Artistic interpretation of the image of a historical person
Download 48 Kb.
|
M.Yusupova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keywords
- Ключевые слова
- Kalit so‘zlar
- Foydalanilgan adabiyotlar
ARTISTIC INTERPRETATION OF THE IMAGE OF A HISTORICAL PERSON (On the example of Navoi’s image) ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРАЗА ИСТОРИКА (На примере образа Навои) TARIXIY SHAXS OBRAZINING BADIIY TALQINI (Navoiy obrazi misolida) Madinaxon Yusupova Egamberdi qizi Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti tel: (91) 129 39 22 yusupova92@gmail.com ABSTRACT: In this article, Omon Mukhtor, a writer of the image of a historical figure-Navoi, in the novel-dilogy "Navoi and the artist Abulkhair", artistically interprets the concept as both a historical figure and a creative person. Keywords: image, image of Navoi, artist, novel-dilogy. АННОТАЦИЯ: В данной статье Омон Мухтор, писатель образа исторической личности-Навои в романе-дилогии «Навои и художник Абулхаир», художественно интерпретирует концепт как историческую фигуру и как творческую личность. Ключевые слова: образ, образ Навои, художник, роман-дилогия. ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada tarixiy shaxs - Navoiy obrazini yozuvchi Omon Muxtor “Navoiy va rassom Abulxayr” roman-dilogiyasida ham tarixiy shaxs ham ijodkor shaxs sifatida anglash badiiy talqin etiladi. Kalit so‘zlar: obraz, Navoiy obrazi, rassom, roman-dilogiya Navoiyni anglash, uni tafakkur olamiga sizib kirish bu ulkan bilim, kuch va izlanish talab etadigan jarayon. Bu jarayon bizga Oybek, L.Bat, M.Osim ijodi orqali ma’lumdirko‘nglim to‘lmadi. Bularning aksarida u tirik odamdan ko‘ra ko‘proq devordagi. Navoiy obrazi Oybek, Lidiya Bat hamda Mirkarim Osim ijodida tarixiy shaxs sifatida gavdalangan bo‘lsa, yozuvchi Omon Muxtor tomonidan “Navoiy va rassom Abulxayr” romanining yozilishi Navoiyni bilish, buyuk bu daho insonni idrok eta olish uchun yangicha yo‘nalish bo‘ldi. Buni asardagi hikoyachi qahramon rassom Abulxayrning: “Navoiy to‘g‘risida yuzlab kitoblar yozilgan. Ammo suratga o‘xshaydi”, degan so‘zlaridan ham bilish mumkin. Mana shu so‘zlarning o‘ziyoq muallifning g‘oyaviy niyatini ochib berishga xizmat qiladi. Ya’niki,Navoiyning surati emas,siyratini bilish, u yashayotgan voqelikdagi “men”ni anglash muhimdir. Shu nuqtai nazardan Omon Muxtor bu ulug‘ yo‘ldan borishda o‘zining ijodiy niyatini yangicha bayon usuli va tasvir vositalari orqali ochib berishga kirishdi. Roman-dilogiyaning tahliliga kirishar ekanmiz, professor Y.Solijonov ta'kidlaganidek, biografik metod tomondan yondoshish maqsadga muvofiqdir. Chunki asarda ikkita shaxsning biografiyasi, birinchisi Navoiy(qahramon, obyekt), ikkinchisi rassom Abulxayr biografiyasi. Ikkisi ham san’atkor, biri so‘z san’atkori, ikkinchisi rang-tasvir san’atkori. Ikkisi ham obraz yaratish uchun o ‘ylaydi, tafakkur qiladi, fikr yuritadi. “Ishq ahli” asarida Navoiy ijodini o‘rganib tahlil qilish orqali rassom Abulxayr uning avtoportretini yaratishga, jismoniy qiyofasini ham belgilashga urinadi. Buning pirovardida u Navoiy shaxsiga ham ma’nan, ham qalban yaqinlashib boradi. Uning o‘y-fikrlari asar davomida yanada sayqallashib, o‘sibunib boradi. Navoiyning “men”i insonparvarlik bilan sug‘orilganligini mamlakat podshosi bilan bir o‘rinda ta’riflaydi: “ Xuroson taxtini ikki kishi yoshlikdan qo‘lga kiritishni orzu qilgan va taxtni egallagach ikkov birga saltanatni boshqargan edi: Kuchi, Jasorati bilan -Husayn! Aqli, Zakovati bilan- Alisher!”[1,7]. Alisher vafot etgan kuni Husaynning ham asosan, HUKMI tugaydi!” Demak, yurtni bir qilib turgan Alisher edi, uning aql-u zakovati edi. Bu asar buyuk inson Navoiy haqida yozilgan bo‘lib,asar farqli ravishda rassom san’atkorning o‘zgacha nigohi, ichki “men”idagi o‘y-fikrlari, ruhiy kechinmalari orqali novatirona yondashuv bilan yozilgan. “Aslida ish hali boshlangani yo‘q(xayolim pishsin deb faqat tun-kun daftar qoralayapman)”. Men hamon Navoiy hayotining qaysi paytini qanday tasvirlash bobida qo‘nim topmadim”, deya ikkilanishlar bilan, chuqur tafakkur qurshovida qoladi hikoyachi qahramon. Navoiyning bolalik olamini do‘sti Husayn Boyqaro bilan munosabatlari xotirasi misolida tasvirlash barobarida ijodkorga xos ruhiy olam kamoli asosini anglashga urinadi.Bu urinishlar roman qismlariaro o‘sib-unib, fikrlar salmog‘i ortib boradi. “Shaxs katta bo‘lgani sayin bir xil holatdan KO‘P HOLATLARga qarab boraveradi. Goh ichki, goho ichki va tashqi holat qaramaqarshiligi(ZIDDIYAT) Insonning Buyukligini belgilaydi... Alisherning “muloyim”ligi (“xafaqon”ligi) yashirin tug‘yonlar (boy, rangin Holat) oldida tortilib turgan pardadir. Menga rassomlar hali parda orqasiga” o‘tmagandek tuyuladi”[1,154]. Asarda Navoiyning, buyuk dahoning “men”ini ochib berish uchun goh bolalikdan, goh keksalikda so‘zlayotgan rassom Abulxayr Alisherning to‘rt yoki besh yoshidagi holati aks etgan misralar keltirish orqali Navoiydek buyuk zotning ma’naviy olami juda murg‘akligidanoq yuksak pog‘onada bo‘lganligini bilgan hikoyachi qahramon o‘qib-o‘rganish hamisha yaxshi ekanligi, yoshlikdagi olingan bilimlar keyingi bilimlarning asosi ekanligini teranroq anglaydi. Xulosa qilib aytganda, Navoiyning hayoti va ijodiy yo‘li xususida o‘ziga xos ma’lumotlar berish asarlaridan tarjimai holiga oid fakt va detallarni izlab topish hamda ular ustida ham badiiy, ham ilmiy mulohaza yurish romanning asosiy g‘oyaviy-estetik mohiyatini tashkil etadi. Roman-dilogiya Navoiy obrazining ham tarixiy shaxs, ham ijodkor shaxs sifatida gavdalanishi bilan ham ahamiyatlidir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Muxtor O. Navoiy va rassom Abulxayr._Toshkent: Sharq.2006. 2. Solijonov Y. Navoiyni anglash baxti //Buxoro mavjlari.2011.№ 3. 3. Bat Lidiya. Hayot bo‘stoni. - Toshkent. 1968. 4. Sаrimsоqоv B. Bаdiiylik аsоslаri vа mеzоnlаri. – Tоshkеnt: 2004. -B. 82 Download 48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling