Sumba qildim irg‘ayning o‘zagidan.
Bo‘yningdan tol chiviqday bir
min
ing yo‘q,
Sochingning chekkangdagi gajagingdan. [
O‘zbek xalq ijodi
1972,
166].
“
Oq olma, qizil olma” kitobini
nashrga tayyorlovchisi o‘lanlar
qismidagi havolada
mining so‘zini
o‘xshashing deb noto‘g‘ri
izohlangan. Bu o‘rinda
min so‘zi
kamchilik, nuqson ma’nolariga
ega.
Mun so‘zi
Samarqand regioni, Xatirchi, G‘allaorol, Koson
tumanlari aholisi (katta avlod) so‘zlashuv
tilida uchraydi, faqat
talaffuzda
u tovushi qisqa
i tarzida aytiladi:
min. Bu so‘z ham
shevalarda
kamchilik, nuqson kabi ma’nolarga ega.
Masalan, kishi
biror ya
ngi kiyim kiygan bo‘lsa, boshqalarga
ko‘rsatib
– Qanday? deb so‘rasa, –
Mini yo‘q, deb javob berishadi.
Shuningdek,
Min taqmoq,
Min topmoq (birovning kamchiligini,
nuqsonini topmoq) birikmalari ham uchraydi. Masalan:
Hadeb min taqib yotibdi. (Xatirchi)
Hamma narsadan min topivurma! (
G‘allaorol
)
Yoshlar oyna qarshisida uzoq turib qolganda,
kattalarning
“Muncha
miningga qarading, bor ishingni qil” deb koyiganini qayd
etganmiz (Koson).
Min so‘zi asosida yangi so‘z yasalishi ham bor:
minchi – ayb
topuvchi(Samarqand regioni).
DLTda
mun – kasallik, kamchilik deb izohlangan. Ammo
negadir bunga mos tushmagan misol keltirilgan
: mun kishi – toza
yurak odam. Shu o‘rinda Solih Mutalibovning qaydi bor: “Bu so‘zning
o‘zi kasallik, kamchilik deb izohlangani holda, misolda shu so‘z toza
yurak deb tarjima qilingan. Bundagi qarama-qarshilikka qaramay,
biz o‘zicha berdik” [Mahmud Koshg‘ariy 1963, 154].
Mahmud Koshg‘ariy
mun so‘zi lug‘at maqolasi
uchun yana
misol keltiradi: “Maqolda shunday kelgan:
jалïңуқ оғлï мунсуз
Do'stlaringiz bilan baham: