Argentometriyada ekvivalent nuqtani aniqlash


Merkurimetriya Hg (NO3)2…..Sianometriya KCN va NaCN Kompleksonometriya


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana28.12.2022
Hajmi1.62 Mb.
#1022044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Merkurimetriya Hg (NO3)2…..Sianometriya KCN va NaCN Kompleksonometriya 
(trilonometriya yoki xelatometriya).. Merkurimetriyada oxirgi nuqtani topish uchun natriy 
nitroprussid Na[Fe(CN)5NO]*2H2O eritmasi (ekvivalentlik nuqtasida oq cho‘kma tushadi) 
va difenilkarbazon (ekvivalentlik nuqtasida ko‘k-binafsha kompleks hosil bo‘ladi) ishlatiladi. 
Kompleksimetriyada tanlanadigan kompleks hosil qiluvchi reagent aniqlanadigan ion bilan 
barqaror kompleks hosil qilishi kerak. Kompleksimetriyada usullari eng ko‘p qo‘llaniladigan 
usullar kompleksonometriya usullari hisoblanadi. Yodidlarni simob (II) ioni bilan 
kompleksimetrik titrlash 1834-yilda ma’lum bo’lgan. Bu usul takomillashib, hozirda 
komplekslovchi moddalarning turlari bir qancha hisoblanadi. 
8
. Gravimetrik analizda xatoliklar. Aniqlashning umumiy sxemasi. 
1) Gravimetrik analiz negizida massani aniq o'lchash yotsa, titrimetrik analiz negizida hajmni 
aniq o'lchash yotadi. 2) Gravimetrik analizda aniqlanadigan modda yoki tarkibida 
aniqlanadigan modda (tarkibiy qism) bo’lgan cho'kma (namuna) massasi o‘lchanadi. 
Titrimetrik analizda esa analiz qilinuvchi modda va u bilan reaksiyaga kirishuvchi reaktiv 
eritmasining 
hajmi 
o‘lchanadi.3)Gravimetrik 
analizda 
reaktivlarning 
taxminiy 
konsentratsiyali eritmalari ishlatilsa, titrimetrik analizda ularning aniq konsentratsiyali 
eritmalari ishlatiladi. 4) Gravimetrik analizda reaktivlar eritmalari, asosan,tekshiriladigan 
eritmaga ortiqcha miqdorda qo‘shilsa,titrimetrik analizda qat’iy ekvivalent miqdorlarda 
qo‘shiladi.5) Gravimetrik analizda ekvivalentlik paytining qachon yuzaga kelishi ahamiyatga 
ega emas, titrimetrik analizda esa ekvivalentlik nuqtasining aniq qayd etilishi juda 
muhimdir.6)Gravimetrik analizda moddani cho'ktirish, dekantatsiyalash, filtrlash, cho'kmani 
yuvish, quritish,kuydirish, tortish amallari uchun ko‘p vaqt talab etilgani holda, titrimetrik 
analizda bunday operatsiyalar bo‘lmagani uchun analizga kam vaqt sarflanadi.Gravimetrik 
analiz tekshirilayotgan modda yoki uning tarkibiy qismlarini kimyoviy toza holda yoki 
muayyan birikmalar holida ajratib, ajratilgan moddaning massasini aniq o‘lchashga 
asoslangan. Gravimetrik analiz ajratish, haydash,cho'ktirish usullariga bo’linadi. Barcha 
gravimetrik usullar bevosita va bilvosita holda bajariladi. Ajratish usullari aniqlanuvchi 


tarkibiy qismni erkin holda miqdoriy jihatdan to‘liq ajratib, uning massasini o'lchashga 
asoslangan.Haydash usullarida aniqlanadigan tarkibiy qism biror uchuvchan holatdagi 
moddaga aylantirib, haydaladi. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling