Arab tili grammatikasi. Kirish. Tillarni o’rganadigan fan tilshunoslik ilmi deb ataladi. Arab tilida bu fanning Fonetika


Download 21.22 Kb.
bet2/5
Sana24.03.2023
Hajmi21.22 Kb.
#1293719
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hamza. Arab Tili grammatikasi

Alif maqsura — َي
Ba'zi so’zlarning oxirida "œa" uzun unlisini ifodalashda "œalif maqsura" ("œqisqa alif") deb ataladigan ي undoshi nuqtalarsiz kelishi mumkin. Alif maqsura faqat fathadan keyin va so’zning oxirida keladi. Alif maqsurani quyidagi kabi so’zlarda ko’rish mumkin:
أَهْوَي — (ahva:) eng sevikli (sifat)
أَتَي — (ata:) U keldi (fe’l)
So’zda alif maqsuradan keyin yana boshqa harf kelsa, u "œalif" yoki "œya" ga (ya’ni o’zining asl shakliga ) aylanadi:
أَتَيْتُ — (ataytu) men keldim
أَتَانَا — (ata:na:) bizga keldi.
Alif maqsura tovush o’zgarishlari natijasida paydo bo’lagan tovushdir.
Tanvin fatha — ً
Tanvin fatha — ً — "œan" deb o’qiladigan qo’shaloq fatha harakatidir. Bu yerdagi ikkinchi fatha sukunli nunni ifodalab kelyapti. U so’zning tushum kelishigida eknaligidan dalolat beradi:
 تَوْبَةً — (tavbatan) tavbani بِنْتًا — (bintan) qizni أَبًا — (aban) otani.
Kishilik olmoshlari — أَلضَّامَائِرُ
Arab tilida ikki xil: alohida yoziluvchi kishilik olmoshlari (أَلضَّمِيرُ الْمُنْفَصِلُ) va birikib yoziluvchi (أَلضَّمِيرُ الْمُتَّصِلُ) kishilik olmoshlari bor. Alohida yoziluvchi kishilik olmoshlari quyidagilardir:
(http://img137.imageshack.us/img137/7756/75084779eq2.jpg) (http://imageshack.us)

I shaxs


Men أَنَا
————
Biz نَحْنُ

II shaxs


Sen أَنْتَ
Sen أَنْتِ
Siz ikkingiz أَنْتُمَا
Siz ikkingiz أَنْتُمَا
Siz أَنْتُمْ
Siz  أَنْتُنَّ

III shaxs

U  هُوَ
U  هِيَ
U ikkovi هُمَا
U ikkovi هُمَا
Ular هُمْ
Ular  هُنَّ

Alohida yoziluvchi kishilik olmoshlari aniq shaxsni ko’rsatidh uchun ishlatiladi. Bu olmoshlarda jins va son kategoriyalari mavjud.


Birikma olmoshlar esa egalikni ifoda etadi va ularda ham jins va son kategoriyalari mavjud. Birikma olmoshlar ism, fe’l, ko’makchi va yuklama kabilarga birikib kelgani uchu shunday ataladi. Bu turdagi olmoshlar haqida keyinroq ma’lumot beriladi.
Bo’g’inlar
So’zlar bo’g’in yoki bo’g’inlardan tashkil topadi. Har bir bo’g’in undosh harf bilan boshlanadi. Undosh harf bilan unli harfning ham bo’lishi shart. Bo’g’inning boshida yoki oxirida ikki undosh yonma-yon kelmaydi. Uch xil bo’g’in bor:
1. Qisqa bo’g’in — bir undosh va unlidan iborat: كَتَبَ — ka-ta-ba — u yozdi.
2. Cho’ziq bo’g’in — bir undosh va cho’ziq unlidan yoki undosh + qisqa unli + undosh dan iborat: دَرْسٌ — dar-sun — dars.
3. O’ta cho’ziq bo’g’in — undosh + cho’ziq unli + undoshdan iborat: حَارٌّ — ha:r-run — issiq.
Qaysi tovush bilan tugashiga qarab bo’g’inlar ikki xil bo’ladi:
a) ochiq bo’g’in (agar unli tovush bilan tugasa) : لاَ — la: — yo’q.
b) yopiq bo’g’in (agar undosh tovush bilan tugasa) : بَيْتٌ — bay-tun — uy.

Download 21.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling