Aripova shaxnozaning


Download 52.16 Kb.
bet9/11
Sana01.03.2023
Hajmi52.16 Kb.
#1240574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ARIPOVA SHAXNOZA KURS ISHI

Qish keldi.
Mana qish ham keldi.Ariqlarda suvlar muzladi. Hamma yoqni oppoq qor qopladi.
Uyning tomlari ham oppoq bo`ldi. Bolalar palto va qo’lqop kiyib qorda o`ynaydilar. Abbos bilan Malikning yangi chanasi bor. Ular yalanglik chetidagi tepalikdan mazza qilib chana uchdilar.
Malik juda saxiy bola. U chanasini o`rtoqlari bilan birga uchadi (49 ta so`z.)
Diktant matni hammaga tushunarli qilib o‘qib beriladi. Diktant uchun bog‘lanishli matn tanlangan hollarda oldin butun matn o‘qiladi. Uni biror o‘quvchiga so‘zlatish, ba’zan oldin uning rejasini tuzdirish, sarlavha toptirish ham mumkin. Matn gapma-gap o‘qib berilishi kerak. Agar gap uzun bo‘lsa, uni sintagma holida o‘qib berish ham mumknn. Bunda gap oldin to‘la o‘qib beriladi. So‘ngra qismlar 2-3 marta qaytariladi. Lekin o‘quvchilarni bir o‘qishdayoq yozishga odatlantirib borish zarur. Diktant matnini ayrimayrim so‘zlarga bo‘lib, so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lib aytib borish aslo mumkin emas. Diktant vaqtida yozishga ulgurmay qolgan o‘quvchiga tanbeh berish uning ruhiga salbiy ta’sir etadi. Shuning uchun o‘qituvchi diktant vaqtida biror o‘quvchining ham orqada qolmasligiga erishishi kerak. Agar biror o‘quvchi orqada qolsa, u bir-ikki gapni tashlab, davomini yozavergani ma’qul. Uquvchilarning diktant vaqtida u yoki bu so‘zning yozilishiga oid savol berishiga ham yo‘l qo‘ymaslik kerak. Diktant yozib bo‘lingandan so‘ng, o‘qituvchi matnni yana bir marta o‘qiydi, yozganlarini yana bir marta ko‘rib chiqishlari uchun o‘quvchilarga 3-4 daqiqa vaqt beriladi.
Bunda o‘quvchi matnga ongli munosabatda bo‘lib, xatolarini topishga urinadi. Diktant o‘quvchilar tomonidan tekshirib chiqilgach, tezda yig‘ib olinadi. Diktantni to‘g‘ri o‘tkazishda uni diktovka qilish sur’ati ham o‘ziga xos ahamiyatga ega. 5-sinf o‘quvchisi bir daqiqada 4-5 so‘z, 6-sinf o‘quvchisi 5-6 so‘z, 7-8-sinf o‘quvchisi esa 7-8 so‘z yoza oladi. Diktovka vaqtida o‘qituvchining ovozi normal, hammaga eshitiladigan bo‘lishi kerak. Diktantning mustaqil yozilishini ta’minlash uchun parta ustida hech qanday qo‘llanma («Imlo lug‘ati», “Darslik" va boshqalar) bo‘lmasligi zarur. O‘quvchilar qaysi qoida yuzasidan diktant o‘tkazilishini oldindan bilishlari kerak. Bu o‘quvchilarga qoidalarni yana bir qaytarib chiqish imkonini beradi. O‘quvchilarning yozma va og‘zaki nutqini o‘stirishda diktantning ahamiyati katta. Chunki o‘quvchi diktant yozayotganda xato qilmaslik uchun orfografik va punktuatsion qoidalarni eslashga harakat qiladi. Ba’zi metodik qo‘llanmalarda diktant bir necha xil bo‘ladi: Diktantlar qo‘llanishiga ko‘ra: a) eshitishga asoslangan diktanlar; b) ko‘rishga asoslangan diktantlar. Eshitishga asoslangan diktanlar – mundarijasiga ko‘ra: lug‘at diktant, matnli diktant. Maqsadiga ko‘ra: ta’kidiy diktant, tushuntiruvchi diktant, nazorat diktant. Ko‘rishga asoslangan diktantlar – o‘z-o‘zini nazorat qilish diktanti; ijodiy diktant. Diktantlar mazmuniga ko‘ra: Nazorat diktant. Ta’limiy diktant. Nazorat diktant o‘quvchilarning savodxonligini aniqlash uchungina emas, u ta’limiy xarakterga ham egadir. Nazorat diktant, avvalo, o‘quvchilarga ko‘pgina imlo qoidalarini eslatadi, o‘qituvchi esa diktantda yo‘l qo‘yilgan xatolarni bartaraf qilish uchun mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Demak, nazorat diktant ta’limiy hamdir.
ESHITISHGA ASOSLANGAN DIKTANT Bunda diktantga tanlangan matn avval to‘liq o‘qiladi. So‘ng matn qismlarga ajratilib alohida-alohida o‘qiladi. Har bir qayta o‘qilgan matndagi tahlil etilishi, ta’kidlanishi lozim bo‘lgan so‘zning yozilish imlosi tushuntiriladi.
IZOHLI YOZUV O‘qituvchi izohlanuvchi so‘z yoki gaplarni adabiy til talaffuzi shakllariga muvofiq aytib beradi, o‘quvchilar uni yozadilar. O‘quvchilardan biri o‘qituvchining ko‘rsatmasi bilan ma’lum bir so‘zning yozilishini izohlaydi. Masalan, sifat yasovchi qo‘shimchalarning imlosini mustahkamlash uchun izohli yozuv o‘tkazish mumkin: Chavandozlar chopqir otlarga mindilar. O‘ q i t u v ch i: — Chopqir so‘zining qanday yozilganligini izohlab bering. O‘ q u v ch i: —Chopqir so‘zida asos — chop. Bu so‘z jarangsiz p undoshi bilan tugagan. Jarangli tovush bilan tugagan fe’l negizlariga -gir, g‘ir, jarangsiz tovush bilan tugagan fe’l negizlariga esa -kir, -qir qo‘shimchalari ko‘shiladi. Shunnng uchun sifat yasovchi qo‘shimchani qir shaklida yozdim. O‘quvchi orfogrammani noto‘g‘ri izohlasa yoki izohlay olmasa, boshqa o‘quvchidan so‘raladi. Agar o‘quvchilarning ko‘pchiligi ko‘rsatilgan orfogrammani to‘g‘ri izohlay olmasa, o‘qituvchi mazkur orfogrammani takrorlaydi. Izohli yozuv mashg‘ulotida topshiriq dastlab ilg‘or o‘quvchilarga beriladi. Keyinchalik esa har bir o‘quvchining, ayniqsa, yaxshi o‘zlashtirmovchi o‘quvchining yozuvini kuzatib borish maqsadga muvofiqdir. Izohli yozuv dastlab sekin olib boriladi: o‘quvchilar ko‘rsatilgan so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratish, ularning imlosini izohlash va shu paytning o‘zida uni yozishga qiynaladilar. Keyin-keyin o‘quvchilarning bu sohadagi malakasi mustahkamlanib, ish sur’ati tezlashtiriladi. Izohli yozuv uchun darsning 5-10-daqiqasi ajratiladi. Izohli yozuvda matn qisman emas, to‘laligicha izohlanishi ham mumkin. Bunda oldin o‘tilgan orfogrammalarni eslash lozim bo‘lgan matnlar ham olinadi. Masalan, qaratqich kelishigi va egalik qo‘shimchalarining yozilishini mustahkamlash maqsadida izohli yozuv o‘tkazish mumkin. O‘qituvchi: - Daftaringizga yozing: Paxta xalqimizning eng qimmatli boyligidir. - Zulfiya, bu gapdagi so‘zlarni qanday yozganligingni izohlab ber.
-Zulfiya: - Xalqimiz qaratqich kelishigida kelgani uchun -ning yozdim; boylik so‘ziga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda, so‘z oxiridagi k undoshi g tarzida aytiladi va shunday yoziladi. Ko‘rinadiki, izohli yozuv o‘quvchilarni to‘g‘ri yozishga o‘rgatish bilan birga, ularda to‘g‘ri talaffuz qilish malakasini ham o‘stiradi. Bunda o‘quvchilarning xotirasi ko‘chirib yozishdagidan ko‘ra yaxshi rivojlanadi. Izohli yozuv ayni vaqtda o‘quvchilarning nutqini ham o‘stiradi. TA’KIDIY DIKTANT Ta’kidiy diktant o‘quvchilarning orfografik qoidalarni ongli o‘zlashtirishida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Bunda eshituv organi orqali qabul qilingan taassurotlarga asoslanish bilan birga, so‘z tarkibini, grammatik va orfografik qoidalarni yaxshi bilish ham talab etiladi. Ta’kidiy diktantda mustahkamlanishi lozim bo‘lgan orfografik yoki punktuasion qoida matn o‘qib berilishidan oldin izohlanadi. Masalan, tutiq (apostrof) belgisining yozilishini mustahkamlash uchun o‘qituvchi dastavval savollar berishi mumkin: - Qaysi vaqtlarda tutiq (apostrof) belgisi ishlatiladi? - Tutiq (apostrof) belgisining yozilishi va talaffuzidagi muammolar va ularning yechimlari haqida gapiring? - Qanday holatlarda yumshatish belgisi tushirib qoldiriladi? Savollarga bsrilgan javoblarni o‘qituvchi umumlashtiradi. Mustahkamlanishi lozim bo‘lgan orfogramma shu tariqa eslatiladi. Masalan: Men Kavkaz manzarasi tasvirlangan albom sotib oldim. Bir o‘quvchi gapdagi albom so‘zida l harfidan keyin yumshatish belgisi yozganligini, l tovushining yumshoq talaffuz qilinishini aytadi. Sungra o‘quvchilar aytilgan gapni yozib, imlosi mustahkamlanayotgan so‘zning tagiga chizadilar. Bir o‘quvchi gapni o‘qib, topshiriqni izohlaydi. Qolgan o‘quvchilar o‘zlari qanday yozganliklarini tekshiradilar, xatosi bo‘lsa tuzatadilar. Men va Kavkaz so‘zlarining bosh harf bilan yozilishi ham eslatilishi mumkin. Qolgan gaplar ham mana shu tarzda yozdiriladi. Ta’kidiy diktantda bir o‘quvchi gapni doskaga, boshqalari esa o‘z daftarlariga yozib borishlari ham mumkin. Keyin o‘quvchilar o‘zlari yozgan gapni doskadagi yozuv bilan solishtiradilar, boshqacha yozgan bo‘lsalar, aytadilar. Doskadagi o‘quvchiga grammatika, orfografiya va punktuatsiya qoidalari yuzasidan turli savollar berish mumkin.
Diktovka qilingan gapni yozdirishdan oldin uni biror o‘quvchiga takrorlatish ham maqsadga muvofiqdir. Bu, qisman bo‘lsa ham, o‘quvchilar o‘rtasida faollikni oshiradi. Ta’kidiy diktantni og‘zaki o‘tkazsa ham bo‘ladi: o‘qituvchi gapni adabiy tilning talaffuz shakllariga rioya qilgan holda sekin o‘qiydi, o‘quvchilar mustahkamlanayotgan qoidaga mos so‘z yoki so‘z birikmalarini ajratadilar. So‘ngra ularning imlosi izohlanadi. Masalan: Zulfiyaning onasi “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi. O‘quvchilar Zulfiyaning so‘zini tanlaydilar. Buni doskaga yozish ham mumkin. Keyin imlosi izohlanadn. Ish ana shu xilda davom etadi. Ta’kidiy diktantni bir necha qoida yuzasidan o‘tkazish ham mumkin. Masalan, otlarda kelishik ko‘shimchalarining yozilishi o‘tib bo‘lingach, atoqli otlar, egalik va kelishik qo‘shimchalarining yozilishi bo‘yicha ana shunday diktant o‘tkaziladi. Ta’kidiy diktantni yana quyidagicha o‘tkazish mumkin: oldin izohlanayotgan orfogramma izohlanadi, keyin matn to‘la yozdiriladi, o‘quvchilardan o‘tilgan qoidaga oid so‘zlar, ularnnng yozilishi so‘raladi. Diktantning bu turi uchun ko‘proq bog‘lanishli matnlarning tanlangani ma’qul. Ta’kidiy diktantni 4-5-sinflarda haftada bir marta, 6-sinfda uch haftada ikki marta, 7-8-sinflarda ikki haftada bir marta o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Shunda ham butun bir darsni unga bag‘ishlash tavsiya etilmaydi.
Diktant matnini o`qib, ayrim tushunarsiz so`zlarni yo`l - yo`lakay tushuntirib boriladi, O`quvchilar yozmay, faqat eshitib esda saqlab qolishlarini eslatib, har bir gapni alohida-alohida diktovka qilinadi. Matn diktovka bilan yozdiriladi. O`qituvchi matnni yana bir marta sekin o`qiydi, O`quvchilar yozganlarni tekshiradilar. O`qituvchi matnni adabiy til normalariga rioya qilib o`qib berishi zarur.
O`quvchilarni ishlari yig`ib olinib tekshiriladi.
Tekshirilishi lozim bo`lgan BKM elementlari nomi va soni:
1. Gapda bosh harflar bilan yoziladigan so`zlarni aniqlash.
2. Xat boshidan yozish.
3. Atoqli otlarni aniqlay olish va ularning imlosi.
4. Ko`plik qo`shimchalarini to`gri yozish.
5. Kema-ket kelgan bir xil undoshlarni yozish.
6. Chiroyli yozuv.
Diktant O`quvchilarni yozma nutqini o`stirishda katta ahamiyatga ega, diktant uchun matn tanlash muhim masaladir. Dastlab kichik matnlar tanlanadi. U sintaktik va leksik jixatdan sodda va tushunarli bo`lishi zarur. Diktant uchun tanlanadigan matnlar mazmun jihatidan asta-sekin murakkablashtirilib boriladi.
Birinchi sinfda diktant yozishda mo`ljallangan matn to`rt - besh gapli bo`ladi. O`qituvchi matnni bir marta sekin va ifodali o`qiydi. Har bir so`zni diktovka qilib yozdiradi. Xar bir gap tugagandan so`ng takrorlab o`qiydi. O`quvchilarga yangi gap bosh xarflar bilan boshlanishini va oxirida nuqta qo`yilishini ham o`rgatiladi.
O`qituvchi qaysi chorakda, nechta va qachon diktant yozdirilishini oldindan rejalashtirgan holda, oldindan tayyorlab boriladi va aytiladi.
O`quvchilarni diktant yozishga tayyorlash, ular yo`l qo`yishi mumkin bo`lgan xatolarni oldini olish ustida muntazam ishlash odatlantirishning sharti hisoblanadi.

Download 52.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling