Aralash stafilo-streptokokkli piodermitlar
Download 63.87 Kb.
|
Dermatovenerologiya bilet javoblari
9
9.1 Umumiy davo vositalardan nistatin (sutkasiga 6 mln), levorin (sutkasiga 4 mln birlik), amfoteritsin B, diflyukan, lamizil (250 mg dan 14 kun davomida) va boshqa antifungan dori-darmonlar tavsiya etiladi. Mahalliy davo uchun anilin bo‘yoqlari (gensian violet, fukorsin, 5—10% li bura eritmasi), klotrimazol, levorin va lamizil malhamlari qo‘llaniladi. Shu bilan birga yo‘ldosh ka- salliklarni davolashda yuqori dozada vitaminlar (B guruh vitaminlari) buyurish maqsadga muvofiqdir. Mikrosporiyaga — Microsporum turkumiga kiruvchi ipsimon zamburug‘lar sabab bo‘ladi. Ikkita asosiy turi: odamdan yuqadigan (antropofil) Microsporum ferrugineum (zangsimon mikrosporum) va mushuk, goho itlardan yuqadigan (zooantropofil) M. lonosum, M. canis (tukli mikrosporum; mushuk mikrosporumi) tafovut qilinadi. Mikrosporiyalar silliq teri hamda sochlarni zararlaydi. Kasallik yuza joylashish xususiyatiga ega, chuqur formasi kam uchraydi. Mikrosporiya bilan ko‘proq maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar kasallanadi. Kattalarda asosan silliq teri mikrosporiyasi uchraydi. Jinsiy yetilish davriga kelib mikrosporiya odatda o‘tib ketadi. Zooantropofil mikrosporiyasining klinikasi. Boshning sochli qismida diametri 3—4 sm keladigan 2—3 yirik va bir nechta mayda kasallik o‘choqlari paydo bo‘ladi. Yirik o‘choqlar. dumaloq bo‘lib, keskin ajralib turadi (shtamplangan o‘choqlar) va asbestsimon yupqa tangachalar bilan qoplanadi, yalliglanish belgilari deyarli kuzatilmaydi. Kasallik o‘chog‘idagi sochlar bir xil uzunlikda bo‘lib, teri damidan 3—5 mm tepadan sinib ketadi; soch siniqlari kulrang oqish mufta bilan o‘ralib turadi. Kasallik o‘chog‘ida sog‘lom sochlar kam bo‘ladi, ba’zan qora qo‘tir vujudga keladi. Kamdan-kam xollarda yallig‘lanish zo‘rayib, teri qizaradi, follikulitlar paydo bo‘lib, kasallik manzarasi yiringli trixofitiyaga (Kerion Celci) o‘xshab ketadi. Boshning sochli qismi lyuminessent lampa yordamida tekshirilganda mikrosporum bilan zararlangan sochlar yashil bo‘lib tovlanadi. Bu muhim diagnostik ahamiyatga ega bo‘lib, bolalar maskanlari hamda jamoalarni profilaktik ko‘rikdan o‘tkazishda keng qo‘llaniladi. Silliq teri mikrosporiyasida — yuz, lunj, qo‘lning silliq terisi, badan va oyoqlarda keskin ajralib turadigan qizg‘ish, dumaloq, yallig‘lanish dog‘lari bo‘lib, ular kepaksimon tangachalar bilan qoplanadi, markazi biroz ochroq rangdagi halqa shakliga o‘xshash bo‘ladi, cheti esa ko‘tarilib pufakchalar bilan qoplanib turadi, bu manzara silliq teri trixofitiyasiga juda o‘xshaydi. Zangsimon mikrosporum (Microsporum ferrugineum) tufayli kelib chiqadigan mikrosporiya yuqorida keltirilgan klinik manzaradan bir oz farq qiladi. Bunda — boshning sochli qismida bir talay mayda o‘choqlar bo‘lib, yuza trixofitiyaga o‘xshaydi. Kasallik o‘chog‘ida singan sochlar bilan bir qatorda talaygina sog‘lom sochlar saqlanib qoladi. Zararlangan sochlar teri damidan 5—8 mm yuqoridan sinib tushadi. Soch siniqlari sporalardan iborat g‘ilof bilan qoplangan bo‘ladi. Kasallik o‘choqlarining shakli noto‘gri, ular bir-biriga qo‘shilib ketishga moyil bo‘lib, tarqalib boradi va boshning sochli qismidan ko‘pincha soch chetlaridagi silliq teriga o‘tadi (44- rasm). Teri pushti rangda bo‘lib, po‘st va tangachalar bilan qoplanadi. Kasallik o‘ta yuqumli. Silliq terining zararlanishi doiralar ko‘rinishidagi o‘choqlar paydo bo‘lishi bilan ifodalanadi, bir doira ichida yangi dog‘ paydo bo‘lib, keyin u ham doiraga aylanib qoladi (iris formasi). Mikroskop ostida ko‘rilganda soch xuddi g‘ilofga o‘xshab zamburug‘ sporalari bilan o‘ralgan bo‘ladi, ular tarqoq holda joylashadi. Teri po‘stchalarida zamburug‘ mitseliylarini, ba’zan segmentlarga bo‘lingan holda ko‘rish mumkin. Davosi. Talaygina patologik o‘choqlari (3 tadan ortiq) bo‘lgan yoki boshning sochli qismi zararlangan bemorlar kasalxonada davolanishlari zarur. Bemorning har kg vazniga 22 mg dan grizeofulvin tavsiya etiladi va shu miqdor tekshiruv natijalari manfiy bo‘lgunga qadar (laboratoriya tekshiruvlari har kuni o‘tkaziladi) davom ettiriladi. So‘ngra grizeofulvin bir hafta davomida kunora va keyinchalik esa haftada ikki marotaba ichiladi. Kasallik alomatlari yo‘qolib, laboratoriya tekshiruvidan uchta manfiy natija olingach (har 5—7 kun ichida) grizeofulvinni ichish to‘xtatiladi. 9.2Nikolskiy simptomi uch turda bo‘ladi: 1) pufak qoldig‘i pinset bilan tortilsa u darrov uzilib ketmaydi, aksincha atrofdagi sog‘ teri bilan shilinib chiqadi; 2) pufak yoki eroziyalar oraligidagi ko‘rinishi «sog‘» teri ishqalansa epidermisning yuqori qavatlari oz bo‘lsada shilinadi; 3) pufak va eroziyalardan uzoqroq bo‘lgan «sog‘» teri ishqalansa u yerda ham epidermisning shilinishi kuzatiladi. Agar pufak bir oz barmoq bilan bosilsa, u sitilib ketmaydi, aksincha ichidagi suyuqlik atrofdagi teri orasiga tarqalib ketadi, bunga Asbo-Ganzen simptomi deyiladi. Download 63.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling