Aralash stafilo-streptokokkli piodermitlar


7.1So`gallar klinikasi?


Download 63.87 Kb.
bet16/21
Sana24.04.2023
Hajmi63.87 Kb.
#1393604
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Dermatovenerologiya bilet javoblari

7
7.1So`gallar klinikasi?
Terida paydo bo‘ladigan yuqumli xavfsiz o‘smalar. Aksariyat bolalar va o‘smirlar orasida keng tarqalgan. Popova turkumiga lansub filtrlanuvchi viruslar qo‘zg‘atadi. Qo‘zg‘atuvchisining hususiyatlariga qarab akantomatoz, papillomatoz va kiritma (vakuola) hosil kiluvchi shtammalari bor. So‘gallar kattaligi bir necha millimetrdan 1—2 sm cha keladigan epidermal o‘smalar. Kasallik yuqumli bo‘lib, sog‘lom odamga bemordan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqatda bo‘lganda yoki bemorning ro‘zg‘or buyumlari orqali yuqib qoladi. Odam terisidagi yara-chaqalar, tirnalishlar, ishqalanishlar, suv-lipid almashinuvining buzilishy so‘gal toshishiga moyil qilib quyadigan omyllardandir. Barcha yuqumli kasalliklarda kuzatilganidek so‘galda xam inkubatsion (bir necha haftadan 2—3 oygacha), prodromal, toshmalar chiqishi, susayish va tuzalish kabi davrlari bor. So‘gallar joylashishi, qo‘zg‘atuvchisi va ko‘rinishiga qarab turlicha bo‘ladi: oddiy so‘gallar, o‘smirlarning yassi so‘gallari, oyoq kafti so‘gallari, keksalar so‘gallari ajratiladi. Oddiy so‘gallar yallig‘lanishga aloqasi yo‘q tugunchalar ko‘rinishida bo‘lib, kattaligi tariq, ko‘pi bilan no‘xat donidek keladi, zich, yarimsharsimon yoki yassi shaklli, normal teri rangida yoki qoraroq bo‘ladi. Ularning yuzi giperkeratoz tufayli notekis. Qo‘l panjasining orqa yuzasi, kaft, yuz va badanning boshqa joylarida eng ko‘p uchraydi. Ular odatda og‘rimaydi, le- kin tirnoq bolishlarida bo‘lsa, ishqalanish tufayli og‘rib turishi mumkin. Davosi. Psixoterapiya, gipnoz yaxshi naf beradi. Elektrokoagulyatsiya, diatermokoagulyatsiya, krioterapiya, suyuq azot, uchxlorsirka kislotasi bilan kuydirish
buyuriladi, 2% li oksolin, 1—3% li «Florenal», gossipol bilan Fovler eritmasi (40% fenol, 60% trikreozol) va interferon, kolxitsin moddalari bor malhamlar ishlatiladi. O‘smirlarning yassi so‘gallari — teri damidan ko‘tarilib turadigan, och pushti yoki sarg‘ish rangdagi, mayda-mayda epidermal o‘smalardir. Ularning yuzi odatda silliq bo‘ladi. Yuzda (lunj, peshona, engakda), bo‘yinda, ko‘l panjasining orka yuzasida uchraydi. Ba’zan so‘gallar qator bo‘lib joylashadi. O‘smirlarning yassi so‘galiga diagnoz qo‘yish qiyin emas. Oyoq kafti so‘gallari oyoq kafti terisining eng ko‘p bosilib turadigan joylarida paydo bo‘ladi, yurgan vaqtda bezillab turadi va rangi sarg‘imtir jigarrangnamo, shakli yumaloq yoki oval, kattaligi tangadek keladigan teri qalinlashmasidan iborat bo‘lib, qadoqlarga o‘xshab ketadi, bu so‘gallar so‘rg‘ichli o‘simtalari (akantoz, papillomatoz, giperkeratoz) borligi bilan qadoqlardan farq qiladi. Poyafzalni noto‘g‘ri kiyish, tovonning chaqalanishi va gipergidroz oyoq kafti so‘gallariga sabab bo‘ladi. Keksalar so‘gallari yoshi 40 dan oshgan odamlarda, tana, bo‘yin va yuzda kulrang, jigar rang yoki qora, usti yog‘ bilan qoplangan dog‘lar ko‘rinishida vujudga keladi. Davosi. Suyuq azot eritmasi (krioterapiya), kolxamin malhami ishlatiladi, podofillinning 10— 20% li eritmasi surtiladi. Quyidagi kuydiruvchi moddalar aralashmasini ko‘llash mumkin: Rp: Ac. salicylici 1,0 Ac. acetici 9,0 Collodi elastici 10,0 M.D.S. sirtga surtish uchun. Ikki hafta davomida 50 R dan rentgen nurlari berish, elektroakustika qilish, muz sirka kislotasi, Fovler eritmasi surtish, hadeganda tuzalavermasa jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash tav- siya etiladi.
7.2

Download 63.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling