Art Subject for Pre-K: Dance


Download 0.79 Mb.
Sana27.01.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1129669
Bog'liq
musiqa slayd 203

Maktabgacha tayyorlov guruhlarida musiqa mashg’ulotlarini o’tkazish

203 MT Matrizayeva Bonu, Yusupova Ro’za

Reja:


Olti yoshli bolalar tarbiyachilar topshiradigan vazifalarning mohiyatini tushunadilar, ko‘rsatmalarni mustaqil bajaradilar. O‘z xatti-harakat ini boshqarish ko‘nikmasi bolaning diqqatiga, xotirasiga, fikrlashiga ta’sir etadi. Bolalarda turli xarakterdagi musiqalarga nisbatan faol qiziqish va emotsional ta’sirchanlik o'sadi, musiqiy idroki rivojlanadi, qo‘shiqning qaysi qo'shiq ekanini kirish qismi yoki umumiy ohangidan bilib olishni o‘rganadilar. Musiqa taassurotlarini boyitish, musiqiy tovushlar baland-pastligi, ritm, tembri, dinamikasini ajrata olish qobiliyati rivojlanadi, turli shakllar, janrlar (marsh, raqs, alia) haqida tushunchaga ega bo‘ladilar. Tovushni to‘g‘ri hosil qilish, sof intonatsiya, musiqa ostida ritmik harakatlarning ifodaliligi, raqs va o‘yinlarda obrazli harakatlar, bolalar cholg‘u asboblarining tovush tembrlarini ajrata bilish, ijro etish kabi ijrochilik malakalari shakllanadi
Olti yoshli bolalar
Yetti yoshli bolalarning harakatlari birmuncha aniq va uyg'unlashgan bo‘ladi. Kuch, tezlik, chidamlilik va chaqqonlik kabi sifatlar ortadi. Xayolda «o‘ynab o‘tirish» ko‘nikmasi paydo bo‘ladi. Ayniqsa o‘g‘il bolalarda mustaqil harakat qilish faoliyati ortadi. Bu yoshdagi bolalar o‘z harakatlarini baholay oladilar. Kattalar bilan shaxsiy muloqot qilish va ishonchli munosabatlarga intilish kuchayadi. Maktabga tayyorlov guruhida bolalar turli faoliyatlarni bajaradilar, mashg‘ulotlar jarayonida aniq umumlashgan bilim va ko‘nikmaga ega bo‘ladilar. Eshitish qobiliyati takomillashadi. She’rni tinglash ko‘nikmasi shakllanadi, musiqaga emotsional qiziqishi ortadi, musiqa tinglash va musiqani ritmik his etish ko‘nikmasi mustahkamlanadi. 6—7 yoshda bolalar kuyni anglagan holda qo‘shiq kuylashadi va bolalar musiqa cholg‘u asboblarida ohanglarni eslab ijro etadilar.
Yetti yoshli bolalar
Bu guruhda musiqa mashg‘ulotlarini o‘tkazishdan maqsad va ko‘zda tutilgan vazifalar quyidagilardan iborat:
— musiqiy janrlarni ajrata bilishga, musiqa mazmunini tushunishga o‘rgatish;
— musiqaning kirish qismi, boshlanishi, yakuni, naqarot, tempi, dinamikasini farqlashga o‘rgatish; — qo'shiqni tabiiy, yengil, jarangdor, yoqimli ovozda kuylash. Musiqa jumlalari orasida yelkalami ko'tarmasdan nafas olish, so‘zlami aniq, ravon talaffuz qilish, qo‘shiqni barobar boshlab, barobar tugatishga o‘igatish;
— musiqaning turiicha xarakteri, dinamikasi va registrlariga mos ifodali hamda erkin harakat qilishga o‘rgatish;
— bolalami tantanavor, bayramona ritmda, shiddath va kichik qadamda yurish kabi harakatlami musiqa xarakteriga mos ravishda bajarishga o‘rgatish
— bolalaming cholg'ularda ijro etilgan kuy ohangiga qiziqishini kuchaytirish, turli cholg'ularda chalishning eng sodda usullarini o'rgatish. Ansambl va orkestrda kuyni aniq ifodalab ijro etish.
Tayyorlov guruhi uchun musiqa mashg'ulotining davomiyligi 30—35 daqiqadan iborat bo‘lgani ma’qul. Ya’ni:
— musiqiy-ritmik harakatlar — 10 daqiqani;
— tinglash — 4 daqiqani;
— musiqa savodi — 3 daqiqani;
— qo‘shiq kuylash — 10 daqiqani.
— o‘yin - 5 daqiqani tashkil etishi kerak

Dance!

Musiqiy-ritmik harakatlar


Tayyorlov guruhi uchun musiqa mashg‘ulotIarining taxminiy rejasi

Tinglash

Qo’shiq kuylash


Bog'imdagi gullarga,
Suvlar quyib turaman.
Sayroqi qushlar bilan,
Shirin suxbat quraman.
Shirin qizchaman.
Baxtni quchaman,
Shirin qizchaman.
Shirin qizchaman
Dunyoda hamma narsa,
Doimo go'zal bo'isin.
Istagim har bolaning,
Qalbi sevinchga to‘lsin.
Naqorat:
Naqorat:
-O'zim shirin qizchaman,
Misoli yulduzchaman.
Qo'shiq aytsam shodlanib,
Samolarga uchaman.
Shirin qizchaman, Shirin qizchaman.
Misoli gul g’unchaman
Sizga dilim ochaman
Quyosh bo’lib,oy bo’lib
Har yonga nur sochaman.
Naqorat:

“Kim chaqqon” o’yini


Doira shaklida aylanib raqsga tushiladi o’rtada 2 ta qiz qo’shiqqa mos holda rasga tushishi kerak
Qo’shiq tugagandan so’ng o’rtadagi 2 ta qiz darrov o’z stullariga o’tirib olishlari lozim.

Thanks


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling