Aralash stafilo-streptokokkli piodermitlar
Download 63.87 Kb.
|
Dermatovenerologiya bilet javoblari
Tangacha — muguz qavatning ko‘chib tushadigan yadrosiz hujayralari (7- rasm). Odatda odam terisidan fiziologik ravishda o‘z umrini yashab bo‘lgan muguz qavat hujayralari tangacha bo‘lib tushib ketadi. Ayniqsa ular yuvinganda, kiyim-kechak badanga ishqalanganda ko‘plab ajraladi. Tangachalarning rangi, shakli va katta-kichikligi har xil bo‘ladi, ana shu xususiyatlardan ko‘pgina dermatozlarni aniqlashda foydalaniladi. Muguzlanish asosida epidermisdagi distrofik o‘zgarishlar yotadi. Keyinchalik kerotin xosil bo‘lishi buziladi va ular giperkeratoz (muguz qavatning haddan tashqari qalinlashuvi) yoki keratoz (muguzlanishning buzilishi) ko‘rinishida kechadi. Tangachalarning shakli va rangini bilish shifokor uchun amaliy ahamiyatga ega. Masalan, tangachali temiratkida tangachalar okimtir kumushrang, ixtiozning ba’zi shakllarida qora, yogli seboreyada sargimtir bo‘ladi. Ayrim kasalliklarda tangachalar yengil ko‘chadi (tangachali temiratki), ba’zan teridagi elementlar bagriga mahkam boglangan bo‘lib (chandikli eritematoz), ularning ko‘chishi bir kadar og‘riq bilan kechadi (Benye — Mesher simptomi). Distrofik va destruktiv jarayonlarga qarab tangachalar mayda va yirik bo‘lishi
mumkin. Qizamiq va rang-barang temiratkida mayda, skarlatina, toksikodermiya, o‘tkir dermatit kabi kasalliklarda esa yirik tangachalar kuzatiladi. Hatto Layel sindromida muguz qavat hujayralari yupqa rezina qo‘lqopdek ko‘chib tushadi. Pushti temiratkida tangachalar bamisoli bosib qo‘yilganga o‘xshasa, zaxm tugunchalarida tangachalar «Biyetta yoqasi» simptomini vujudga keltiradi. Parapsoriazda tangachalar tugunchalarning o‘rtasidan ko‘chishi bilan ajralib turadi. Ko‘pgina zamburug‘li kasalliklarda esa zararlangan o‘choqlarning periferiyasidan pust tashlash kuzatiladi. Qora qo‘tir pust, po‘stloq — teridagi birlamchi pufakcha, pufak, yiringcha va chuqur yaralar kabi toshmalar tarkibidagi tiniq yoki yiringli suyuqlikning qurib qolishi natijasida yuzaga keladi. Ba’zan qora qo‘tir po‘stga avval ishlatilgan dorilarning yopishib qolish xollari ham kuzatiladi. U teri yuzasidan ko‘tarilib turadi, rangi har xil bo‘ladi. Qora ko‘tir po‘stlar seroz, seroz-yiringli, yiring va qon aralash bo‘lishi mumkin. Serozli po‘stlar fibrinlar, leykotsitlar va destruktiv o‘zgargan epidermis hujayralaridan yiringli va kon aralash po‘stlar esa leykotsitlardan, fibrin tolalari hamda parchalangan epidermis hujayralari va eritrotsitlardan tashkil topadi, Qora qo‘tir po‘stlarning katta-kichikligi birlamchi morfologik elementlar hajmiga qarab belgilanadi. Seroz ajralmali elementlar o‘rnida sargish, missimon; yiringli elementlardan so‘ng sariq, yashil- sarg‘imtir; qon aralash ajralmali elementlardan qizg‘ish-jigarrang, qoramtir qora qo‘tir pust vujudga keladi. Qora qo‘tir po‘stlar yupqa, yassi, yo‘gon, uchli, kavatli, qattiq va notekis bo‘lishi mumkin. Ularning shakli mikrofloraga ham bog‘liq. Masalan, strepto-stafilokokkli vulgar impetigoda qora qo‘tir po‘stlar qat-qat, streptokokk impetigoda esa yupqa va tiniq bo‘ladi. Vulgar ektima, rupoid tangachali temiratki va gangrenoz piodermiyada kora qo‘tir po‘stlar o‘rniga mahkam birikkan bo‘ladi. Qatkat kalin kora po‘stlar (rupiya) ikkilamchi zaxmda uchraydi. Ba’zan qora qo‘tir po‘stlar tangacha-lar bilan aralashib (ekssudat bilan tangachalar aralashganda) ketadi; ekssudativ tangachali temiratkida, seboreya hamda seboreyali ekzemada ana shunday holat kuzatiladi. Yoriqlar — terining chiziqli defekta (yetishmovchiligi) bo‘lib, yallig‘lanish, infiltratlanish oqibatida hamda teri o‘zining yumshoqligi va elastikligini yukotganida vujudga keladi. Yuzaki yoriklarda patologik jarayon faqatgina terining epidermis qismida joylashadi. Chuqur yoriklarda esa jarayon terining derma va undan ham chukurroq kismida joylashgan bo‘lishi mumkin. Odatda yoriqlar surunkali ekzema, piodermiya, kandi-dozda kuzatiladi va asosan terining tabiiy burmali joylari (tizza, barmoqlar yuzasi, og‘iz burchaklari va boshkalar)da uchraydi. Erta tug‘ma zaxm bilan og‘rigan bolalar terisida chuqur yoriklarni ko‘rish mumkin. Yoriqlarning yuzasidan seroz yoki seroz-qonli suyuqlik chiqadi va ular yoriklar bo‘ylab kora qo‘tir hosil qiladi. Faqat juda chuqur yoriqlar o‘rnida keyinchalik radiar chandiqlar qoladi. Ekskoriatsiya, tirnalish-sog‘lom terining mexanik ta’sirot tufayli jarohatlanishi, ko‘pincha teri kichishishi natijasida paydo bo‘ladi. Terini kattik qashiganda epidermis butunligi buzilib, chizik-chiziklar paydo bo‘ladi, bunday chiziqlarning chukurligi ba’zan dermaning so‘rg‘ichsimon kavatigacha yetishi mumkin. Shilinishdan so‘ng depigmentli yoki giperpigmentli dog‘lar qoladi, ayrim hollarda chuqur jarayonlardan so‘ng chandik yuzaga keladi. Teridagi tirnalish chiziklari ba’zan kasallikning eng muhim (qo‘tirda) belgisi hisoblanadi. Eroziya — teri epidermis qavatining yuza nuqsoni, odatda pufakcha, pufak yoki yuza moddalar yorilganidan keyin paydo bo‘ladi (8- rasm). Eroziyaning katta-kichikligi birlamchi element hajmiga bogliq. Odatda eroziyaning rangi qizgish bo‘lib, yuzasi doimo namlanib turadi. Pemfigus, Dyuringning gerpetiform dermatiti, ekzema, oyoq panjasi epidermorfitiyasi, belbogsimon, genital va ekstrogenital uchuqlardagi pufak yoki pufakchalar o‘rnida eroziya hosil bo‘ladi. Og‘iz shillik qavatida joylashgan zaxm tugunchalari yuzasi ham eroziyalanib turadi. Qattik shankr ham yuzaki eroziya bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Birlamchi eroziya sonda yoki badanning boshqa joyida qattik mexanik ishqalanish okibatida paydo bo‘lishi mumkin. Eroziya butunlay tuzalib ketganidan so‘ng o‘rnida vaktinchalik dog qoladi. Yara — terining chuqur nuqsoni, bunda epidermis, derma, hatto gipoderma ham zararlanishi mumkin (9-rayem). Yara do‘mboqcha, tugun, chuqur pustula kabi birlamchi infiltrativ elementlar yorilganidan so‘ng yuzaga keladi. Trofik yaralar hamda to‘kimalarning nekrozida birlamchi bo‘lishi mumkin. Yaralarning shakli har xil, rangi esa ko‘kish-qizg‘imtir, pushti-kizil, kirralari notekis, granulali, silliq yoki osilgan bo‘ladi. Qattiq shankrda yaraning qirralari tekis va silliq bo‘lsa, kollikvativ sil, piodermiyaning ba’zi ko‘rinishlari hamda chukur mikozlarda esa yaraning chetlari notekis, yumshok, uzuk-yuluq bo‘ladi. Yaraning tagi tekis yoki notekis bo‘lib, seroz, yiringli, qonli suyuqlik bilan qoplanib turadi. Ular tagida to‘qimalar granulyatsiyasini ko‘rish mumkin. Yiringli yalliglanishlarda yaraning kirrasi kizarib shishadi, konsistensiyasi yumshoq bo‘lib, undan yiring chiqib turadi. Infeksion granulyoma (zaxm gummasi) da va o‘sma kasalliklarda yara atrofida qattiq infiltrat kuzatiladi. Yara tuzalib ketganidan so‘ng o‘rnida chandiq koladi, uning shakliga karab avvalgi element tugrisida fikr yuritish mumkin. Chandiq — terining chuqur nuqsonlari (yara) bilan kechadigan do‘mboqcha, tugun, chuqur pustula va boshqalar o‘rni bitayotganida hosil bo‘ladi. Chandiqli soha terisi sog‘lom teridan keskin farq qilib, unda o‘ziga xos mayinlik, tirqishlar, tuklar, ter va yog‘ bezlari mutlaqo bo‘lmaydi. Dermadagi so‘rg‘ichlar hamda so‘rg‘ichlararo epitelial o‘siqchalar silliqlanib ketadi va epidermis bilan derma oraligida ko‘ndalang to‘g‘ri chiziq yuzaga keladi. Chandiq asosan yaralar hamda yoriqlar o‘rnida vujudga keladi. Ba’zan teri yara-chaqalarsiz, ya’ni «quruq yo‘l» bilan ham chandiqlanishi mumkin. Masalan, teri sili, moxov, zaxmda infeksion granulyoma asta- sekin so‘rilib uning o‘rni biriktiruvchi to‘qima bilan bitadi, qizil volchankadagi katta infiltratlar o‘rnida ham chandiq hosil bo‘ladi. Yangi chandiqlar pushti-qizg‘ish, eskilari esa giperpigmentli yoki depigmentli rangga kiradi. Sog‘lom teri sathida bir tekis yotgan yassi yoki ko‘tarilib turadigan gipertrofii (kelloid) va atrofik, ya’ni teri sathidan pastda joylashgan yupqa chandiqlar tafovut kilinadi. Yupqa chandiqli atrofiya xuddi papiros qogozini eslatadi, odatda quruq yo‘l bilan paydo bo‘ladi (eritematoz va sklerodermiyada), terining bunday sohasini barmoqlar bilan siqib bir joyga yig‘ish mumkin. Bo‘lib o‘tgan patologik jarayonni aniqlashda chandiqning katta-kichikligi, shakli, rangi, soni muhim ahamiyatga ega. Masalan, zaxm gummasi o‘zidan so‘ng uzun va chuqur yulduzsimon chandiq qoldirsa, kollikvativ teri silidan so‘ng esa limfa tugunlari atrofida cho‘zilgan noanik ko‘priksimon chandiqdlar yuzaga keladi. Piodermiyadan so‘ng terining boshqa sohalarida ham xuddi shunga o‘xshash chandiqlar vujudga keladi. Papulonekrotik teri silida aynan muhrlangandek yuza chandiqlar hosil bo‘ladi, do‘mboqchali zaxmdan so‘ng naqshdor chandiqlar qoladi. Download 63.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling