Arab tili haqida ma’lumot reja


أشْهَدُ أنَّ مُحَمَّدَّا رَسُول الَّله


Download 74 Kb.
bet3/3
Sana30.04.2023
Hajmi74 Kb.
#1415737
1   2   3
Bog'liq
ARAB TILI HAQIDA MA’LUMOT

أشْهَدُ أنَّ مُحَمَّدَّا رَسُول الَّله
Muazzin رَسُولُ so‘zini nasb (fatha harakati)da o‘qiydi. Haligi eshitib turgan kishi a’robiy bo‘lsada, ajablanib: “Sho‘ri qurigur, bu nima qilyapti o‘zi?”, deydi. Bir a’robiy bozorga kirib bozorchilarni lahn qilayotganini eshitib qoladi va “Subhanalloh, lahn qilishyapti. Biz esa lahn ham qilmaymiz, foyda ham ko‘rmaymiz”, deydilar. Ya’ni ular shuncha xato qilishsa ham, foyda ko‘rib yotishibdi. Biz esa to‘g‘ri so‘zlab, foyda ko‘rishni bilmaymiz deyishgan.
Asmoiy aytadilar: “To‘rt kishi na hazlida ham va na jiddiy gapida ham lahn (xato)ga yo‘l qo‘ymagan. Ular Sha’biy, Abdulmalik ibn Marvon, Hajjoj ibn Yusuf va Ibni Fariadir. Ularning ichida eng fasohatlisi Hajjoj hisoblanadi”. Bundan bilinadiki, bu insonlar hazil va jahl holatida ham arab grammatikasiga amal qilib so‘zlagan.
Bir kuni Hazrat Ali raziyalohu anhu bir kishining Tavba surasini noto‘g‘ri e’rob bilan o‘qiyotganini eshitib qoladilar va Abu Asvad ad-Dualiyni chaqirib qoida yozishga buyuradilar. Boshqa rivoyatda, aytadilarki, Abu Asvad hazrat Alining huzurlariga kiradi, Hazrat Alining qo‘llarida siyoh bor edi. Abu Asvad aytadilar: “Ya amiral mu’miniyn! Qo‘lingizdagi nima? Ali raziyallohu anhu: “O‘ylab qoldim, mana bu qizillarni arablarga aralashishi oqibatida arab tili buzilyapti. Men bu bilan bir narsa o‘rnatmoqchimanki, arablar ularga murojaat qilsin va unga suyansinlar. So‘ng qo‘llaridagi haligi narsani Abu Asvad tomon tashlaydilar . Unda quyidagicha yozilgan edi:
الكَلَامُ كُلُّهُ إسْمٌ وَ فِعْلٌ وَحَرْفٌ. فَلاسْمُ مَا أنْبَاءَ عَنِ المُسَمَّى. وَالفِعْلُ مَا أنْبِىءَ بِهِ. وَالحَرْفُ مَا أفاَدَ مَعْنَى
Ya’ni: “Kalomning barchasi ism, fe’l va harfdan iboratdir. Ism nomlangan narsadan xabar beradi. Fe’l esa u bilan xabar beriladi. Harf esa ma’no anglatmaydi”. So‘ng aytadilar: “Mana shu 3 narsadan keyin xayolingga nima kelsa, yozavergin”.
Shundan so‘ng arab tili qoidalariga katta e’tibor beriladigan bo‘ldi. Birinchi bo‘lib bu sohada Abu Asvad ad-Dualiy arab tiliga doir qonun-qoidalarni ishlab chiqaradilar. Bu sohada eng muvaffaqiyat qozongan shaxs bizning vatandoshimiz Mahmud Zamaxshariy hazratlari hisoblanadilar. Bu olim o‘z kitobida arablarning o‘zi o‘rganishga muhtoj bo‘lgan qimmatli ma’lumotlarni yozib qoldiradi. Hatto arablardan ba’zilari aytadi: “Agar bu inson shunday buyuk ishni qilmaganda biz o‘zimizning sof tilimizdan ayrilib qolardik”.
Biroq arab tilining grammatik normalari esa milodning XII-IX asrida ishlab chiqildi. Qur’oni karimning nozil bo‘lishi, payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom hadislarining yuzaga kelishi arab adabiy tilining yanada rivojlanishi, ta’sir doirasining kengayishi, arab bo‘lmagan boshqa xalqlar tomonidan ham arab tilini keng o‘rganilishiga yo‘l ochib berdi. Ayniqsa, Bag‘dod xalifaligida tashkil etilgan ilmiy markaz va unda arab olimlari bilan bir safda ko‘plab musulmon o‘lkalardan kelgan ajam olimlarining tadqiqot ishlari olib borishgani arab tilining ilm-fan sohasidagi mavqeyini yanada yuqori ko‘tardi. Natijada bu til butun musulmon sharqi hududida Evropadagi lotin tili kabi fan tiliga aylandi. Bundan tashqari, u ko‘plab musulmon sharq mamlakatlarida uzoq vaqt davlatlararo muomala tili bo‘lib ham xizmat qildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOT



  1. Istoriya lingvisticheskix ucheniy. Srednevekovy Vostok. M., 1981.

  2. N.A.Kondrashov. Istoriya lingvisticheskix ucheniy. M., 1979.

  3. S.Usmonov. Umumiy tilshunoslik. T., 1972.

  4. T.A.Amirova,B.A.Olxovikov, Yu.V.Rojdestvenskiy. Ocherki po istorii lingvistiki. M., 1975.

  5. Ya.V.Loya. Istoriya lingvisticheskix ucheniy. M., 1968.

  6. A.Nurmonov. o`zbek tilshunosligi tarixi. T., 2002.

  7. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik.1-qism.-T.. 2005.

Download 74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling