Arab xalifaligi va musulmon huquqi
Islomda oqimlar va mazhablar
Download 233.5 Kb.
|
1404137330 51477
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sunniylik yo`nalishi
- 4. Musulmon huquqining manbalari
- Birinchi turi
- Sunnaning ikkinchi turi
- Birinchi sohada
Islomda oqimlar va mazhablar slomda yuz bergan dastlabki ixtiloflar natijasida VII asrning II yarmida unda uchta asosiy yo`nalish - xorijiylar, sunniylar, shialar paydo bo`lgan. Xorijiylarning bo`linishi jarayonida paydo bo`lgan sektalar (azraqi-lar, sufriylar va boshqalar) asosan o`rta asrlarda yo`qolib ketib, ulardan faqat bittasi ibodiylar (abodiylar) hozirgacha saqlanib qolgan. Sunniylik eng katta yo`nalish bo`lib (hozir jahondagi barcha musul-monlarning qariyb 92,5 foizi sunniylar hisoblanadi), u islomda doimo ortodoksal oqim deb tanilgan, unda ixtiloflar kam bo`lgan. Shuning uchun sunniylik ichidan o`rta asrlarda hech qanday sektalar ajralib chiqmagan. Yangi davrda vahhobiylar diniy-siyosiy oqimi va o`ziga xos sekta sifatida shakllangan ahmadiya sunniylikdan ajralib chiqqan. Shialik sunniylikka nisbatan oppozitsiyada turgan yo`nalish bo`lib, undan bir necha sekta ajralib chiqqan. O`rta asrlardayoq yo`qolib ketgan qarmatlar, hashshoshiylar, hozirgacha mavjud bo`lgan imomiylar, ismoi-liylar, druzlar, zaydiylar, nusayriylar (alaviylar), aliilohiylar, yangi davrda paydo bo`lgan bobiylar, behoiylar shular jumlasiga kiradi. Sunniylik yo`nalishi «Ahli sunna val jamoa» deb ataladi va 4 ta fiq-xiy: hanafiy, shofi`iy, molikiy, hanbaliy va 2 ta aqidaviy: ash`ariy va motu-ridiy mazhablaridan iborat. Sunniylar mazhablar bo`yicha quyidagicha nis-batda bo`lganlar: hanafiylar - 47 %, shofi`iylar - 27 %, molikiylar - 17 %, hanbaliylar - 1,5 %. Shia yo`nalishi ismoiliy, ibodiy, ja`fariy, zaydiy maz-hablarini o`z ichiga olib, dunyodagi musulmonlarning 7,5 % ni tashkil qiladi. Sunniylik tarafdorlari asosan Osiyo va Afrikada (Pokiston, Bangla-desh, Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Xitoy, Afg`oniston, Turkiya, Ara-biston yarim oroli va Fors ko`rfazi atrofidagi arab mamlakatlarida, Suriya, Livan, Iordaniya, Eron, Shimoli-Sharqiy va G`arbiy Afrika mamlakatlari-da), shuningdek, MDHda (Ozarbayjon va Tojikistonning tog`lik rayonlari-dan tashqari), Bolgariya, Yugoslaviya, Albaniya, Kipr va AQSHda ya-shaydilar. Sunniylik VII asrning II yarmida Arabistonda vujudga kelgan. VIII-XII asrlarda arab xalifligidagi diniy-siyosiy kurashlar jarayonida is-lomda yirik yo`nalish sifatida shakllangan. Sunniylar Qur`on bilan birga Sunnaga ham e`tiqod qiladilar, unda Muhammad (SAV) va xalifa Ali bilan bir qatorda, shialik tarafdorlari rad etadigan dastlabki xalifalar (Abubakr, Umar, Usmon) ham e`tirof etiladi. Sunniylikda to`rtta diniy-huquq maz-habi mavjud, ulardan hanafiya bilan shofi`iya MDHda yashaydigan musul-monlar orasida ham tarqalgan edi. Sunniylik bilan islomdagi ikkinchi asosiy yo`nalish-shialik o`rtasi-dagi hokimiyat masalasida (sunniylik xalifalik hokimiyati, shialik esa imo-mat tarafdori), ayrim diniy marosim va an`analar (masalan, azon, mut`a, shaxsey-vaxsey, mazdiylik va h. k.)da birmuncha tafovutlar bor. Shialik (arabcha - guruh, tarafdorlar) - islomdagi asosiy yo`nalishlar-dan biri. O`zining tarqalishi va ijtimoiy-siyosiy mohiyati jihatidan sunniy-likdan keyingi o`rinda turadi. Shialik VII asr o`rtalarida xalifa Ali hoki-miyati tarafdorlaridan iborat siyosiy guruh sifatida vujudga kelgan. VII asr oxirlariga kelib Iroq va Eronda keng tarqalgan va islomdagi mustaqil diniy yo`nalishga aylangan. Shialik diniy-aqidaviy ta`limotda, marosim va urf-odatlarda ortodoksal sunniylikdan ma`lum darajada farq qiladi. Diniy-siyo-siy harakat sifatida xalifalar hokimiyatiga qarshi kurash olib borgan feodal guruhlarning, hatto xalq qo`zg`olonchilarining mafkurasi sifatida ham maydonga chiqqan. Shialik aslida feodal guruhlar o`rtasidagi hokimiyat uchun kurash oqibatida vujudga kelgan bo`lsa-da, bu ixtiloflar ko`pincha diniy ta`limotdagi tafovut shaklida namoyon bo`lgan. Shialik tarafdorlari (shialar) sunniylar kabi Qur`onni ilohiy deb e`tirof etadilar, lekin xalifalar davrida uning ayrim qismlari tushirib qoldirilgan deb hisoblaydilar. Shialik ilohiyotchilari Qur`onning mazmunini majoziy talqin qilish yo`li bilan o`z ta`limotlarini asoslaydilar. Sunnada esa ular faqat Ali va uning tarafdorlari nomi bilan bog`liq bo`lgan hadislarni tan olganlar va shunday hadislardan iborat mustaqil to`plamlar tuzganlar. Bu to`plamlar Axbor deb atalgan. Sunniylikda e`tirof etilgan diniy aqidalardan farq qilib, shialikda tavhid, adl, nubuvvat, imomat, qiyomatdan iborat 5 ta aqidaga e`tiqod qilinadi. Bulardan to`rt aqida-tavhid (Allohning yagonaligini e`tirof etish), adl (ado-lat, Allohning odilligi, ya`ni taqdir aqidasi), nubuvvat (payg`ambarlik), iyomat yoki ma`od (oxirat kunining kelishi va o`lganlarning tirilishi) asosan sunniylik ta`limoti bilan mos tushadi. 5-aqidaga e`tiqodda imomat (imomlar hokimiyatini e`tirof etish) sunniylikka va sunniy xalifalar hoki-miyatiga zidligi bilan farq qiladi. Shialik Ali va uning avlodlaridan iborat o`n ikki imom hokimiyatini tan oladi. Shu munosabat bilan barcha xalifa-larni xususan dastlabki xalifalardan Abubakr, Umar va Usmonni hoki-miyatni zo`ravonlik bilan egallab olgan shaxslar sifatida qoralaydi. 874-878 yillar orasida 7-9 yoshida bedarak yo`qolgan (tarixiy nuqtai nazardan o`ldirilgan bo`lishi kerak) 12-imom Muhammad Al-Mahdiyni ular «yashi-ringan» hisoblaydilar, zamona oxir bo`lganda uning qaytib kelishini va adolat o`rnatishini kutadilar (imomi mahdiy, imomi oxir zamon). Bu tasav-vur ma`lum darajada sunniylikda ham tarqalgan. Ba`zi urf-odat va maro-simlarda, shariat normalarida ham shialik bilan sunniylik o`rtasida ma`lum tafovutlar bor. Shialar sunniylar kabi Makka va Madinani «muqaddas» hisoblash bilan birga, imom Husaynga motam tutadilar, «shaxsey-vaxsey» deb nom olgan motam yurishlari o`tkazadilar va h.k. O`rta asrlarda shialar ichida ham ixtiloflar yuz bergan, natijada ko`p sektalar vujudga kelgan. Bulardan zaydiylar, ismoiliylar, ibodiylar va boshqalar hozir ham mavjud. Shialik hozirgi vaqtda Eronda hukmron e`tiqod hisoblanadi. Iroq, Afg`on-iston, Hindiston va Pokistonda shialar bor. Shialik MDH hududida Ozar-bayjon va Tojikistonda (Pomirda ismoiliylar) dindorlar orasida saqlanib kelmoqda. Xorijiylar (arabcha - ajralib chiqqan, isyonchi) - islomdagi ilk oqim tarafdorlari. Xalifa Ali bilan umaviylar o`rtasidagi kurash davomida VII asrning II yarmi boshlarida vujudga kelgan. Taxt uchun kurashda Ali Muoviya tarafdorlari (umaviylar) bilan muzokara olib borishga ko`ngan. Bu hol Ali haqiqiy vorislik huquqiga ega deb hisoblagan tarafdorlarining o`rtasida norozilik tug`dirgan. Qo`shinning bir qismi (12 ming kishi) Alini kelishuvchanlikda ayblab, undan ajralib ketgan va keyinchalik Aliga ham, umaviylarga ham babbaravar qarshi kurash boshlagan. Ana shu guruh ta-rafdorlari xorijiylar deb nom olgan. Xorijiylar harakati arablar tomonidan bo`ysundirilgan Iroq va Eron aholisi, oddiy arab-musulmonlar hamda mehnatkashlar ommasi manfaatini ifodalagan demokratik harakat bo`lgan. Ular o`zlarini haqiqiy musulmon deb hisoblaganlar. Xorijiylar «dindan qaytgan», yo`qotilishga mahkum etilgan deb e`lon qilingan siyosiy va g`oyaviy raqiblarga nisbatan murosasiz bo`lganlar. Xorijiylar ta`limotiga ko`ra, xalifa diniy jamoa tomonidan saylanadi va jamoaga bo`ysunadi; har qanday taqvodor musulmon (hatto qul yoki negr bo`lsa ham) xalifa bo`lib saylanishi mumkin; agar xalifa jamoa manfaatlarini himoya qilmasa vazi-fasidan bo`shatiladi va hatto qatl etiladi. Xorijiylar fikricha, e`tiqod amaliy faoliyat bilan mustahkamlanishi lozim. E`tiqod, gunohkor kishilarni jazo-lash masalalarida xorijiylar murji`iylarga qarama-qarshi turganlar. Keyin-chalik xorijiylar bir necha mayda guruhlarga bo`linib ketgan. Umaviy va abbosiy xalifalar VII-IX asrlarda xorijiylarga qarshi keskin kurash olib bordilar. Buning natijasida xorijiylarning ko`pi qirib tashlandi, ularning qolganlari Shimoliy Afrikada o`z davlatini vujudga keltirdilar. Xorijiylar xalifalikdagi ko`pgina qo`zg`olonlarga (Zinjiylar qo`zg`oloni, Abu Muslim qo`zg`oloni va boshqalar) qatnashganlar. Hozirgi davrda xorijiylarning ibodiylar sektasi mag`rib mamlakatlarida (Jazoir, Tunis va boshqalarda), Ummon, Tanzaniyada uchraydi. Islomdagi oqimlarning yana bir turi mazhablardir. Masalan, sunniy-likda fiqhiy maktablardan tashqari aqidaviy muammolarda ixtilofga bor-gan ko`pgina mazhablar mavjud bo`lib, ular asosan quyidagi masalalarda bir-biridan farq qiladi: 1. Oliy hokimiyat (imomat, xalifalik) masalasi. 2. Imon masalasi. 3. Qazo va qadar masalasi. 4. Allohning zoti va sifatlari masalasi. 5. Fiqhiy masalalar. Har qanday musulmon fiqhda ma`lum maktab yoki mazhabga (masalan, hanafiylikka) erishgan bo`lishi bilan bir vaqtda, imon masalasida ash`ariy, qadr masalasida qadariy, sifat masalasida esa mu`taziliy aqidasida bo`lishi mumkin. Albatta, bunday holat kam uchraydi. Chunki yirik mazhab sohiblari nafaqat bir yo`nalishda, balki islomdagi barcha masalalar bo`yicha o`z fikrlarini bildirganlar. Azaldan bizning yurtimizda fiqhda hanafiylik, aqidada esa moturidiylik maktabi ta`limotlariga rioya qilib kelingan. Lekin usul (asosiy masalalar)da yuqorida sanab o`tilgan sunniylik mazhablari orasida hech qanday ixtilof, qarama-qarshilik yo`q. Ularning barchasi «to`g`ri yo`ldan boruvchi» deb e`tirof etilgan. Hanafiya - sunniylikdagi diniy-huquq mazhablaridan biri. Abu Hani-fa an-Nu`mon asos solgan. Undan keyin hanafiya mazhabi qonunlari Abu Yusuf Yoqub (795 yilda vafot etgan), Muhammad ash-Shaybon (804 yilda vafot etgan), Quduriy (1036 yilda vafot etgan) va boshqalar asarlarida ish-lab chiqilgan. Iroqda vujudga kelib, islom tarqalgan barcha mamlakatlarda, jumladan, Xuroson va Movarounnahrda ham keng yoyilgan. Burhoniddin Marg`inoniyning «Hidoya» to`plami bu mazhabning asosiy shariat qo`llanmasi sifatida tanilgan. Hanafiya qonunlari nisbatan yumshoqroq va qulayroqligi, xalqlarning mahalliy an`analarini e`tiborga olganligi sababli keng yoyilgan. Sunniylik yo`nalishiga mansub bo`lgan musulmonlarning uchdan bir qismidan ko`prog`i bu mazhabga kiradi, u bir necha arab dav-latlarida, Afrikaning ayrim mamlakatlarida, Turkiya, Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Afg`oniston, Xitoy musulmonlari orasida tarqalgan. Ularda hanafiya mazhabi qonunlari hozirgi davrda ham o`z ta`sirini saqlab qolgan. Shofi`iya - sunniylikdagi Shofi`iy asos solgan diniy-huquq mazhab-laridan biri. Suriya va Misrda shakllangan, o`rta asrlarga kelib Yaqin Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan. Keyinchalik bu mazhabning ta`sir doirasi torayib borgan. Hozirgi vaqtda Misr, Indoneziya musulmonlari ora-sida, Sharqiy Afrika mamlakatlarining ba`zilarida, qisman Suriyada va ja-nubiy arab sultonliklarida shofi`iya mazhabi diniy-huquq tizimiga amal qiluvchilar bor. Ijtimoiy taraqqiyot natijasida musulmon mamlakatlarida shariatning, jumladan, shofi`iya mazhabining huquqiy hayotdagi ta`siri borgan sari susaymoqda. Shofi`iy o`z asarlarida islom huquqini an`anaviy normalar bilan bog`lashga intilgan. Sunniylikdagi yana bir diniy-huquq mazhabi - Malik ibn Anas tomo-nidan asos solingan malikiyadir. Bu mazhab tarafdorlari huquq masalalari-da ratsionalistik metodga, ya`ni Qur`on va hadislarni aqlga asoslangan hol-da talqin qilishga qarshi chiqqan. Bu mazhab dastlab Hijoz va Madinada, keyin boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Hozirgi davrda malikiya mazhabi Tunis, Jazoir, Marokash, Liviya va ayrim boshqa mamlakatlarda musul-monlar o`rtasida ta`sirga ega. Va nihoyat, sunniylikdagi so`nggi mazhab hanbaliya bo`lib, unga Ibn Hanbal asos solgan. Hanbaliya huquq tizimi o`ta torligi, har qanday ko`ri-nishdagi «yangilik»ka, diniy masalalarda erkin fikr yuritishga qarshiligi, shariat normalariga rioya etishga qat`iy mutaassibligi bilan ajralib turgan. Hanbaliya tarafdorlari Qur`on va hadislarni erkin talqin etish yo`lidagi har qanday urinishlarni qoralaganlar. Shuning uchun ham bu mazhab keng tar-qalmagan. Faqat IX asrning II yarmida Arab xalifaligida mu`taziliylarning va ilohiyot sohasidagi hurfikrlilikning ta`qib ostiga olinishi tufayli hanba-liya bir muncha kengaygan va XII asrda mustaqil mazhabga aylangan. X asrda Eronda, XI asrdan XV asrgacha Suriya va Falastinda hanbaliya iz-doshlari ko`p bo`lgan. Undan keyingi asrlarda hanbaliya tarafdorlari yana kamayib ketgan. XVIII asrda paydo bo`lgan vahhobiylar hanbaliya taraf-dorlari bo`lib chiqqan. Vahhobiylar Saudiya Arabistonida hokimiyatni qo`lga olgach (XX asrning 20-yillari), hanbaliya qonunlarini amalga kirit-ganlar. U yerda hanbaliyaning ilk islomga xos qonunlari hozir ham amal-da. Hanbaliya Saudiya Arabistonidan boshqa mamlakatlarda kam uchray-di. Islomda ikkinchi yo`nalish - shialik ham ismoiliy, ibodiy, ja`fariy, zay-diy kabi mazhablarni98 o`z ichiga oladi. 4. Musulmon huquqining manbalari Musulmon huquqining manbalarini asosan shariat, urf-odatlar va qo-nunlar tashkil etadi. «Shariat» so`zi arabcha «sharia», «shar`» so`zlaridan olinib, uning lug`aviy ma`nosi «suvga olib boradigan yo`l» deganidir. Shunga asosan, shariat to`g`ri yo`l, ilohiy yo`l, qonunchilik degan ma`no-larni anglatuvchi islom diniy huquq tizimidir. Shariatda sof huquqiy masa-lalardan tashqari axloqiy normalar va amaliy diniy talablarga ham qonun tusi berilgan. Ilk islomda jamiyatni huquqiy boshqarish Qur`on asosida olib borilgan. Feodalizm rivojlanishi bilan musulmonlarning barcha ijtimo-iy-iqtisodiy va diniy faoliyatini qamrab oluvchi qonunlar majmuasiga ehti-yoj tug`ilgan. Islom ilohiyotchilari bir necha asr mobaynida shariat qonun-larini ishlab chiqqanlar. Shariatga asos qilinib Qur`on va sunna, keyincha-lik ijmo` va qiyos olingan. Ular fiqxda shariat manbalari (usul al-fiqh) deb e`tirof etilgan. Shariat diniy-huquqiy tizim sifatida XI-XII asrlarda tugal shakllangan. Islomdagi sunniylik va shialik shariat tizimlari o`rtasida ma`-lum tafovut bor. Sunniylikda hanafiya, malikiya, shofi`iya va hanabaliya mazhablarining, shialikda esa ja`fariya mazhabining o`ziga xos huquqiy tizimlari mavjud. Shariatda davlat (xalifalik) huquqi normalari, majburiyat, meros, jinoyat, jazo va oila-nikoh huquqlari, shuningdek, sud yuritish, vasiylik ko`rsatmalari berilgan. Shariat xususiy mulkni xudo tomonidan belgilangan, doimiy va o`zgarmas deb hisoblaydi. Shariatda, shuningdek, namoz o`qish, ro`za tutish, zakot, haj kabilar haqida batafsil ko`rsatmalar keltirilgan. Shariatning asosiy manbalari to`rtta va ular o`zgarmas hisob-lanadi. Bular: Qur`oni Karim, Sunna, ijmo` va qiyosdir. Qur`oni Karim99 Islom dinining asosiy muqaddas kitobi va shariat-ning eng asosiy manbaidir. Islom an`anasida Qur`on Alloh tomonidan Muhammad (SAV)ga 23 yil mobaynida (610-632 yillarda) hazrati Jabroil alayhissalom (farishta) orqali vahiy qilingan (uqtirilgan) deb tasavvur eti-ladi. Qur`onning nozil qilinishi - vahiy qilib yuborilishi muqaddas rama-zon oyining yigirma yettinchi kuni kechasi boshlangan hisoblanadi. Shu sababli bu muqaddas deb ro`za tutilgan kunning yigirma yettinchi kechasi esa «Laylat ul-Qadr», ya`ni qudrat kechasi, ilohiy qudrat namoyon bo`lgan tabarruk kecha deb ulug`lanadi. Qur`onda islom aqidalari, e`tiqod talablari, huquq va axloq me`yorlari, inson uchun foydali bo`lgan, har bir zamonga to`g`ri keladigan hikmatli hukmlar yozilgan. Qur`oni Karimning asosiy mavzusi va maqsadi, bashariyat tafakkurida ko`pxudolikka barham berish, yakka xudolikni targ`ib qilish va Islom dinini o`rnatishdir. Qur`oni Karim 30 pora, 114 sura (tizma, qator), 6236 oyat (modda) dan iborat bo`lib, oyatlarning 63 foizini Makkada, 37 foizini Madinada nozil bo`lgan oyatlar tashkil etadi. Ya`ni Qur`on suralarining 95 tasi 13 yil davomida Makka shahrida nozil bo`lib, makkiy suralar deb ataladi. Ular-ning 19 tasi esa 622 yili yuz bergan hijratdan keyin 10 yil davomida Madi-nada nozil bo`lib, madiniy suralar deb qabul qilingan. Bu ikki turkum su-ralarning farqi shundaki, makkiy suralar asosan e`tiqod, ibodat masalala-rini, oliy axloqiy fazilatlar, erkin fikrlik, ilmu tafakkurni targ`ib qilishga qaratilgan bo`lsa, madiniy suralar fiqhiy ahkom-muomalot, jinoyat va jazo, ommaviy munosabatlar, sulhu tinchlik bitimlari va musulmonlararo bosh-qa aloqalarga tegishlidir. Makkiy suralarda ko`pincha «Ey iymon keltir-ganlar, Ey mo`minlar!» deb, madiniy suralarda esa asosan «Yo ayyuhan-nos!» (Ey odamlar, ey insonlar) deb xitob qilinadi. Makkiy suralar 4780 ta, madiniy suralar 1456 ta oyatdan iborat. Qur`oni Karim Muhammad (SAV) tomonidan hali jam qilinib to`p-lam holiga keltirilmagan edi. Muhammad (SAV) vafot etgan vaqtlarida Qur`on ayrim sahobalar, tomonidan to`liq yod olinib, xurmo po`stloqlari-ga, toshtaxtalarga, teri va boshqa narsalarga yozib qo`yilgan edi. O`sha davrlarda Qur`onni to`liq yod olgan sahoba-hofizlardan 30 kishi sanab o`tilgan. Rasulullohning 24 nafar vahiy yozuvchi kotiblari bo`lgan. Ular navbatma-navbat kotiblik qilganlar. Rasululloh mirzalaridan eng mashhuri Zayd ibn Sobit raziyallohu anhudir. Payg`ambarimiz davrlarida Qur`onni to`plam, muqovalangan qilib jam qilinmaganligining sababi Rasululloh Qur`onning ba`zi hukmlariga, uning tilovatiga bekor qiluvchi oyatlar yoki yana yangi oyatlar kelib qolarmikan deb kutganlaridadir. Zotan, ilk Qur`on mufassiri ham hazrati payg`ambarning o`zlaridir. Ma`lumki, Muhammad alayhissalom o`qish-yozishni bilmaganlar. Ul zot Qur`on oyatlarini farishta Jabroil alayhissalomdan eshitib, yod olganlar va sahobalariga aytib, o`qitib, uqtirib turganlar, ular esa yodlab olganlar. Payg`ambarimiz har bir yangi oyatni qaysi suraga taalluqli ekanligini va o`rnini kotiblariga (mirzalarga) tushuntirib turganlar. Qur`on suralari shu tariqa 23 yil davomida yod olingan va xatga bitilgan. Qur`oni Karim tarixan uch marotaba jam qilindi. Birinchi marotaba payg`ambar alayhissalom zamonlarida, ikkinchi marotaba xalifa Abu Bakr siddiq davrlarida va uchinchi marotaba xalifa Usmon zunnurayn vaqtida Bani Quraysh qiroatida (lahjasida) jamlanib kitob holiga keltirildi. Qur`oni Karim xalifa Usmon farmoniga muvofiq qadimgi arabcha kufiy xatda 6 nusxa yozilgan, ularning har biriga quraysh qiroati bilan o`qishni o`rgatadigan bir qori-hofizni qo`shib, Makka, Shom, Basra, Kufa va Madina ahli uchun yuboriladi, oxirgisini xazrati Usmon o`zlari uchun olib qolganlar. Ana shu oltinchi kitob ustida hazrati Usmon shahid bo`l-dilar va muborak qonlari Qur`on sahifalariga to`kildi. Xalifa Usmon Qur`onini Amir Temur Basradan Samarqandga keltir-gan. 1869 yilda Turkiston general-gubernatori Konstantin fon Kaufman buyrug`i bilan podpolkovnik Serov uni Peterburgga olib ketdi. Mazkur Qur`on ikkala tarafiga yozilgan 353 varraq - 706 betdan iborat bo`lib, varaqlari bo`yi 68 santimetr, eni esa 53 santimetr. 1917 yildagi davlat to`ntarilishidan keyin Peterburgda tuzilgan Islom sho`rosi tashkilotining talabi va Leninning 1917 yil 9 dekabrda chiqargan farmoyishi bilan mazkur Qur`on Rossiya musulmonlariga qaytarib berildi: Ufa diniy nazorati qarorgohida 1924 yilgacha saqlandi. Shundan keyin Turkistondagi tarixiy muzeylar va qadimiy osori atiqalar ishi bo`yicha tu-zilgan qo`mitaning talabnomasi va Rossiya hukumatining qaroriga asosan xalifa Usmon Qur`oni 1924 yil 18 avgustda zo`r tantana bilan Turkiston muxtor jumhuriyati poytaxti - Toshkentga olib kelindi va hozirgacha avay-lanib, e`zozlanib ko`z qorachig`idek saqlanmoqda. Qur`onda fiqhiy-huquqiy masalalarga ko`pincha umumiy yondo-shiladi va ayrim masalalar batafsil yoritiladi. Mashhur fiqhshunos olim doktor Muhammad Yusuf Muso ko`rsati-shicha, fiqhiy-huquqiy masalalar bo`yicha Qur`onda quyidagi sohalarda oyatlar mavjud: 1. Xaqqulloh (amaliy ibodatlar) bo`yicha - 140 ta oyat. 2. Shaxsiy huquq (oila, taloq, vasiyat va boshqalar bo`yicha) - 70 ta oyat. 3. Muomalot yoki fuqarolik huquqi (oldi-sotdi, ijara, garov, qarz, shirkat va boshqalar) bo`yicha - 70 ta oyat. 4. Jinoyat va jazo bo`yicha - 30 ta oyat. 5. Sud, sud jarayoni, guvohlik va unga bog`liq bo`lgan masalalar bo`yicha - 20 ta oyat. 6. Bizning fikrimizcha, davlat huquqi sohasida - 3 ta oyat, hammasi bo`lib Qur`onda - 333 ta huquqiy oyat bor. Qur`onning boshqa ilohiy kitoblardan asosan farqi shundan iboratki, u faqat aqidaviy-g`oyaviy manba emas, balki qonun va axloq huquqidir100. Shariatning ikkinchi manbai-sunnaning, arabcha - lug`aviy ifodasi odat, an`ana, xatti-harakat tarzi bo`lib, yo`l-yo`riq degan ma`noni bildiradi. Sunna Muhammad (SAV)ning so`zlari, qilmishlari, xatti-harakatlari, fe`l-lari (amallari), tasdiqlari, shuningdek, sahobalarning so`zlari va amallari majmuidan iborat. Sunna haqidagi rivoyatlar hadislarda berilgan. Hadislar to`plamiga sunna deyiladi. Hadis arabcha rivoyat degan so`zdan olinib, is-lom dinida Qur`ondan keyingi muqaddas manba hisoblanadi. Hadislar Mu-hammad (SAV)ning hayoti, faoliyati va ko`rsatmalari haqidagi rivoyatlar-dan iborat. Qur`on musulmonlar jamoasining barcha huquqiy va axloqiy masalalarini qamrab ololmaganligi sababli VII asr oxiri-VIII asr boshida hadislar yozila boshlandi va asta-sekin tizimga solindi. IX-X asr boshlarida dindorlar orasida obro`li deb tanilgan hadislarning 6 ta to`plami vujudga kelgan. Bular: Muhammad Al-Buxoriyning «al-Jome` as-Sahih» kitobi, Muslim An-Nishopuriyning «as-Sahih» to`plami, Ibn Mojaning «Sunan» to`plami, Abu Dovud As-Sijistoniyning hadislar to`plami, Muhammad At-Termiziyning «al-Jome` al-Kabir» kitobi, An-Nisoniyning «Sunan» kitobi-dir. Ulardan «Sahihi Buxoriy» va «Sahihi Muslim» ko`proq e`zozlanadi. Sunna va Payg`ambar hadislarini to`plab, ularni ja`liy (to`qima) hadislar-dan ajratib olishda vatandosh allomamiz Imom Muhammad ibn Ismoil Bu-xoriy (810-892 yillar) unutilmas hissa qo`shib, o`zidan abadiy va barhayot asarlar qoldirgan. Ko`pgina hadislar Qur`onning turli qoidalarini tushuntirib beradi va to`ldiradi. Ular ko`plab amaliy masalalarni hal etishda muhim ijtimoiy vazifani bajaradi, ular haqida Qur`onda hech narsa aytilmagan hollarda esa hadislarning ahamiyati yanada ortadi. Lekin hadislar Qur`onga zid kelib qolgan taqdirda ular manba kuchiga ega bo`lmaydi. Dastlabki xalifalarning an`analari huquqiy xarakterda bo`lib, pay-g`ambarimizning obro`si bilan bog`liq bo`lib kelgan. X asrdan buyon yuqorida ko`rsatilgan sunniylikning oltita mashhur to`plami o`zida islom an`analarini aks ettiradi. Islom amaliyoti ularni shunchalik muvofiqlashtir-ganki, oltita to`plamning hammasida mavjud bo`lgan hadislar muqaddas qonun mavqeiga ega bo`lgan. Islomshunos olim A.Sh.Juzjoniy ko`rsati-shicha, tadqiqotchi olimlar sunnani ikki xilga bo`lib o`rganadilar. Birinchi turi shundan iboratki, agar biror ish qilinmoqchi bo`lsa, yaratuvchi tomonidan o`sha ishga tegishli fikr Payg`ambarga vahiy (vahyi xafiy) orqali bildiriladi. Payg`ambar uni o`z so`zlari orqali bayon etadi. Bu vahiy, ya`ni vahyi xafiyning Qur`on oyatlari, ya`ni vahyi jaliydan farqi shundaki, Qur`on oyatlarining ham mazmuni va ham iborasi Alloh tomo-nidan Jabroil orqali yuborilgan. Sunnaning ikkinchi turi shundan iboratki, agar musulmonlar hayo-tiga tegishli biron bir yangilik kiritilishi zaruriyati sezilsa-yu, lekin uni hal qilish uchun Payg`ambarga vahiy kelmasa, bunday ahvolda Payg`ambarga ijtihod qilish, ya`ni masalani o`z shaxsiy fikri asosida yechish uchun ruxsat berilgan hisoblanadi. O`shanda Payg`ambar ijtihod qilib, sahobalar bilan kengash - maslahat o`tkazib, bir to`xtamga keladi. Agar Payg`ambar tomonidan qabul qilingan qaror yoki bildirilgan fikr Qur`on oyatlari orqali to`g`rilansa, Sunna (Payg`ambarning so`zi yoki qabul qilgan qarori) Qur`on orqali mansux bo`ladi, ya`ni bekor qilinadi va Qur`onning hukmi amalga oshiriladi. Payg`ambar Qur`onning sharhlovchisi sifatida tashri` qilish (qonun tuzish) vakolatiga ega edi. Shunga binoan Sunna tashri` (qonun tuzish) bo`yicha ikki asosiy sohani qamrab oladi:
Umumiy mazmunni xos qilishga misol: Qur`onda meros tizimi umu-miy ma`noda kelgan, lekin Payg`ambar meros olish uchun din birligi, qotil bo`lmaslik va qul bo`lmaslikni shart qilib qo`yib, uni xoslashtirgan. Masa-lan, otasini o`ldirgan yoki nohaq yo`l bilan uning o`limiga sabab bo`lgan farzand otasidan meros olish huquqidan mahrum bo`ladi va shu kabilar. Download 233.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling