Aralash stafilo-streptokokkli piodermitlar


Nikolskiy simptomini aniqlash texnikasi?


Download 63.87 Kb.
bet10/21
Sana24.04.2023
Hajmi63.87 Kb.
#1393604
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
Dermatovenerologiya bilet javoblari

2.2Nikolskiy simptomini aniqlash texnikasi?
Nikolskiy simptomi uch turda bo‘ladi: 1) pufak qoldig‘i pinset bilan tortilsa u darrov uzilib ketmaydi, aksincha atrofdagi sog‘ teri bilan shilinib chiqadi; 2) pufak yoki eroziyalar oraligidagi ko‘rinishi «sog‘» teri ishqalansa epidermisning yuqori qavatlari oz bo‘lsada shilinadi; 3) pufak va eroziyalardan uzoqroq bo‘lgan «sog‘» teri ishqalansa u yerda ham epidermisning shilinishi kuzatiladi.
2.3Po`rsildog`ni davolash?
Xozirgi vaktda pursildok kasalligi asosan kortikosteroid gormonlar bilan davolanadi. Kortikosteroid gormonlar: prednizolon (1 tab. – 5 mg), triamnsinolon (1 tab. – 4 mg), deksametazon (1 tab. – 0,5 mg). Kortikosteroid gormonlar davoni boshlanishida katta dozada beriladi – masalan, prednizolon 18-20 tab. xisobida, tabletkani kuyidagi tartibda kabul kilinadi: ertalab 8-10 tab., tushda – 6 tab., kechkurun – 4 tab. ovkatdan keyin. Yukoridagi dozada tabletkalar to yangi elementlar chikishi tuxtaguncha, Nikolskiy simptomi manfiy bulguncha ichiladi, shunday keyin ¼ yoki ½ tabletkadan kamaytirilib, terapevtik doza topiladi. Bu doza bemorlar uchun xar-xil bulishi mumkin. 2-2½ tabletka. Bu dozani bemorlar umrbod ichadilar. Gormon ichgan vaktda bemorlarga – kaliy, kalsiy preparatlari, vitaminlar tavsiya kilinadi. Ba‟zan kortikosteroid gormonlarga sitostatiklar kushib berish yaxshi natija beradi. Masalan: Metotreksat 1 tab. – 2,5 mg dozada buladi, uni ikki xil usulda kullaniladi. 1 sikl kuni 1 tab. 1 maxal. 2 sikl birdan 8-10 tabletka 8-10 kunga asta-sekin kamaytiriladi, 6 tab., 4 tab., va xakozo. Bemorlarga anobolik gormonlar – metandrostenolon, retabolil, neyrobolil va boshkalar kilish tavsiya kilinadi. Tashki davoga anilin buyoklarining suvdagi eritmalari, Kastellani suyukligi, 2% borat kislotasi, dermakol, eritromitsin, 2,5% furatsillin malxamini, xamda gormonal malxamlar – 0,025% Sinaflan, Flutsinar, selestoderm gentamitsin bilan, Gioksizon tavsiya kilinadi. 9 Davolash vaktida kuyidagilarga etibor berish kerak: kondagi kand, natriy, kalsiy, xlorid tuzlari mikdoriga. Kushimcha autogemoterapiya, γ-globulin, kon kuyish va xokazolar tavsiya etiladi, ba‟zan antibiotiklar xam berish kerak. Oksil va vitaminlarga boy parxez buyurish kerak.

Download 63.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling