Aralash stafilo-streptokokkli piodermitlar


Download 63.87 Kb.
bet15/21
Sana24.04.2023
Hajmi63.87 Kb.
#1393604
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
Dermatovenerologiya bilet javoblari

6.2Yadasson sinamasi
Kasallik diagnostikasida dermatozning yodga bo‘lgan sezuvchanligini hisobga olish kerak. Yodning 50% li malhami teriga surtiladi yoki 3—4% kaliy yoki natriyli yod eritmasi ichiriladi (Yadasson sinamasi). Yodli eritma ichirilganda kasallik juda qo‘zib ketyshi,malham surtilganda esa 24—48 soatdan keyin teri qizarib, yangi toshmalar bo‘lishi mumkin. Lekin kasallik zo‘riqqan davrida bunday diagnostika usulidan foydalanish yaramaydi, aks holda yomon oqibatlar ro‘y berishi mumkin.
6.3OIV infeksiyani davolash?
Davolash. Uzok vakt davomida yagona davo sifatida nukleozidlar bulib, ular virusning kaytalama transkriptaza fermentini ingibitorlari xisoblanadi. Ulardan: 1987 y. – Azidotimidin, 1991 y. – Didanozip, 1992 y. – Zalsitobin, 1994 y. – Otavudin, 1995 – Lamivudin, 1996 – Kriksivan, Invaraza, Norvir. Ular virusga karshi ta‟sir kiluvchi dorilarning ingibitorlaridir. Bular Ushbu ferment ish faoliyatini tuxtatish kobilyatiga ega. Ya‟ni protein va enzimlarning uzun zanjirlarini mayda-kalta bulaklarga bulinishiga, parchalinishiga tuskinlik kiladilar, natijada Yangi viruslar xosil bulishi tulik amalga oshmaydi (defektli viruslar xosil buladi). Viruslar buni natijasida xujayraga kirish kobiliyatini yukotishadi. Sinovlar shuni kursatdiki, ularning virusga ta‟sir kilish kobiliyati kaytalama transkriptaza ingibitoriga nisbatan kuchlirok ekan. OIV – kasalligini davolash jarayonida Yangi yunalish amalga oshirildi. Ya‟ni virusga karshi ta‟sir kiluvchi 1 nechta dorilarni birdaniga kullash yaxshi samara bera boshladi. Chunki 1 tasi kullanilganda virusning ularga nisbatan sezuvchanligi tezda yukolishi mumkin ekan. Xozirda bir nechta kaytalama transkriptaza ingibitorlari kullanib kelinmokda. Masalan, AZT+xivid+inviraza. Davolash ancha kiyin bulib, bemor xar kuni 20 tadan ortik tabletkani yillab ichishi lozim.
6 Bundan tashkari opportunistik kasalliklarni xam davolash kerak. Kolaversa, bunday dorilar toksik ta‟sirga egadirlar, xamda bir necha un ming dollar atrofida. Bundan tashkari patogenetik davo xam kullanilishi lozimdir. Bulardan biri immunomodulyatorlardir. OIV kasalligida immun tankisligini tiklash niyatida olimlar kuyidagi preparatlarni kullashmokda: a) Timozin – buzoklar timusidan tayyorlangan bulib, u T-limfotsitlar sonini kupaytirish va ularni ish faoliyatini jonlantirish xususiyatiga egadir; b) Timopentin – timus gormonining urnini bosuvchi sintetik preparat, u OIVning dastlabki boskichlarida kullash tavsiya etiladi; v) Interleykin-2 – interferon xosil bulishini jonlantiradi; g) Interferonlar – alfa-leykotsitarli, beta-fibroblastli, gamma-immunli va b.; d) Imrego – leykotsitlardan tayyorlangan past molekulali immunomodulyator; ye) Levomizol (dekaris) – sintetik immunomodulyator; Izoprinozin - sintetik immunomodulyator. Bundan tashkari immunitetni urnini bosuvchilar – tulik limfotsitlarni yuborish va ilikni kuchirib utkazish. Simptomatik davo (ikkilamchi kasalliklarni davolash).
ОИВ юқтирган ёки ОИТС беморларини замонавий даволаш ва кўриладиган чораларни шартли равишда этиологик (касалликни қўзғатувчисига қарши),
патогенетик (бузилган иммунитетни коррекция қилишга қаратилган чоралар) ва симптоматик (оппортунист инфекцияларга ва нео- пластик жароёнларга қаратилан) гуруҳларга бўлиш мумкин. Би- ринчи гуруҳга асосан вирусларга қарши замонавий антибио- тикларнинг қўлланилиши (рибаверин, ацикловир, азидотимидин, фоскарнет, интерферон ва унинг индукторлари) киради. Антибиотиклар касаллик босқичи, клиник шаклини ҳисобга олган ҳолда ОИТС маркази томонидан ишлаб чиқилган махсус схемалар бўйича беморларга берилади. Иккинчи гуруҳга турли иммуно- модуляторлар ва иммуностимуляторлар (левомизол, изопринозин, тимозин, тимопентин, импрег, индометацин, циклоспорин А, интерферон ва унинг индукторлари, тактивин, тимоцитлар, суяк кўмиги, тимус фрагментлари ва ҳ.о.) киради. Симптоматик даво оппортунист инфекцияларнинг турига мос равишда, кенг таъсир қилувчи антибиотиклар, антимикотиклар, цитостатикларни бошқа услублар билан биргаликда ўтказилади. Комплекс олиб бориладиган даво натижаларида касалликнинг клиник белгилари камаяди, беморларнинг умумий аҳволларида сезиларли ижобий силжишлар кузатилади.

Download 63.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling