arslikda Vatanimizning qadim zamonlardan to hozirgi davrgacha tgan lni necha mingyillik tarixi oliy quvyurtlariuchuntavsiyaetilgan" zbekiston tarixi" quv dasturi talablari doirasida yoritilgan


Download 0.66 Mb.

bet31/46
Sana09.02.2017
Hajmi0.66 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   46

Oliy va rta inaxsus ta'lim. Respublikada oliy va rta maxsus 
maiumotli mutaxassislar tayyorlash iqtisodiy va madaniy qurilish 
ishlari taraqqiyot istiqbollari bilan bo langan holda olib borildi. 
Urushdan keyingi yillarda oliy va rta maxsus ta'lim ancha sdi. 
50— yillarda 3 ta ohy quv yurti-Andijon meditsina instituti, Tosh-
kentda Flektrotexnika aloqa, Fizkultura institutlari, 60— yillarda 8 ta 
yangi oliy quv yurti-Andijon paxtachilik instituti, Far ona poli-
texnika instituti, Samarqand arxitektura-qurilish instituti, Termiz, 
Sirdaryo, Toshkent viloyat pedagogika institutlari kabi oliy quv 
yurtlari tashkil etildi. 70— yillarda yana 5 ta oliy quv yurtlari-Nukus 
Davlat universiteti, Toshkent avtomobil-y llar instituti, Pediatriya 
instituti va boshqalar ochildi. 
1960 — yilda 30 ta oliy quv yurtida mutaxassislar tayyorlangan 
b Isa, 1985— yilda ularning soni 42 tani tashkil etdi.1961-1985— 
yillarda respublika oliy quv yurtlari 828 mingga yaqin muhan-
325 

dislar, iqtisodchilar, agronomlar, huquqshunoslar, qituvchilar, 
madaniyat va saifat xodimlari yetishtirib berdi. 
Shuningdek, rta maxsus quv yurtlari tarmo i ham 
kcngaydi. 1960— yilda 75 ta rta maxsus quv yurtiari faoliyat 
k rsatgan b lsa, 1965— yilda ularning soni 249 taga yetdi. 1961-
1985— yillarda lmln.135 mingga yaqin rta maxsus ma'lumotli 
mutaxassis kadrlar tayyorlandi. 
Ayni cho da, bu tizim faoliyatida ham jiddiy nuqsonlar mavjud 
edi. Mutaxassislartayyorlashda son jihatidan k p kadrlar tayyorlash 
birinchi rinda turdi. Kadrlar tayyorlash sifatini k tarish sohasidagi 
sa'y-harakatlar kutilgan natija bermadi. 
• F a n. Urush yillarida tashkil etilgan zbekiston Fanlar Akade-
miyasi respublikada ilm-fan markazi b lib qoldi. 1945-85— yillarda 
k plab yangi ilmiy-tadqiqot institutlari, laboratoriyalar, ilmiy 
stansiyalar tashkil etildi. 80— yillarning boshlariga kelib akademiya 
tarkibida Qoraqalpo iston ASSR filiali va 35 ilmiy-tadqiqot 
muassasalari faoliyat k rsatdi. 38 ming ilmiy xodim, shu jumladan, 
1215 fan doktori, 15664 fan nomzodi fanning turli sohalarida tadqiqot 
ishlari olib bordi. 
Akademik O.S. Sodiqov zadan stiruvchi moddalar va boshqa 
preparatlar sintez qildi. H.A.Rahmatullin, U.O.Oripovlar aniq 
ekish maqsadida chigitni tuksizlantirishning mexanik va aerokimyoviy 
usullarini ishlab chiqdilar. Seleksioner olim S.M. Mirahmedov va 
boshqalar paxtaning «Toshkent-l», «Toshkent-2», «Toshkent-
3», «Toshkcnt-4» singari hosildor, tezpishar, tolasi sifatli yangi 
navlarini yetishtirdilar. Sholining 20 dan, sabzavot va poliz ekin-
larining 50 dan, meva, rezavor-meva va uzumning 60 dan ortiq 
navlari yetishtirildi. 
zbekistonda geologiya fani katta yutuqlarga erishdi. H.M.Ab-
dullayev, l.X.Hamraboyev,  F M T s o m u h a m m e d o v , X.N.Boy-
muhamedov K.L.Boboyev, A.M.Akramx jayev, X.T.T la-
ganov, .M.Mavlonov singari mashhur olimlar dunyo rudali-
petrografik provinsiyalari klassifikatsiyasi, elementlarning geokim-
yoviy klassifikatsiyasi, rta Osiyo litosferasining geologik-geofizik 
modellarini ishlab chiqdilar. Oltin, gaz va neft qazib chiqaruvchi 
sanoat, shisha, keramika, abraziv materiallar sanoati tarmoq-
larini barpo etishga, aholi manzillarida yerosti suvlaridan foydala-
nishni y lga q yishga k maklashdilar. 
326 
zbekistonda mashina va mexanizmlar nazariyasining rivojlanishi 
M.T. rozboyev, H.A.Rahmatullin, V.Q.Qobulov, H.H.Usmon-
x jayev, G.A. Koshevnikovlar nomlari bilan bo liq. Ular mashina 
va mexanizmlar nazariyasi b yicha ilmiy maktabga asos soldilar. 
Rcspublikada 1966— yilda Kibernetika instituti tashkil etilgach, 
akademik V.Q. Qobulov yetakchiligida sanoat va boshqa ishlab 
chiqarish korxonalarida kibernetika va hisoblash texnikasi vositalari 
asosida boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemalari yaratildi va 
joriy qilindi. 
Aniq va fundamental fanlarning boshqa y nalishlarida ham muhim 
kashfiyotlar, jiddiy yutuqlarga erishildi. Ijtimoiy-gumanitar fanlar 
sohasida ham bir muncha tadqiqotlar olib borildi. Arxeolog, etnograf, 
antropolog olimlarning izlanishlari natijasida zbek xalqining etnik 
tarkibi, etnogcnezi shakllanishi tarixiga ba ishlangan asarlaryaratildi. 
Biroq ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi tadqiqot ishlari mark-
sizm-leninizm doirasida qolib kctdi. Sotsializm alabasi, zbekis-
tonning nokapitalistik taraqqiyot y li, rivojlangan sotsializm qurilgan-
ligini asoslash, millatlar va sinflarning yaqinlashuvi natijasida kishi-
larning yangi tarixiy birligi sovet xalqining vujudga kelishi kabi 
bchuda, samarasiz masalalar bilan ralashib qoldi. 
A d a b i yo t. 50-80— yillarda adabiyotda roman va povest janrlari 
rivojlandi. Urush voqealari, mehnatkashlarning front orqasidagi meh-
nati Oybckning «Nur qidirib» va «Quyosh qoraymas», SlYRashi-
dovning «Qudratli t lqin», Shuhratning «Shinelli yillar», Said 
Ahmadning «Ufq», Yoqubovning «Er boshiga ish tushsa», 
H. ulomning «Toshkentliklar» romanlarida aks ettirildi. 
Urushdan keyingi tiklash va tinch qurilish davri hayotini 
tasvirlovchi «OUin vodiydan shabadalar»(Oybek ), «Q shchinor 
chiroqlari» va «Sinchalak» (A.Qahhor), « oliblar» va «B rondan 
kuchli» (Sh.Rashidov), «Ixlos» (LRahim) kabi romanlar va povestlar 
yaratildi. Yozuvchi Parda Tursunning « qituvchi» romani qishloq 
ziyolilari faoliyatini ochib berdi. 
Primqul Qodirovning «Yulduzli tunlar», «Uch ildiz», O.Yoqu-
bovning «Diyonat», Mirmuhsinning «Umid» asarlarida yosh zamon-
doshlarimizning ma'naviy qiyofasi, hayoti va mehnati aks ettirildi. 
Rahmat Fayziyning «Hazrati inson» .Umarbekovning «Odam 
b lish qiyin», .Hoshimovning «Nurborki, soyabor» romanlarida 
odob-axloq masalalari yoritildi. 
327 

zbek she'riyatining 60-80— yillardagi taraqqiyoti A.Oripov, 
E.Vohidov, Sayyor, N.Nazrullayev, B. Boyqobilov, E. Oxunova, 
O.Hojiyeva, HTIudoyberdiyeva, O.Matjon va boshqa k plab 
shoirlarning ijodiy kamoloti bilan bo liq holda kechdi. Uy unning 
«Abu Rayhon Beruniy». Yoqubovning «Ulu bek xazina-
si»,M.Shayhzodaning «Mirzo Ulu bek* kabi tarixiy mavzudagi 
asarlari yaratildi. 
S a n ' a t. zbekistonda teatr va musiqa saiTati bir muncha 
rivojlandi. Hamza nomidagi teatr jamoasi Shekspirning «Otello» va 
«Yuliy Sezar», Uy unning «Navbahor», Abdulia Qahhorning «Shohi 
s zana», N.Hikmatning «Sevgi afsonasi». Uy un va LSultonning 
«Alisher Navoiy» asarlarini sahnalashtirdi . 
zbek davlat filarmoniyasining musiqiy jamoalari samarali faoliyat 
k rsatdi. Faqat TJaliiov nomidagi zbek davlat orkcstri repertuaridan 
1300ga yaqin asarlar rin oldi. «Lazgi», «Shodlik», «G zal» 
xoreografik ansambllari ham zbek va boshqa qardosh xalqlar ashula 
va raqslarini namoyish etdilar. «Bahor» xalq raqs ansambli, «Yalla» 
vokal-chol u ansambli jamoalarining konsertlari xalqqa manzur b ldi. 
zbek teatrining rivojlanishiga rejissorlardan M. Uy ur, E.Bo-
bojonov, A.Ginzburg, T.X jayevlar, aktorlardan Abror Hidoya-
tov, H jayev, A.Bakirov, S.Eshont rayeva, Sh.Burhonov, 
N.Rahimov, R.Hamrayev, Z Muhammadjonov, B.Qoriyeva, 
Ya.Abdullayeva, G'.A'zaniov, Yo.Ahmedov va boshqa saiTatkorlar 
salmoqli hissa q shdilar. Xalqimiz zbek san'ati dovru ini baland 
k targan H.Nosirova,  M T u r unboyeva, Tamaraxonim,  G J z m a i -
lova, S.Qobulova nomlarini hurmat bilan c'zozlab kelmoqda. 
1946-1985— yillar zbekiston kino san'atining yuksalish yillari 
b Idi. N.G'aniyev yaratgan «Tohir va Zuhra» (1945), «X ja Nas-
riddinning sarguzashtlari», «Far ona qizi» kabi kinofilmlar xalq 
olqishiga sazovor b ldi. 
60-70-- yillarda zbek kino saiTatiga yosh talantli rejissorlar, 
aktorlar kirib keldi. Sh.Abbosov, A.Hamroyev, R.Botirov, 
E . E s h m u h a m m e d o v ,  H . A h m a r o v  s h u l a r  j u m l a s i d a n d i r . 
Sh.Abbosovning «Mahallada duv-duv gap» (1961), «Sen yetim 
emassan»(1963), «Toshkent - non shahri» (1970), «Abu Rayhon 
Beruniy» (1974), A.Hamroyevning «Shiddat» (1971), R.Botirovning 
«Seni kutamiz, yigit» (1972), E.Eshmuhammedovning «Nafosat» 
328 
( 1967) va «Umid qushi» (1975) kabi filmlarida davr farzandlarining 
hayoti, iste'dodu izlanishlari tasvirlangan. 
Tasviriy san'at rivojlandi. Ch.Ahmarov va .Tansiqboyevlar 
dcvoriy rasmlar, mozaika va manzara janri b yicha, V.E.Kaydalov 
va M.Nabiyevlar portret janri b yicha muhim asarlar yaratdilar. 
Rassomlar, haykaltaroshlar va arxitektorlar birlashib yirik monu-
inental binolarni, maydonlarni ta'mirlash, naqshlar, rassomlik va 
haykaltaroshlik asarlari bilan bczatish aiTanaga aylandi. Poytaxtning 
virik jamoat binolari M.Usmonov rahbarligida ganch ymakorligi, 
Q.Haydarov va Fayzullayev rahbarligida yo och ymakorligi 
bilan bezatildi. 
zbeksirkustalari - Toshkenboyevlar, Zaripovlar, X jayevlar. 
Madaliyevlar va masxaraboz-qiziqchi Akrom Yusupov va boshqa-
larning chiqishlari, nafaqat zbekistonda. shuningdek, boshqa 
mamlakatlarda ham muvaffaqiyat qozondi va tomoshabinlarga 
manzur b ldi. 
Shunday qilib, Respublika madaniy-manaviy hayotida 1945-
1985— yillarda muayyan yutuqlarga erishildi. Xalq maorifi, oliy va 
ila maxsus ta'lim tarmo i, aholining umumiy savodxonlik darajasi 
sdi, mutaxassislar, ijodiy ziyolilar darajasi sezilarli yuksaldi. Fan, 
adabiyot. saiTat rivojlandi. llmiy, badiiy musiqa asarlari yaratildi, 
ma'naviy hayotda iste'dodli yoshlar rin olib bordi. 
3. Ma'na\iy hayot sohalaridagi mafkuraviy cheklashlar, 
byurokratik holatlarning ayj oldirilishi va uning oqibatlari 
Ikkinchi jahon urushidan keyingi zbekistonning ma'naviy-
madaniy hayotiga nazar tashlar ekanmiz, bunda hukmron tuzum 
siyosati va mafkurasining bosimi tobora kuchayib borganligiga amin 
b lamiz. Negaki, kommunistik mafkura jamiyat ma'naviy hayotini 
z domiga tortishga, fuqarolarning ongi, dunyoqarashini z 
oyalari, qarashlari ruhida tarkib toptirib borishga harakat etdi. Bu 
ta'lim va tarbiya tizimida, ilm-fan jabhasida yoxud adabiyot va san'atda 
birdek namoyon b ldi. 
Kompartiya va sovet hukumati zbekistonda g yo xalq ta'limi 
tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, uni jonli hayot, amaliyot 
bilan bo lash bahonasi bilan, haqiqatda, bu sohaning asl mazmun, 
mohiyatini mafkuraviylashtirish y Iini tutdi. sha davrda xalq ta'limi 
329 

tizimining hukmron Markaz inon-ixtiyorida b lganligini Moskvadan 
tayyorlab yuborilgan, quv jarayonining barcha b inlariga 
taalluqli dasturu standartlar, darsliklaru q Uanmalar va boshqa 
quv jihozlari ham t Iiq tasdiq etadi. Sovel mutasaddilari nima 
sababdan bu muhim sohani z ta'sirida ushlaganligi va bundan 
k zlagan maqsadlari ma'lum. Shu bois, Yurtboshimiz ta'kidlab 
tganidek, «Eski qolipda, mustabid davrda yozilgan darsliklardan 
foydalanib, eski mafkuradan xalos b lmasdan bolalarimizni yangicha 
fikrlashga rgatolmaymiz, axir». 
Ayniqsa, kadrlar tayyorlash sifati past edi. Prezidentimiz ta'biri 
bilan aytganda, k pchilik haqiqiy bilim olish yoki malaka orttirish 
maqsadidaemas, amal-taqal qilib diplomli b lib olish ilinjidaoliy 
quv yurtlariga, kirardi. 
Buning ustiga quv yurtlariga kirgan talabalar chinakam milliy 
ruhda chuqur bilim va tarbiya olish imkoniyatidan mahrum etilgandi. 
Negaki, bu ta'lim tizimi z mohiyat e'tibori bilan hukmron tuzum 
siyosati va mafkurasi bilan y rilgan edi. U davrda yaratilgan barcha 
quv dasturlari, ta'lim andozalari, q lanmalar, darsliklar va boshqa 
quv jihozlari mana shu ruhda tayyorlanardi. 
Markazda birguruh «bilog'on» mutaxassislar tayyorlagan, milliy 
hududlar, u yerda yashovchi odamlarning ziga xos xususiyatlari, 
milliy zliklari, hayotiy tajribalari, an'analarini mutlaqo inkoretgan 
quv dasturlari, ta'lim hujjatlari butun SSSRdagi maktablar, quv 
yurtlariga t ridan-t ri majbur etilardi. 
Shuningdek, quv yurtlarining quv rejalari va dasturlari turli 
sabablar orqasida 60-70— yillarda uch marta zgartirildi. Har safar 
qitiladigan fanlar yangilari hisobiga k payib, quv materiallari 
hajmi oshib bordi, talabalarning mustaqil qib, rganishlariga 
ajratiladigan vaqt esa tobora kamayib bordi. Talabalarning uzoq 
muddatli qishloq x jalik ishlariga surunkali jalb etilishi ham quv 
jarayoniga salbiy ta'sir k rsatmay qolmadi. 
quv yurtlarida tanish-bilishchilik, qarindosh-uru chilik, 
oshna-o aynigarchilik, porax rlik, tamagirlik singari xavfli illatlarning 
ildiz otishi hollari ham bu tizim obr siga jiddiy puturyetkazdi. Ayniqsa, 
bundan kadrlar tayyorlash sifati sezilarli zarar k rdi. 
Ayni cho da hukmron tuzum tazyiqi ilm-fan sohasini ham chetlab 
tmadi. Katta mamlakat va uning turli milliy hududlarida faoliyat 
330 
k rsatuvchi ilmiy muassasalar, ilmiy-tadqiqot institutlari, k p sonli 
iqtidorli, salohiyatli ilmiy kadrlarning inon-ixtiyori Moskva va uning 
keng tarmoq otgan ilmiy markazi tasarrufiga b ysundirilgandi. Bu 
kuchlar sobiq tuzum mutasaddilari buyurtmasini bajarib, k p 
zamonlar milliy respublikalarda ilmu fan ravnaqiga, uning zahmat-
kash fidoyilari mehnatining qadrlanishi, e'tirof topishiga t sqinlik 
qilardilar. Buning natijasida olimlarimizning k p yillik izlanishlari 
mahsuli b lgan qancha-qancha noyob kashfiyotlar, ixtirolar hayot 
yuzini k rmay, amaliyotga tatbiq etilmay qolaverdi. Buning ustiga, 
ilm-fanda katta kashfiyotlar qilgan, z maktabini yaratgan respubli-
kaning ne-ne mashhur allomalari ham sovet fanining bosh markazi 
- SSSR Fanlari Akademiyasi nazar-e'tiboridan chetdaqolaverdi. Sovet 
hukmronligining butun 70 yillik davri davomida sobiq SSSR FA 
tarkibiga O.Sodiqov, H.Abdullayev, S.Yunusov, E.Yusupov singari 
barmoq bilan sanarli zbek olimlarsosializmgina a'zo b lib 
saylanganligi fakti ham bunga jonli misol b la oladi. 
Hukmron sovet mafkurasi tazyiqi va iskanjasi ta'sirida respub-
likaning adabiy va madaniy jarayoni jabhasi ham chetda qolmagan, 
albatta. zbek adabiyoti zining buyuk istiqlol sari asta-sekin ilgarilab 
borishi davomida tez zgaruvchan tarixiy jarayonlarning kutilmagan 
ne-ne sinovlariga, hukmron tuzumning zarbalariga duch kelganligi 
shubhasiz. Shu nuqtayi nazardan zbek ijodkorlari faoliyatiga baho 
beradigan b lsak, s z san'atkorlari vaziyat taqozosi bilan hukmron 
tuzum siyosati va mafkurasi talablari va y l-y riqlarini bajarishga 
majbur etildilar. Shu bois, ular sinfiylik, partiyaviylikka, marksizm-
leninizm aqidalariga asoslangan holda ijod qildilar. Ijod erkinligining 
bunday cheklanganligi, tabiiyki, ijod ahlining emin-erkin faoliyat 
yuritishiga halaqit berar, k plab muhim ijtimoiy masalalarni 
haqqoniy, t laqonli yoritishdan mahrum etardi. Shunday tarzda ijod 
etish majburiyati k plab shoir-u adiblar uchun sha zamonda 
qismat b lgan. 
Hukmron tuzum mafkurasining kuchli bosimi san'at asarlari va 
ularning ijodkorlari faoliyatida ham yaqqol z ifodasini topmay 
qolmadi. 
X s/z, sovet davrida yaratilgan asarlarda qanday oyalar, tu-
shunchalar k proq rin olgan edi? 
331 

Agar bunga xolis javob beradigan b lsak, ularning k pchiligida 
sobiq tuzumni uiu lash, sotsialistik jamiyat afzalliklarini, uning 
«yangi zamon kishilari» uchun ochib bergan «mislsiz» imkoniyatlarini 
k klarga k tarib maqtash ohanglari «ufurib» turadi. Bu hol amaliy, 
lasviriy san'at yoxud monumental san'at asarlariga ham birdek xosdir. 
Chunonchi. sovet hokimiyati davrida zbckistonda yaratilgan 
mahobatli haykallarning asosiy qismi «Inqilob y lboshchisi» -
Leninga ba ishlanganligi aniq. Shuningdek, Lenin va kompartiya 
mavzularini keng rejada yoritish va ulu Iash respublikada ishlangan 
va ekranlarga chiqarilgan behisob kinofilmlarning bosh mazmuni, 
mohiyatini tashkil ctgani faktdir. Bunday filmlar sirasiga «Inqilob 
tongi», «InqiIob chavandozlari», «Y lchi yulduz», «Lenin y llan-
masi bi!an», «01ovli y Ilar» singari kino mahsulotlarini nisbat berish 
mumkin. Ularningbosh qahramonlari, «harakatlantiruvchi» kuchlari 
hamishagidek Lenin va uning yaqin safdoshlari, kompartiya rahna-
molari edi. Bordiyu bu asarlarga asosiy qahramon etib mahalliy 
inqilobchi yohud il or mehnat kishisi olingan taqdirda ham 
voqealarning sishi, rivoji davomida uning faoliyati «ulu o aIar» 
oyaviy-tarbiyaviy ta'sirida ularga qorishib, singishib, sezilarsiz holga 
kelib qolardi. Sovetlar mamlakatida shakllantirilgan qudratli mafku-
raviy vositalar - radio, televidenie, matbuot va boshqa ommaviy 
axborot kanallari t li icha hukmron tuzum minbariga aylantirilib, 
ular vositasida xalq ommasining ongi, tafakkuri va dunyoqarashini 
zabt etish uchun tom ma'noda informatsion kurash olib borilgan. 
Tuzurn mafkurachilari va maddohlarining zbek zaminida qilgan 
qabohati, qoldirgan asorati yana shunda namoyon b ladiki, ular 
xalqimizning ming yilliklar qa'riga borib tutashuvchi bebaho 
ma'naviy qadriyatlari, umrboqiy udumlari va an'analarini y q qilish, 
uning imoni, e'tiqodini sustlashtirish va barham toptirishga z r 
berib harakat qildilar. Bu bilan ular yurtimiz fuqarolarini hukmron 
tuzumning har qanday topshiri ini s zsiz, passiv, loqayd, manqurt 
kishilarga aylantirishga umid bo lagan edilar. Ayniqsa, bunday xatti-
harakatlar totalitar tuzum zining s nggi nafasini kechirayotgan 
80— yillarning ikkinchi yarmida avj oldirilgan. Ma'naviyatimiz 
dushmanlari hatto xalqimiz asrlardavomida e'zozlab, qadrlab kelgan 
milliy bayramimiz — «Navr z»ni ham tortib olish payida b ldilar. 
Shu maqsadda uni taqiqlash darajasiga borib yetdilar. Shunga qaramay, 
iymon-e'tiqodi but, buyuk ajdodlar udumlariga sodiq zbek xalqi 
332 
/ Navro"zini xoh oshkora, xoh pinxona b lsin, baholi qudrat 
mshonlash, u bilan bo liq xayrli marosimlarni tkazishda davom 
etdi va bu orqali yoru , dorilamon zamonlar kelishiga umidvorlik 
tuy usi bilan intiqib yashadi. 
Nihoyat, Mustaqillik davri kelib boshqa bebaho milliy qadriyat-
larimiz qatorida Navr zimiz ham z munosib maqomiga ega b ldi 
va xalqimizning eng sevimli bayrami sifatida tkaziladigan b ldi. 
Xullas, zbek xalqi totalitar tuzumning barcha makkorona 
nayranglari, zu umiga dosh berib, z boshiga tushgan o ir sinov-
sinoatlarni mardonavor yengib, oxir-oqibatda olib chiqdi. Uning 
tabiatan bardoshliligi, e'tiqodida sobitligi, ma'naviy, islomiy qadriyat-
iarga sodiqligi, tarixiy xotirasining butunligi, qolaversa, buyuk 
bobokalonlarimiz ma'naviy sarchashmalaridan t yinganligi — bular 
hukmron tuzum zolimlarining har qanday nayrang va urinishlaridan 
ustun keldi. 
Sinov savollari 
I. Sovetlarning «Madaniy inqilob» oyasining asl maqsad, muddaosi nimada 
edi? 
2. Ular zbekistonda xalq taMimini rivojlantirishga qanday nnqtayi nazardan 
yondashdilar? 
3. Respublikada Oliy va rta maxsus taMimni shakllantirish va rivojlantirish 
zaruriyatini qanday sabablar va omillar taqozo etgandi? 
4. Oliy ta'lim muammolari nimalarda aks etgan edi? 
5. zbekistonda ilm-fan rivoji qandaytarzda kechgan? 
6. 30— yillarda yetishib chiqqan taniqli olimlardan kimlarni bilasiz? 
7. zbekistonda «Hujum» harakatini tkazishdan k zlangan maqsad nima 
edi? 
8. 20— yillarda respublikada «Hujum» harakatini amalga oshirish uchun yetarli 
obyektiv va subyektiv sharoitlar bormidi? 
9. «Hujum» harakati qanday oqibatlarni yuzaga keltirdi? 
10. «Hujum» harakati zbek xotin-qizlari hayotiga qanday zgarishlar olib 
kirdi va qanaqa salbiy oqibatlarga sabab b ldi? 
II. Nima sababdan zbekistonda din va dindorlarga qarshi shiddatli kurash avj 
oldirildi? 
333 

12. 30— yillarda madaniy hayotda yuz bergan eng muhim voqealardan qaysi 
birlarini aytib bera olasiz? 
13. zbek adabiyoti va san'atining shakllanishi va rivojlanishi jarayoniga 
munosabatingiz? 
14. Mashhur adiblar va san'atkorlardan kimlarni bilasiz? 
15. Urushdan keyingi respublika ta'lim tizimining ahvoli qanday kechdi? 
16. Urushdan keyingi davrda zbekiston ilm-fanining rivoji va muammolari 
haqida taassurotlaringiz? 
17. zbek adabiyoti va san'ati riovjlanishining ziga xos murakkab, ziddiyatli 
jarayonlariga sizning munosabatingiz? 
18. Respublika ma'naviy hayoti jabhalariga Markazning z ravonlik siyosati va 
tazyiqi qanday tarzda kuchayib bordi? 
334 
XIII bob. MUSTABID SOVET TUZUMINING 
ZBEKISTONDAGI QATA ONCHILIK SIYOSATI VA 
UNING OQIBATLARI 
Tayanch s z va iboralar: Totalitar tizim. Milliy kuchlarni bo 'lish. 
«18-lar guruhi». «lno omovchilar». «Qosimovchilar». Ziyolilar qa-
ta oni. Diniy ta'qihlar. Qata onning yangi t lqini. fan va mada-
niyatga bosim. 
1. Sobiq Ittifoqda ma'muriy-buyruqbozlik, totalitar tizimning 
qaror topishi. Respublika huquqlari, manfaatlarining cheklanishi 
Totalitar rejiminiug qaror topishi. XX asrning 20 — yillari ikkinchi 
yarimlariga kelib sovetlar mamlakalining hokimiyat boshqaruv - idora 
tizimida ham keskin zgarish hollari yuz berib bordi. Partiya va davlat 
boshqaruvi murvatlarini z q li ostiga kiritib borgan I. V. Stalin asta -
sekinlik bilan zining yakka hokimligini butun choralar bilan qaror 
toptirish harakatida b ldi. Shu maqsadga erishish y lida u z atrofiga 
bir guruh hushomadg y, labbaychi rahbar kadrlarni t plab, ularni 
ishga solib, partiyaning k plab tajribali, inqilobiy kurashlar jarayonida 
toblangan, oyaviy va siyosiy jihatdan yetuk, nufuzli arboblarini 
obr sizlantirishga intildi. 20— yillarda atayin avj oldirilib, odatiy tusga 
kirgan «partiyaviy tozalashlar» bahonasida mamlakat hayotining u yoki 
bu muhim masalasida so lom, xolis fikr bildirgan kadrlar egallab turgan 
yuqori vazifalaridan chetlashtirildi. Stalin z y liga ov b lgan bunday 
muxolifatchi kuchlar, kadrlarni tor - mor yetish, z shaxsiy hoki-
miyati rejimini qaror toptirishda V.M.Molotov. K.E.Voroshilov, 
L.M.Kaganovich, L.P.Beriya singari maslakdoshu hamfikr safdoshlari 
xizmatidan ustamonlik bilan foydalandi. Mamlakatda yuz berayotgan 
barcha zgarishlar, yangilanishlar Stalin nomiga nisbat berildi. Hukmron 
Markaz mafkurasi bu nomni z r berib k klarga k tarib maqtash, 
madh qilishga y naltirildi. 
20— yillar oxirlariga kelib Stalin tomonidan yangi nazariy qarash 
sifatida ilgari surilgan «sotsializm mustahkamlanib borgan sari sinfiy 
dushman qarshiligi ham shunchalik kuchayib boradi», degan soxta oya 
butun mamlakat uchun halokatli oqibatlarga olib keldi. Stalin va uning 
yaqinlari mamlakat va partiya hayotiga oid harbir masalada z irodasi, 
hukmini boshqalarga tkazib bordilar. z davrida kompartiya va sovet 
335 

hokimiyati rahbariyatining zak — negizini tashkil etgan Trotskiy, 
Buxarin, Kamenov, Zinovyev, Rikov, Tomskiy singari taniqli 
arboblar shunday muxolifatchi guruh vakillari sifatida egallab turgan 
lavozimlaridan olinib, keyinchalik, qata on domiga duchor etildilar. 
Shu tariqa, sobiq Ittifoqda 1917— yildan boshlab shakllana 
boshlagan totalitar siyosiy rejim 20— yillarning oxiri 30— yillarning 
boshlarida t liq qarortopdi. Totalitar rejimning mazmun-mohiyati, 
belgilari quyidagilardan iborat: 
• k ppartiyaviylik tugatildi, bitta partiya (VKP(b)) butun 
mamlakatda yagona hukmron partiyaga aylandi, uning qarorlari, 
k rsatmalari barcha hokimiyat organlari tomonidan s zsiz bajarilishi 
majburiy b ldi; 
• davlat boshqaruvi markazdan, diktator tomonidan rmfmuriy-
buyruqbozlik tarzida amalga oshirildi, mahalliy hokimiyat organlari 
amalda q irchoq b lib qoldi; 
• ijtimoiy  m u n o s a b a t l a r siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy, 
jismoniy z rovonlik asosida tartibga solindi, xususiy mulkni 
milliylashtirish orqali shaxsning iqtisodiy erkinligi tugatildi, rejali 
iqtisodiyot qaror topdi; 
• oshkoralik, turli xil fikr bildirish, muxolifatchilik harakatlari 
qafiyan man etildi; 
• ommaviy axborot vositalari, ta'lim tizimi, ijodiy uyushmalar 
orqali tar ibol-tashviqot ishlari kuchaytirilib, aholi rasmiy (kom-
munistik) mafkura nuqtayi nazardan qayta ishlandi, ular ongiga 
mafkuraviy aqidalar singdirildi; 
• siyosiy qata on shaxsning ongi va xatti-harakatlarini nazorat 
ostiga olish, mavjud tuzumga nisbatan xayrixohlik, sodiqlik, q llab-
quvvatlash tuy usini singdirishning asosiy vositasiga aylandi; 
• rasmiy mafkuraga mos b lmagan barcha nashriy mahsulotlarni 
y q qilishga, intellektual va ijodiy faoliyatni b ishga y naltirilgan 
senzura organi faoliyat yuritdi; 
• siyosiy qata onni amalga oshirish uchun maxsus hokimiyat 
organlari, mehnat va axloq tuzatish lagerlari tarmo i tuzildi va faoliyat 
yuritdi, birga ishlovchi, q ni-q shnilardan kuzatuvchi, i vogar-
chaqimchilar yollandi, aholi q rquv ostiga olindi. 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   46


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling