Arab tili grammatikasi. Kirish. Tillarni o’rganadigan fan tilshunoslik ilmi deb ataladi. Arab tilida bu fanning Fonetika
Download 21.22 Kb.
|
Hamza. Arab Tili grammatikasi
Ayiruvchi hamza — ء
Hamza (ء) bo’g’izda hosil bo’ladigan, yengil yo’talga o’xshagan sekin eshitiluvchi undosh tovush bo’lib, yozuvda harakatlar bilan keladi. Hamza ikki xil bo’ladi: 1. Ayiruvchi — qat’iy (o’qiladigan) hamza. 2. Biriktiruvchi — vaslali (o’qilmaydigan) hamza. Ayiruvchi (qat’iy) hamza so’zning o’zak tashkil qiluvchu hamzasidir. U so’zning hamma yerida keladi va to’liq o’qiladi, aniq talaffuz qilinadi va yozuvda saqlanadi. haqiqatda (yuklama) إِنَّ xabarlar أَخْبَارٌ "¦ki (yuklama) أَنَّ so’rovchi سَائِلٌ bosh رَأْسٌ quduq بِئْرٌ Imlosi: So’z boshida hamzaga, u qaysi harakat bilan kelgan bo’lishiga qaramay, kursi vazifasini doimo ا (alif) bajaradi. So’z o’rtasi yoki oxirida kelayotgan hamzaga kursi vzaifasini ا و ي undoshlaridan biri bajaradi. Ulardan qaysi birining kursi bo’lib kelishi "œqoidalarning kuchliligi" qoidasiga binoan hal qilinadi: 1. Kasra ( unga "œي" undoshi tabiatan mos keladi); 2. Zamma ( unga "œو" undoshi tabiatan mos keladi); 3. Fatha ( unga "œا" undoshi tabiatan mos keladi); 4. Sukun ( unga har uchala undosh ham taglik vazifasini o’tashi mumkin). Hamzaning kursisini topish uchun uning o’ng va chap tomonlarida kelayotgan ikkita harakat (unli tovush) qiyoslab ko’riladi. Qaysi harakat kuchliroq bo’lsa, hamzaga o’sha harakatga tabiatan muvofiq undosh kursi bo’ladi. Masalan: yomon سَيِّئٌ qurultoy مُؤْتَمَرٌ
So’zning oxirida sukun yoki "œa:", "œi:", "œu:" cho’ziq unlilaridan keyin kelgan hamza undoshi, hamda so’zning o’rtasida cho’ziq "œa:" dan keyin va qisqa "œa"dan avval kelgan hamza kursisiz, yolg’iz o’zi yoziladi: U savol bilan murojaat qildi;
Madda belgisi: agar hamza cho’ziq "œa" unlisi bilan kelsa, yoki undan keyin yana bir hamza kelsa, yozuvda ularni ustiga ushbu — ~ madda belgisi qo’yilgan alif harfi ifodalaydi. Madda so’zning istalgan o’rnida kelishi mumkin: oxirgi — آخِرٌ boshqa — آخَرُ ishondi, iymon keltirdi — أ َ+ أْمَنَ = آمَنَ Download 21.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling