shadda undosh harfni ikkita qilib o’qilishini bildiradi:
لاَ(بُدْدَ) بُدَّ - (la: bud-da) zarur 
لَمْمَا) لَمَّا) — (lam-ma:) qachonki
دَلْلَ) دَلَّ) — (dal-la) U undadi

Download 21.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling