Nazariy savollar:
Hizmatchi so’zlarni yozing va ularning ma‘nosini tushuntiring.
Til operatori qanday tushuncha?
Asosiy va tarkibiy operatorlarni ajratib sanab bering.
Operatorlar qanday tartibda bajariladi?
Dastur operatorlariga ismlar qanday qo’yiladi va nima uchun qo’yiladi?
Ism (identifikator) ning BNF formulasini yozing.
E‘lonlarning vazifasini tushuntiring.
o’zgaruvchi dasturning qanday ob‘ekti hisoblanadi?
Funktsiya va protseduraning asosiy farqlarini sharqlang.
Dastur matnini yozish qoidalarini yozish qoidalarini tushintirib bering.
Sodda dasturlar tuzing va ularni sharxlang.
Mavzu: Pascal tilida Chiziqli tuzilmali va tarmoqlanuvchi tuzilmali algoritmlar asosida dastur tuzish
Reja:
Chiziqli tuzilmali algoritmlarni dasturlash
Shartsiz o’tish operatori
Shartli o’tish operatori
Tarmoqlanuvchi strukturali algorimlarni dasturlash
Tayanch iboralar: Chiziqli strukturali algoritmlar, shartsiz o’tish operatorlar, shartli o’tish operatorlar, tanlash operatori, tarmoqlanuvchi algoritmlar.
Chiziqli tuzilmali algoritmlarni dasturlash
Algoritmning blok-sxema tarzidagi tavsiflanishi EHMlar uchun dastur tuzish amaliyotida juda keng kullaniladi. Berilgan masalaning yechish algoritmi blok-sxema shaqlida tavsiflash algoritmini dasturlashtirish uchun ancha qulaylik yaratiladi.
Bloklari ketma-ket, blok-sxemada joylashgan tartibda bajariladigan algoritm Chiziqli strukturali algoritm deyiladi. Chiziqli strukturadagi dasturlarda xech qanday shart bulmaydi, shuning uchun ular algoritm bilan aniqlangan ketma-ketlikda bajariladilar. Chiziqli strukturadagi dasturlarni tashkil etish uchun uzlashtirish operatorlari, ma‘lumotlarni kiritish va ma‘lumotlarni kayta ishlash natijalarini chiqarish operatorlari kiradi. Bizga ma‘lumki dastur tuzishda operatorlar o’zaro “;” bilan ajratiladi. begin va else operatorlaridan sung bu belgi quyilmaydi. Dasturning izoxli qismida uzgaruvchilar tavsivlanadi. Dasturning bajariladigan qismida esa, yuqorida aytganimizdek fakat uzlashtirish, uzgaruvchilar kiymatlarini kiritish va uzgaruvchilar kiymatlarini kompyuter ekraniga chiqarish operatorlari ishlatiladi. Chiziqli strukturali algoritmlarni dasturlashga misol ko’rib utamiz. Masalan у=ax2+bх+с funktsiyani kiymatini hisoblash uchun blok-sxema va dastur tuzamiz
boshlash
Do'stlaringiz bilan baham: |