Article · November 020 doi: 10. 26739/2181-9297-2020-si-4-9 citations reads 964 author
Download 49.09 Kb. Pdf ko'rish
|
BoltaboyevaU (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- ВЗГЛЯД НА ИСКУССТВО АСКИЯ АННОТАЦИЯ
- Ключевые слова
- СЎЗ САНЪАТИ ХАЛҚАРО ЖУРНАЛИ | МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА | INTERNATIONAL JOURNAL OF WORD ART №SI-4 | 2020 45 Keywords
Умидахон Болтабоева
Ферганский региональный филиал государственного института искусства и культуры Узбекистана boltaboyeva.umidaxon19@gmail.com ВЗГЛЯД НА ИСКУССТВО АСКИЯ АННОТАЦИЯ Эта статья посвящена искусству аския, которое является одним из образцов фольклора. Исторические памятники, древние письменные произведения, археологические раскопки свидетельствуют о древности узбекского фольклора и национального искусства. Начало любого жанра искусства - плод фольклора. Ключевые слова: фольклор, аския, миф, легенда, эпос. Umidakhon Boltaboyeva boltaboyeva.umidaxon19@gmail.com Fergana regional branch of Uzbekistan state institute of arts and culture A LOOK AT ART OF ASKIA ABSTRACT This article is about the art of askiya, which is one of the examples of folklore. Historical monuments, ancient written works, archeological excavations testify to the antiquity of the Uzbek folklore and national art. The beginning of every art genre is the product of folklore. СЎЗ САНЪАТИ ХАЛҚАРО ЖУРНАЛИ | МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА | INTERNATIONAL JOURNAL OF WORD ART №SI-4 | 2020 45 Keywords: folklore, askiya, myth, legend, epic. San’atimizning eng qadimiy manbalari folklorshunoslik xalq og’zaki ijodi, ya’ni folklor qo’shiqlar, allalar, yallalar, mehnat va marosim qo’shiqlari, maqollar, matallar, ertak, afsona, mif, asotir, rivoyatlar, doston, o’lanlar asosida tarkib topgan, bunga misol tariqasida qadimgi davr folklori, marosim folklori, bolalar folklori, xalq lirikasi, folklor va yozma adabiyot, o’zbek xalqining epik janrlari tizimi, xalq dostonchiligi, dostonchilik maktablari, ularni epik an’analari, turkiy xalqlar folklorini o’zaro aloqalari, og’zaki teatr va xalq tomosha san’ati, og’zaki, an’anaviy xalq qo’shiqlari, musiqalari, barcha voha va hududlarga xos raqs san’atlarini alohida tilga olishimiz mumkin. Qadiv-qadim zamonlardan folklor asarlari namunalarini laparchilar, o’lanchilar, askiyachi va qiziqchilar, qo’g’irchoqbozlar, roviylar, maddox va ertakchilar, baxshilar, dostonchilar, qo’shnochlar Xalq o’rtasida ijro etishgan va targ’ib qilishgan. Ushbu ijrochilar asrlar davomida xalq og’zaki ijodini rivojlantirgan va mukkammal xolatga keltirgan desak mubolag’a bo’lmaydi. Folklor atamasining o’zi nima ushbu atama qanday ma’noni anglatadi degan savol tug’iladi. Bu savolga javob shunday: folklor atamasini birinchi bor 1803-1885 yillarda yashab o’tgan ingliz olimi Vilьyam Toms o’zining “THE FOJKLORE” maqolasida izoh berib o’tgan. Ya’ni “FOJK”-bu Xalq, JORE-bilim, donishmandlik ma’nosini anglatadi. Demak, “FOLKJORE”- xalq donoligi, xalq donishmandligidir. O’zbek folklorshunoslari va olimlari yillar davomida xalq og’zaki ijodiga oid bir necha yuzlab asarlarni bizga yozib qoldirganlar. Bulardan G’ozi olim Yunusov, Xodi Zarif, Abdulla Alaviy, Yunus Rajabiylar qadimgi xalq og’zaki ijodi namunalari, folklor asarlar, qo’shiq laparlarni, ko’plab asarlarni jamlab kitoblar, risolalar, qo’llanmalar shaklida nashr ettirganlar.O’zbek folklor asarlari, xalq og’zaki ijodi namunalarini, to’plab, milliy urf odatlar va udumlarni o’ziga xos uslublarini o’zining ko’plab asarlari, risolalari, qo’llanma va maqolalarida keng yoritgan folklorshunos olima Muzayyana Alaviya juda ko’plab ijodiy ishlarni amalga oshirgan.U barcha hududlarga borib o’sha joyning og’zaki ijodi namunalari, qo’shiq, kuy, laparlari, marosim qo’shiqlari, o’lan, yor- yorlari, afsona, rivoyat, ertaklari, joylardagi baxshilar, doston ijrochilaridan xalq dostonlari va termalarini yozib olgan. Olimaning “O’zbek xalq qo’shiqlari” (1955), “Yangi qo’shiqlar” (1959), “O’zbek folkloridan namunalar” (1955),” Oq olma, qizil olma” (1979),” Xalq qo’shiqlari” (1983) va yana ko’plab asarlari fikrimizning yaqqol dalilidir. Askiya asosan Farg’ona vodiysi va Respublikamizning barcha hududlarida ijro etiladigan san’atimizning bebaxo boyligidir. Republika miqyosidagi barcha bayramlar, tadbirlar, to’y xashamlar askiya va qiziqchi askiyachilarsiz o’tmaydi. Askiyaning asl ma’nosi arabcha so’zdan olingan bo’lib, “azkiyo”- o’tkir zexnli, bilimli, zukko, xozirjavob degan ma’nolarni anglatadi. Askiya Farg’ona, Andijon, Qo’qon, Marg’ilon, Namangan va Toshkent viloyatlarida keng tarqalgan, rivojlangan. Har bir askiyada payrov bo’lib, ya’ni bir usulni, mavzuni, fikr va so’zni yaxlit ma’nosini boshdan oxirigacha ochib beradi. Askiyachilar payrovdan chiqmay bir uslubda askiya qilishadi. Qadimdan ustoz san’atkor askiyachilar yaratgan va ijro etgan milliy an’anaviy askiya payrovlari bor: 1. ”Gulmisiz, rayhonmisiz, jambilmisiz”. 2. ”O’xshatdim”. 3. ”Afsona”. 4. ”Ashula yoki qo’shiq payrovi” 5. ”Dexqonchilik payrovi”. 6. ”Bog’bonchilik payrovi”. 7. ”Gul payrovi”. 8. ”Qush payrovi”. 9. ”Laqablar payrovi”. 10. ”Bedana payrovi”. 11. ”Kino payrovi”. 12. ”Kasb payrovi”. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling