«arхеоlоgiya va etnologiya asoslari (arxeologiya)» fani bo’yicha bakalavriat yo’nalishi talabalari uchun


O’zlashtiruvchi xo’jalik shaklining rivojlanishi va uning ishlab chiqaruvchi xo’jalik shaklining shakllanishidagi ahamiyati


Download 0.51 Mb.
bet56/120
Sana20.11.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1788398
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   120
Bog'liq
O’quv-uslubiy majmua 100000–Gumanitar sоha-fayllar.org

O’zlashtiruvchi xo’jalik shaklining rivojlanishi va uning ishlab chiqaruvchi xo’jalik shaklining shakllanishidagi ahamiyati. Bizning Markaziy Osiyo xududidagi mezolit davri yod-gorliklarini ko’p jixatlari ayniqsa tosh industriyasi yaqin sharq mezolitga o’xshab ketadi. Shuning uchun ham O’rta Osiyo arxeologiyasi uchun tosh asri buyicha juda ulkan ishlarni qilgan zabardast olim, akademik A. P. Okladnikov daliliy ashyolariga suyangan xolda o’zini fikrlarini quyidagicha bayon qiladi: »Xali yuqori paleslit davrida Evropada Solyut-reylar va Orin’yaklar yashagan bir paytda O’rta Osiyoda tosh asri madaniyatining taraqqiyoti Falastin va shimoliy Af-rika madaniyatiga juda yaqin bo’lgan yunalishda rivojlan-gan. Bu rivojlanish tez orada yuqori paleolitdan mezolit madaniyatiga o’sib etishga imkon bergan. Bu madaniyat janub-ga xos bo’lgan xususiyatlarni ifodalovchi segment trapetsiya shakliga ega bo’lgan mezolit qurollarini borligi bilan belgilanadi. Bu o’ziga xos madaniyat Kozog’istonning shimo-liy cho’llarida yashovchi Volgadan to Uralgacha bo’lgan xududlarga o’z ta`sirini ko’rsatgan». Ana shunday xususiyatlarga ega bo’lgan Markaziy Osiyo yodgorliklaridan biri Djebel bo’lib, shu yodgorlik tufayli nafaqat mezolit balki neolit davriga mansub bo’lgan ko’p yodgorliklarni xronologiyasiga aniqlik kiritilgan. Bu yodgorlik 1947 yili A. P. Okladnikov tomonidan topilib, 1949 va 1950 yillarda qazish ishlari olib borilgan. Djebel yodgorligida jami 10 ta madaniy qatlam borligi aniqlanib, shundan 8 tasi asosiy, 2 tasi esa o’tish davrini aks ettiruvchi qatlamlar deb topilgan. Madaniy qatlamlardan jami 5345 ta tosh buyumlar topi'lib, ular orasida 31 xili mehnat qurollari sifatida ajratib olingan. Yodgorlikdagi 8,7 madaniy qatlamlar mezolitni oxiriga, 5 a, 5, 6lar esa mezolitdan neolitga o’tish davrini, 4 va 5ilk neolit davrini, 3si so’nggi neolitni, 2 va 1 ilk bronza asrini aski ettirishlarini aniqlagan. Bu yodgorlik har tomonlama mukammal o’rganilgan yodgorliklar qatoriga kiradi. eng muximi bu yodgorlikni mutloq yoshi radiokarbon usulida aniqlangan Djebel yodgorligini mukammal ravishda kelib chiqqan xulosa shuki, shu yodgorlik tufayli O’rta Osiyodagi mezolit va neolit yodgorliklarining xronologiyasi ularni davrlashtirish masalalari, madaniy jixatdan qaysi madaniyatga alokadorligi kabilarni aniqlashda Djebel muxim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham arxeologlar bu yodgorlikni boshqa yodgorliklarni aniqlash qiyin bo’lgan jixatlarini aniqlashda kalit rolini bajaruvchi katta ahamiyatga ega bo’lgan yodgorlik deb atashadi.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling