Article · May 022 citation reads 18 author


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/27
Sana20.09.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1683085
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Xalmuratov M Magistr

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual Kodeksi. 22.09.1994-yil. 
2.А.И.Макарин, Разделение функция и судебный контроль в публично-состязательном 
уголовном процессе. Российский судья. 2001. №5. С-35. 
3.Z.F.Inog‘omjonova Jinoyat protsessi. Umumiy qism. T.: 2002, b-110. 
ATROF- MUHIT MUHOFAZASI VA UNGA ETKAZILGAN ZARARLAR UCHUN 
JAVOBGARLIK MASALALARI 
Xalmuratov M.J. 
Annotatsiya: Atrof muhit muhofazasi. Atrof muhitga va tabiiy resurslarga bo`lgan ehtiyoj va 
unga etkazilgan zararlarning kelib chiqishi, tabiatdan foydalanish bo`yicha belgilangan qonun 
hujjatlari va yuzaga kelgan qonun buzilishlarida javobgarlik masalalari qisqacha bayon qilingan. 
Tayanch sozlar: Tabiiy resurslar. Ekologik xavfsizlik. Taksalar asosida zararni hisoblash. 
Huquqiy javobgarlik. 


374 
Asrlar davomida insoniyat tabiat qonuniyatlariga moslashib, o`zining turli ehtiyojlarini 
qondirish uchun tabiatdan foydalanib, unga ta'sir o`tkazib kelmoqda. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, 
jamiyat a'zolari ongining tobora takomillashishi, yangi mehnat qurollarining ixtiro etilishi o`z 
navbatida, insonning turli ehtiyojlarining rivojlanishiga olib keldi. Inson o`z ehtiyojlarini qondirish 
uchun tabiiy resurslardan foydalanib salbiy ta'sir ko`rsata boshladi. Jamiyat a'zolarining tabiatdan 
foydalanish bo`yicha ehtiyojlarining oshishi, tabiiy resurslardan foydalanish qurollari, ya'ni texnikaviy 
vositalarning takomillashishiga olib keldi. Bu holat o`z navbatida tabiatga jamiyat tomonidan 
bo`ladigan ta'sirlarning bir necha barobar ko`payishiga sabab bo`ldi. XIX asrning ikkinchi yarmi va 
XX asrlarda inson tafakkurining rivojlanishi ilm-fanning rivojlanishiga o`z navbatida insonning turli 
ehtiyojlarini qondirishga, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiyotini mustahkamlashga xizmat qildi. 
Albatta, yangi texnologik jarayon ish unumdorligi, iqtisodiy daromadni ko`paytirishi bilan bir 
qatorda tabiiy resurslarning holatiga salbiy ta'sirlarni oshirishga, shuningdek tabiat bilan jamiyat 
o`rtasidagi o`zaro muvozanatni buzilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham tabiat va jamiyat 
o`rtasidagi munosabatning shunday yo`lga qo`yilishi kerakki o`zaro ta'sirlar natijasida tabiiy resurs, 
ekologik tizimlar holati va aholining sog`ligi, hayoti va ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarining darajasiga 
bo`ladigan salbiy oqibatlarni iloji boricha kamayishiga olib kelinishi zarur. 
Bu borada har bir davlat tabiiy resurslariga jamiyatning salbiy ta`sirlarni oldini olish maqsadida 
tabiatdan foydalanishni tartibga solishda bir qancha qonun hujjatlarini va huquqiy javobgarlik 
choralarini belgilab qoygan. Shu qatorda O`zbekiston qonunchiligida ham yani Konstitutsiyaning 55-
moddasida «Yer, yer osti boyliklari, suv, o`simlik, hayvonot dunyosi hamda boshqa tábiiy zaxiralar 
umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir»[1] deb 
belgilab qo`yilgan. O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 9-apreldagi «Tabiatni muhofaza qilish 
to`g`risidagi qonuni» va 2002 yil 13- dekabrdagi «Yer osti boyliklari to`g`risidagi qonuni» har bir 
shaxsning qulay atrof-muhitga bo`lgan huquqlari va ekologik huquqbuzalik natiyjasida unga 
etkazilgan salomatligiga, mulkiga bolgan zararlarni bartaraf etilishini kafolatlaydi. Atrof tabiiy 
muhitga yetkazilgan zararni undirishning asoslaridan biri bo`lib qonunga qarshi ravishda yetkazilgan 
zararni undirish mumkinligi hisoblanadi. Bu qoidaning negizi tabiiy resurslardan har qanday 
foydalanishda atrof muhitga ma'lum darajada salbiy ta'sir ko`rsatilishidan iborat, chunki hozirgi 
zamonaviy sharoitda chiqindisiz, ekologik jihatdan sof toza texnologiya mavjud emas va tabiiy 
resurslardan foydalanmasdan turib ishlab chiqarishni rivojlantirib bo`lmaydi. Shuning uchun iqtisod 
va ijtimoiy sohani rivojlantirish maqsadida insoniyat tabiiy resurslarni oqilona ravishda o`zlashtirishi 
zarur. Ayni vaqtda atrof tabiiy muhitga jiddiy salbiy ta'sir ko`rsatishning oldini olish maqsadida qonun 
hujjatlarida unga zararli ta'sir ko`rsatishning yo`l qo`yiladigan doiralari belgilanadi. Ushbu doiralar 
har bir tabiiy resurs bo`yicha alohida belgilanadi. Masalan, atmosfera havosiga chiqariladigan zararli 
moddalar va biologik oragnizmlar uchun yo`l qo`yiladigan miqdorlari orqali havoning inson 
salomatligiga va tabiiy muhitga zarar ko`rsatmaydigan sifati ta'minlanadi.
Ekologiya sohasidagi qonun buzilish holati yuzaga kelsa, tabiatga etkazilgan zararlar miqdori 
aniqlanishi lozim. Bunda ekologik zarar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 
27-iyuldagi qarori bilan belgilangan taksalar asosida, yoki tabiiy muhitni tiklash uchun harajatlar 
inobatga olinadi. Shundan kelib chiqqan holda, shuni aytish mumkinki, atrof tabiiy muhitga faqat 
qonunga qarshi, aybli harakat yoki harakatsizlik natijasida yetkazilgan zarar huquqiy javobgarlikka 
asos bo`ladi.[2] 
Bu o`z nabvatida intizomiy, ma`muriy, jinoyiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Atrof tabiiy-
muhitga etkazilgan zarar og`ir oqibatlarga olib keladigan bolsa bu jinoiy javobgarlikka olib keladi. 
Ekologiya sohasidagi jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi shunda ularning sodir etilishi oqibatida 
inson salomatligiga, atmosfera havosiga, yer, yer ostiga, suv, o`rmon, o`simlik va hayvonot dunyosiga, 
genetik fondga, tabiiy lanshaftlarga zarar etkazish xavfi vujudga keladi.
O`zbekiston Respublikasining jinoyat kodeksi to`rtinchi bo`lim, on to`rtinchi bob «Atrof 
muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar» deb nomlanib unda nazarda 
tutilgan, insonning hayotini tabiiy muhitda saqlab turishga, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga, 
aholining ekologik xavfsizligini ta`minlovchi ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiluvchi ijtimoiy xavfli 
qilmish hisoblanadi.
Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlarida uning asosiy printsiplari sifatida 
quydagilar ko`rsatiladi: insonning yashashi uchun yaqshi sharoitni ta`minlash, insonning atrof-muhitga 
bo`lgan huquqini ta`minlash, atrof muhitni barqaror rivojlanishini ta`minlash, jamiyat va davlatning 
ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishi borasidagi faoliyatida, ekologik xavfsizlikni ta`minlash, tabiiy 
resurslardan oqilona foydalanish hisoblanadi. Bu borada davlat hokimiyati organlarining yaqshi atrof 


375 
muhit va ekologik xavfsizlikni ta`minlashdagi javobgarligi, xo`jalik va boshqa faoliyatni amalga 
oshirish bo`yicha qaror qabul qilishda ekologik xavfsizlikni qoidalariga amal qilishni majburiyligi 
kabi printsiplar jinoyat qonunchiligida ekologiya sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarligda ham 
nazarda tutilgan. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling