Aralash stafilo-streptokokkli piodermitlar
Download 63.87 Kb.
|
Dermatovenerologiya bilet javoblari
9.3
10 10.1 kondidoz? Candidozga Candida turkumiga kiruvchi achitqisimon zamburug‘lar sabab bo‘ladi. Bunda teri, shilliq qavatlar, tirnoq va ichki a’zolar zararlanadi. Etiologiyasi va p atogenezi. Bu turkumga kiruvchi zamburug‘lar shartli patogen bo‘lib, sog‘lom kishilar organizmida hamma vaqt saprofit holda yashaydi, lekin bu zamburug‘larning patogen xususiyati oshishida makroorganizm holatining roli katta. Odam immunitetini pasaytiruvchi kasalliklarda candidozlar tez rivojlanadi. Me’da-ichak xastaliklari, moddalar almashinuvi (qandli diabet) hamda vitaminlar muvozanatining buzilishi, leykoz, shuningdek antibiotik va steroidlar bilan tartibsiz davolanish zamburug‘lar faoliyatini oshirib, kasallik vujudga kelishiga olib keladi. Klinikasi. Casallikning klinik kechishiga qarab yuza (shilliq qavat va teri candidozi, candidozli onixiya va paronixiyalar) va sistemali (visseral) shakllari tafovut qilinadi. Shu bilan birga surunkali generalizatsiyalangan (granulematoz) bolalar candidozi ham alohida ajratiladi. Yirik burmalar kandidozi (intertriginozli candidoz) bolalar (chov va dumba orasidagi burmalarda) va kattalarda (qo‘ltiq va ko‘krak bezi ostida, semizlarda chov sohasida) uchraydi. Bu joylarda yuza namlanib yaltirab turadigan, to‘q qizil rangli, aniq chegaralangan, usti oqish gard bilan qoplangan eroziyalar paydo bo‘ladi. Uchoqlar atrofida epidermis qoldiqlaridan iborat hoshiya va asosiy o‘choqqa o‘xshagan mayda joylar ko‘zga tashlanadi. Barmoqlar orasidagi candidozli eroziya— ko‘proq kasbga oid bo‘lib, qandolatchilar, idish-tovoq yuvuvchilar va boshqalarda uchraydi. Patologik jarayon 3- va 4-barmoqlar orasida joylashib, to‘q qizil rangli, aniq chegaralangan va o‘rtasida seroz suyuqlik bo‘lgan eroziya borligi bilan ifodalanadi (45- rasm). Candidozli paronixiya. Tirnoq bolishida infiltrat, shish, giperemiya va tirnoq usti po‘stlogining tushib ketishi bilan kechadi, bunda tirnoq xira, mo‘rt bo‘lib qoladi, chetlari qayrilib, g‘adir-budur, ko‘ndalang egatchalarga ega va turli xil qalinlikda bo‘ladi; o‘rnidan ko‘chadi, tirnoq bilan et orasiga yiring yig‘iladi; tirnoq bosilsa, atrofidan yiring chiqadi. Og‘iz burchaklari kandidozi asosan keksalarda uchraydi. Og‘iz burchaklarida chuqur burmalar va matseratsiya bo‘lishi candidozlar rivojlanishi uchun qulay sharoit tug‘diradi. Og‘iz burchagidagi teri matseratsiyalangan, nam va salga ko‘chadigan oqish gard bilan qoplangan bo‘lib, u olib tashlansa eroziyalangan yuza kuzatiladi. Patologik jarayon simmetrik bo‘lib, ba’zan u lablarning qizil hoshiyasiga o‘tishi mumkin; bemor ogzini ochganda og‘riydi. Candidozli jarayonni streptokokkli eroziya, sifilitik papula va shankrlardan farqlash kerak. Og‘iz oqarishi. Asosan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda uchraydi. Til, yumshoq tanglay, milk, lunj shilliq qavatlari qizarib (giperemiya) oq gard bilan qoplakadi: gardlar bir-biri bilan qo‘shilib yaxlit parda vujudga keladi, vaqt o‘tishi bilan u shilliq qavatga shunchalik zich yopishadiki, uni ko‘chirib olish ancha mushkul bo‘lib qoladi. Shilliq qavatlar zararlanishi oqiba- tida candidozli stomatit, glossit va anginaning klinik kechishi kuzatiladi. Surunkali generalizatsiyalangan (granulyomatoz) bolalar candidozi ko‘pincha yoshligida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati candidozi bilan og‘riganlarda kuzatiladi. Yuz (burun, lunj, peshona), boshning sochli qismi, badan, oyoq va qo‘llarda giperemiyali, infiltratli va po‘st tashlayotgan dog‘lar hosil bo‘ladi. Bu dog‘lar jimjimador chegarali granulematoz o‘choqlarga aylanadi. Agar po‘st olib tashlansa vegetatsiya va giperkeratoz kuzatiladi. Patologik jarayon bosilinqiragandan so‘ng silliq terida atrofiyali chandiq, boshning sochli qismida esa kal joylar bo‘ladi. Shu bilan birga bunday bemorlarda shilliq qavatlar (candidozli stomatit, glossit, angina)ning zararlanishi, candidozli paronixiya, teri va ichki a’zolar candidozi rivojlanadi. Download 63.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling