Article · November 020 doi: 10. 26739/2181-9297-2020-si-4-9 citations reads 964 author


СЎЗ САНЪАТИ ХАЛҚАРО ЖУРНАЛИ | МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА | INTERNATIONAL JOURNAL OF WORD ART


Download 49.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana28.10.2023
Hajmi49.09 Kb.
#1731216
1   2   3   4
Bog'liq
BoltaboyevaU (1)

СЎЗ САНЪАТИ ХАЛҚАРО ЖУРНАЛИ | МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА | INTERNATIONAL JOURNAL OF WORD ART
№SI-4 | 2020
46 
13. ”Musiqa sozlari payrovi”. 
XX-asrda askiya va qiziqchilikni rivojlantirib sahna san’ati darajasiga etkazgan ustoz 
san’atkor mashxur so’z ustasi Yusufjon qiziq Shakarjonov, Ijroqo’m buva, G’oyib ota Toshmatov, 
Abdulxay maxzum Qozoqov, Zaynobiddin qiziq, Oxunjon qiziq, Yangiqo’rg’onlik Rasulqori 
Mamadaliyev, Usta Qurbon ota, Uchko’priklik Nasriddin buva, Pirtakiy Odil eshon. Obil buva, 
Meliqo’zi buva kabi askiyachilarni ulkan xizmatlari bor. Keyinchalik ushbu an’analarni davom 
ettirgan ustoz askiyachilar Muxiddin qiziq Darvishev, Akramjon Yusupov, O’ktamjon aka, 
Qo’qonlik Yo’ldoshxon Nosirov, Ne’matjon Toshmatov, Jo’raxon Po’latov, G’iyosiddin akalar 
bo’ldilar. 
Xozirda Farg’ona vodiysida ustoz san’atkor mashxur askiyachi va qiziqchi, O’zbekistonda 
xizmat ko’rsatgan artist Jo’raxon aka Po’latov raxbarligida Qo’qon askiyachilari o’z faoliyatlarini 
olib bormoqdalar. Uchko’prik tumani madaniyat va axoli dam olish markazida tashkil topgan, 
Muxiddin Darvishev nomidagi “Xangoma Xalq kulgu teatri” Faoliyat olib bormoqda. Kulgu teatri 
raxbari ustoz san’atkor qiziqchi, askiyachi, so’z ustasi Baxodirjon Shokirovdir. Teatr qatnashchilari: 
Mansurjon Oxunov, Sodiqjon Xasanov, Solijon Inoyatov, Maxmudjon Ismoilov xamda bir necha 
yoshlar o’z repurtuarlari, ichak uzdi askiyalari turli teatrlashtirilgan tomoshalari bilan Respublika 
miqyosidagi bayram va tadbirlarda qatnashib kelmoqda. Qo’qonda, Marg’ilonda, Xonabodda, 
Qorasuvda, Uchko’prikda, Yangiqo’rg’onda askiyachilar guruxi, jamoasi tashkil topgan. Barcha 
gurux va jamoalar ustozlar qoldirgan meroslarni, askiyachilik maktablarini kelajak avlodlarimizga 
etkazishga o’zlarining ulkan xissasini qo’shmoqdalar. 
O’zbek Xalq milliy tomoshalari (dorbozlik, polvonlik, masharabozlik, morbozlik, 
ko’zboylash) kabi san’t turlari O’zbekistonni, O’rta Osiyoning barcha hududlarida keng tarqalgan 
va rivojlangan san’at turidir. Farg’ona vodiysida xam Xalq o’yinlari bilan faoliyat ko’rsatadigan 
guruxlar mavjud.
Farg’ona, Andijon, Namangan, Qo’qonda, Bog’dod tumani, Buvayda tumani, Farg’ona 
tumani vaholangki Respublikamizning juda ko’p shahar va tumanlarida milliy Xalq tomoshalari 
guruxlari bor. 
Farg’ona tumani Vodil shaharchasida uzoq yillardan beri faoliyat ko’rsatib kelayotgan “Vodil 
chinori” oilaviy jamoasi xaqida so’z yuritamiz. Jamoa raxbari 1949-yilda Farg’ona viloyati, 
Farg’ona tumani Vodil qishlog’ida tavallud topgan, ustoz va murabbiy Tursunali Mamajonovdir. 
Oilaviy jamoa 1975-yilda tashkil topgan. Xozigi kunda jamoada umr yo’ldoshi Gulchexra 
Mamajonova, farzandlari Ravshanbek, Shavkatjon, Baxodirjon, Baxtiyorjonlar, nabiralari 
Sardorbek, Suxrobbek va yana ko’plab nabiralari faoliyat olib borishmoqda Milliy tomoshalar 
dorbozlik, polvonlik, morbozlik, xuqqabozlik, masharabozlik, fokus, illyuziya, ko’zboylag’ich kabi 
o’yinlari bilan omma o’rtasida shuxrat qozongan. Bunday xalq o’yinlari, milliy tomoshalar ochiq 
maydonda o’tkazilishi bilan boshqa san’at janrlaridan farq qiladi. Tursunali aka Shoximardonlik 
mashxur polvon vodiydagi barcha polvon va dorbozlarni ustozi Lochin polvonni birinchi 
shogirdlaridan. U ustozidan polvonlik, dorbozlik, milliy an’anaviy cholg’ulardan: karnay, surnay, 
nog’ora, dol chalishni o’rgandi. Yana bir axamiyatli narsa shundan iborat ediki, tomosha vaqtida 
albatta so’z san’ati, notiqlik san’ati kerak edi. Tursunali aka ustozi yordamida mashxur so’z ustasi, 
notiq va davralarda tomoshalarni moxirlik bilan boqarish sir asrorlarini mukammal egalladi. U o’z 
chiqishlari, tomosha ko’rsatish jarayonida buyuk shoirlarimiz: Alisher Navoiy, Abduraxmon Jomiy, 
Bobur, Mashrab g’azallaridan, Zamondosh shoirlarimiz: Rauf Parfi, Chorshamb Ro’ziyev, 
Muxammad Yusuf, Yo’ldosh Eshbek, Baxodir Iso, G’ulom Fatxiddin, Siddiq Mo’min, A’zam 
Ismoilllarning g’azallari, she’rlaridan namunalar o’qib Xalqimiz ongiga yaxshilik, ezgulik, yurtga – 
ona vatanga mexr muxabbat kabi tuyg’ularni o’rnatadi. Xalqimiz azal - azaldan o’g’il farzand 
ko’rsa albatta katta bo’lsa polvon bo’ladi, ona yurtimizni himoya qiladi, Vatanimiz posboni 
bo’ladi,- deb yaxshi niyat qiladi. Vaholangki, biz va bizni zurriyodlarimiz, buyuk bobokalonlarimiz 
Soxibqiron Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Bobur, Alpomish, Go’ro’g’lilarni izdoshlari, 
avlodlaridir. 

Download 49.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling