Aralash stafilo-streptokokkli piodermitlar


Download 63.87 Kb.
bet8/21
Sana24.04.2023
Hajmi63.87 Kb.
#1393604
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
Dermatovenerologiya bilet javoblari

Vegetatsiya — aksariyat terining uzoq vaqt yalliglanib yurgan sohasida epidermis tikansimon qavatining o‘sib ketishi hamda so‘rg‘ichlarning yuqoriga qarab kengayishi natijasida
paydo bo‘ladi. Vegetatsiya pilakcha yoki vorsinkasimon o‘simta bo‘lib, tuguncha, yallig‘langan infiltrat yoki eroziyalar ustida joylashadi. Ro‘y-rost vegetatsiyalangan teri sohasi tashqi tomonidan «xo‘roz tojisi» yoki gulkaramni eslatadi. Mabodo vegetatsiya yuzasi qalin muguz qavat bilan qoplangan bo‘lsa, unda ular quruq, qattiq, sarg‘imtir rangli (so‘galda) bo‘ladi, agar vegetasiya eroziyalangan bo‘lsa, unda ular aksincha yumshoq, namlangan, pushti-qizil yoki qizil bo‘lib, salga qonaydi (vegetatsiyalangan pemfigus). Vegetatsiyalangan sohaga ikkilamchi piogen infeksiya qo‘shilsa chetlari giperemiyalanib, seroz-yiringli ajralma chiqib turadi. Lixenifikatsiya, terining dag‘allashishi — terining o‘ziga xos o‘zgarishi bo‘lib, undagi naqshning dagallashishi bilan ifodalanadi, bunda teri egatchalari ro‘y-rost bilinib, xuddi shu soha terisi giperpigmentlanadi, kuruqshab, g‘adir-budur bo‘lib qoladi. Terining dagallashishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri birlamchi, ya’ni terining hadeb tirnalaverishi (neyrodermitda) yoki ikkilamchi, masalan, tugunchalar bir-biriga qo‘shilib ketishi natijasida (tangachali hamda qizil yassi temiratki, surunkali ekzema) vujudga keladi. Lixenifikatsiya paydo bo‘lgan teri sohasi gistologiyasida epidermis tikansimon qavatining gipertrofiyasi, so‘rg‘ichsimon qavatlararo epitelial o‘siqlarning kattalashuvi xamda dermaning yuqori qavatida surunkali infiltratli yallig‘lanish kuzatiladi. Teri va tanosil kasalliklaridagi toshmalar faqat bir xil birlamchi morfologik elementlardan (masalan, tangachali temiratki yoki zaxmdagi tugunchalar, rozeolalar, so‘gal va boshkalar) tuzilgan bo‘lsa, monomorf toshmalar deyiladi. Shuning uchun monomorf toshmalardan iborat dermatozlar fark. kilinadi. Ularga tangachali hamda qizil yassi temiratki, eshakem, vulgar pemfigus, furunkulyoz, gidroadenit, chakaloklarning chilla yarasi va boshqalar kiradi. Agar xastalikda har xil birlamchi morfologik elementlar uchrasa, buni chin polimorfizm deb ataladi. Aksariyat kasalliklarda, jumladan, ekzema, moxov, Dyuringning gerpetiform dermatiti, zaxmning ikkilamchi davrida bir yo‘la har xil, ya’ni ham birlamchi, xam ikkilamchi elementlar kuzatiladi. Bunday toshmalar polimor-fizmi soxta polimorfizm deb ataladi. Bemordagi monomorf, polimorf toshmalar yoki soxta polimorfizmni baxolay bilish kasallikni aniqlashda muhim ahamiyatga ega.

Download 63.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling