"œshadda" belgisi qo’yiladi: أَلشَّمْسُ so’zi "œal-shamsu" emas, balki "œash-shamsu" deb o’qiladi:
tinchlik (as-sala:mu) أَلسَّلاَمُ dars (ad-darsu) أَلدَّرْسُ
Gapda yoki so’z birikmasining o’rtasida ( ya’ni ikki so’zning o’rtasida) kelgan vaslali hamza ل harfi bilan oldindagi so’zning oxirgi undoshining unlisini biriktirib qo’yadi ( vasl qiladi) :
U xat yozdi (kataba-l-maktu:ba ) كَتَبَ الْمَكْتُوبَ
U kitob oldi ( axoza-l-kita:ba) أَخَذَ الْكِتَابَ
Agar vaslali hamzali yoki ال artiklini olgan so’zdan oldingi so’zning oxiri sukun bilan tugagan bo’lsa, undan oldingi undosh harfning harakatiga qaraladi. Agar u "œa" bo’lsa, vaslali hamzali "œi", agar "œi" bo’lsa va u so’z fe’l bo’lmasa, vaslali hamza "œa", "œu" bo’lsa, vaslali hamza ham "œu" deb o’qiladi:
Maktabdan (mina-l-madrosati) مِنَ الْمَدْرَسَةِ
Direktor kim? (mani-l-mudi:ru) مَنِ الْمُدِيرُ ؟
Ular musulmonlar"¦. (humu-l-muslimu:na) هُمُ الْمُسْلِمُونَ
Agar bu so’z fe’l bo’lsa, ال ning vaslali hamzasi "œi" deb o’qiladi:
Darsni yoz! (uktubi-d-darsa) — أُكْتُبِ الدَّرْسَ
Aniq holatdagi so’z oldida لِ old ko’makchisi qo’shilib yozilganda, ا yozuvda tushib qoladi — yozilmaydi:
Uy uchun — لاَلْبَيْتِ) لِلْبَيْتِ → لِ + الْبَيْتِ emas)
Muallim uchun — لاَلْمُعَلِّمِ) لِلْمُعَلِّمِ → لِ + الْمُعَلِّمِ emas)
Agar ل harfi bilan boshlangan aniq holatdagi so’z oldiga لِ ko’makchisi birikib kelsa, yozuvda aniqlik artikli tushib qoladi, ل harfi esa saqlanib qoladi. Chunki so’zning ل harfi ikkilanib kelyapti:
til uchun — لِلِّسَانِ → لِ + لِسَانٌ ( emas لأَللِّسَانِ)
Do'stlaringiz bilan baham: |