Arabova fotimaxonning botanika fanidan «loladoshlar muhim belgilari va vakillari»


Xolmon isirg’aguli—Fritillaria eduardii


Download 1.22 Mb.
bet15/17
Sana09.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1474359
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
fotimaxon

Xolmon isirg’aguli—Fritillaria eduardii.


Kamyoblik darajasi 2.
O’zbekistonda kamayib borayotgan va areali ajralgan o’simlik.
Hayotiy shakli-- poyasi bargli 40-80, ba’zan 150 sm ga yetadigan piyozli, ko’p yillik o’t.Botanik tarifi va tarqalishi – barglari yaltiroq, yashil, pastki barglari keng cho’ziq, ba’zan poyada halqa hosil qilib joylashadi. Poyaning eng yuqori qismdagilari nashtarsimon,halqa shaklida o’rnashgan. Gullari qo’ng’iroqsimon, pastga qarab osilib turadi,qizg’ish,qirmizi-qo’ng’ir rangli,2-8 tadan bo’lib,soyabonsimon to’pgul hosil qiladi. Mevasi yuqoriga qarab tik turuvchi,qisqa bandli,eni 4-5 sm,ensiz qanotchali qutichaga o’xshydi. Aprelda gullab,mevasi may oyida yetiladi.Ajoyib,xushmanzara o’simlik.

Tubergen lolasi—Tulipa tubergeniana

Kamyoblik darajasi 1.


Janubi-g’arbiy Pomir-Oloydagi kamyob,yo’qolish arafasidagi tur.
Hayotiy shakli—bo’yi 10-40 sm ga yetadigan ko’p yillik,piyozli o’t. Botanik ta’rifi va tarqalishi—piyozi tuxumsimon,diametri 3-5 sm,qobig’i jigarrang yoki qo’ng’ir,ichki tomoni to’rsimon-chalkash,momiq tukli.Barglari 3 ta ,gulidan uzun.Gullari yakka,yirik,diametri 6-7 sm,qizil,tubi qora,och sariq,gardishsimon dog’li.Changchi iplari qora, changdonlari binafsha rangli.Apreldagullab,iyun-iyul oylarida mevasi yetiladi.
Hisor tixmasida(Boysun tog’larida,Sina qishlog’i atrofi va To’palon daryosi havzasida),Ko’xitang tizmasida tarqalgan.Tojikistonda ham uchraydi.Ola jinsli qoldiq tog’lardagi soz tuproqli yonbag’irlarda va ko’pincha pistazorlarda o’sadi. Tabiatda yakka-yakka holda tarqalgan. Urug’idan va piyozidan ko’payadi. O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari—gullari ko’plab uzib olinishi va chorva mollari boqilishi tufayli kamayib bormoqda.

Ulug’vor lola-Tulipa ingens.

Kmyoblik darajasi 2.


G’arbiy Pomir-Oloyda juda kam tarqalgan endem o’simlik.
Hayotiy shakli—bo’yi 12-25 sm orasidagi ko’p yillik piyozli o’t. Botanik ta’rifi va tarqalishi—piyozining diametri 2,5-4 sm,cho’ziq tuxumsimon,ustki qismi qora-qo’ng’ir yoki qo’ng’ir yupqa charmsimon qobiq bilan o’ralgan.Barglari 3-4 ta,tarvaqaylagan,o’tkir uchli,nashtarsimon,chetlari egribugri,ko’kimtir rangli.Guli qizil,yulduzsimon,tubi qora rangli. CHangchisi va changchi iplari qora,tim qo’ng’ir yoki to’q qizil rangli. Aprel-may oyida gullab,iyun-iyulda mevasi yetiladi.
Ko’xitang va Hisor tizmalarida tarqalgan.Tog’larning dengiz satxidan 1600-2000 m balandlikdagi soz tuproqli yonbag’irlarida o’sadi.Yakka-yakka holda uchraydi.Urug’idan va piyozidan ko’payadi. O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari—Chorva mollarining boqilishi,gullarini uzib va piyozlarini qazib olinishi sababli kamaygan.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling