Aruz doirasi haqida ma’lumot


Download 39.12 Kb.
bet5/6
Sana15.02.2023
Hajmi39.12 Kb.
#1201624
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Aruz doirasi haqida ma

Zihoflar
"MUXTASAR" — Zahiriddin Muhammad Boburning aruz vazni nazariyasi haqidagi asari (taxminan 1525—1523). Manbalarda "Mufassal", "Risolayi aruz" deb ham yuritiladi. Unda aruz vaznidagi barcha yutuq va kamchiliklar koʻrsatilgan. Bobur aruzning baʼzi noaniq masalalariga aniqlik kiritdi va uni yangi fikrlar bilan boyitdi, oʻzbek, arab, fors aruzlarini bir-biri bilan qiyoslab, aruz vaznining 248 turini aniqladi.
Bobur aruzda zihoflar sonini 46 taga yetkazdi. U taqteʼ bobida eski oʻzbek tili fonetik meʼyorlari asosida Navoiyning "Mezon ul-avzon"ida ishlab chiqilgan aruzning qonun-qoidalarini tizimga solib, baʼzi bahrlar orasida oʻxshashliklar topdi. Asarda qoʻshiqlarning tarxoniy, turkiy, oʻlang, shuningdek, tuyuq va uning rang-barang turlari haqida yangi fikrlar aytilgan. Bobur bu asari bilan oʻzbek sheʼriyatida qoʻllanadigan aruz bahrlarining koʻp yangi vazn, zihof va farʼlarini aniqladi. "Mezon ul-avzon"da ruknlar toʻliq berilgan. Ularning sonini aniqlashda talaffuz hisobga olingan. "Mezon ul-avzon" vaznlarning koʻpligi va ularga berilgan izohlarning aniqligi bilan boshqa asarlardan ajralib turadi. Risolaning kotib Hoji Muhammad Samarqandiy koʻchirgan (1533—1534) yagona qoʻlyozmasi Parij Milliy kutubxonasida saqlanmoqda.
Xalqimizning ulug‘ farzandi, shoir va olim, atoqli davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) go‘zal g‘azal va ruboiylar, “Boburnoma”, “Mubayyin” nomli fiqhga doir she’riy qo‘llanma hamda tarjimalardan tashqari, ilmiy asarlar ham yaratgan. Uning harb ishi va musiqaga oid asarlari hozircha topilmagan yoki bizgacha yetib kelmagan. Boburning turkiy aruzga bag‘ishlab yozgan ilmiy asari o‘zbek she’riyati nazariyasini o‘rganishda muhim o‘rin tutadi. Bu risola Alisher Navoiyning “Mezonul-avzon”idan keyin o‘zbek aruzi haqida bitilgan ikkinchi yirik asar hisoblanadi.
Aruz ilmi VIII asrda shakllangan bo‘lib, arab adibi Xalil ibn Ahmad uning asoschisidir. Mutaxassislarning fikriga qaraganda, mazkur vazn turkiy adabiyotlar, jumladan, o‘zbek she’riyatida taxminan IX asrdan beri qo‘llanib keladi. Movarounnahrda aruzshunoslar ro‘yxatining boshida Abu Nasr Forobiy turadi. Abu Rayhon Beruniy ham aruz bilan tanish bo‘lgan. Bu haqda u o‘zining mashhur “Hindiston” asarida yozadi: “Hindlar kitoblarining rajaz vazni kabi vaznlar bilan o‘lchanganligini aytib o‘tdik. Ko‘proq kitoblari… shlo‘ka deb ataladigan vaznda bo‘ladi”.
Ma’lumki, mumtoz adabiyotimizda faqat bitta vazn – aruz vazni qo‘llangan. Xalq og‘zaki ijodida esa asosan barmoq (hijo) vazni ishlatilgan bo‘lib, aruzdan kam foydalanilgan. Adabiyotimizda aruzning bu qadar uzoq davr mobaynida saqlanib qolishi va rivojlanishi sabablarini A.Rustamov quyidagicha izohlaydi: “… Turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tili fonetik xususiyatlari hijo vaznidan ham, aruz vaznidan ham foydalanish uchun mosdir. Hatto aruzdan turkiy tillarda unlilarning cho‘ziq- qisqaligi ma’noga ta’sir qilmaganligi sababli arab nazmiga nisbatan turkiy nazmda qulayroq foydalaniladi. Shuni ham aytish kerakki, qadimgi turk she’rlaridayoq vaznda bo‘g‘inlarning ochiq-yopiqligiga rioya qilish hollari uchrab turadi. Bu esa aruz vazni prinsiplaridan biridir. O‘zbek mumtoz adabiyotida aruz vaznining rivojlanish sabablari ham mana shulardir”. E.Umarov ham aruzning eski o‘zbek tili uchun mosligini o‘zbek tilida unli tovushlarning uzun-qisqaligi mavjudligi bilan tushuntiradi.
She’riyatimizda XX asrning 20-yillaridan e’tiboran barmoq vazni yetakchilik qilayotgan bo‘lsa-da, bir qator shoirlar (Masalan, Habibiy, E.Vohidov va b.) aruzda ham yozdilar. She’riy merosimizni o‘rganishda mazkur vaznni bilishning ahamiyati katta. Shuning uchun ham adabiyot nazariyasiga oid asarlarda aruz vazniga tegishli o‘rin ajratilmoqda, tadqiqot ishlari olib borilmoqda. (Masalan, Izzat Sultonning “Adabiyot nazariyasi”, 1980; T.Boboyevning “Adabiyotshunoslik asoslari”, 2000; D.Quronovning “Adabiyotshunoslikka kirish”, 2004; U.To‘ychiyev va E.Talabovning shu mavzudagi doktorlik dissertatsiyalari va b.)
Yuqorida aytganimizdek, Bobur aruzga bag‘ishlab risola yaratgan, biroq u yo‘qolgan deb hisoblanar edi. Lekin 1923 yilda turk olimi Muhammad Fuad Ko‘pruluzoda Parij Milliy kutubxonasida aruzga oid bir qo‘lyozma topadi. Nomi va muallifi noma’lum bo‘lgan 172 varaq (344 bet) dan iborat mazkur qo‘lyozmani o‘rganib chiqqach, olim bir qator dalillar asosida uning Bobur qalamiga mansub ekanligini aniqlaydi.
Risolada vaznlarni ko‘rsatish uchun misol tariqasida keltirilgan she’rlarning muallifi haqida bunday deyiladi: “…andoq iltizom qilindikim, jami’ musta’amal vaznlarg‘a ham forsiy va ham turkiy bayt kelturulgay, har vaznkim, musta’amal bo‘lmag‘ay yo ulkim muxtara’ bo‘lg‘ay, turkiy bayt bila iktifo qiling‘ay, har kimning baytini kelturulsa, otini bitilg‘ay, magar ulkim qoyili ma’lum bo‘lmag‘ay, qoyili mazkur bo‘lmag‘an turkiy bayt muallifning bo‘lg‘usidir”.
Parchadan anglashiladiki, muallifi ko‘rsatilmagan she’rlar Boburning qalamiga mansubdir. Shunday she’rlarni Bobur “Devon”i bilan solishtirib chiqilganda, risola Boburniki ekanligiga hech qanday shak-shubha qolmaydi. Bunga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Bitta misol bilan kifoyalanamiz: risolada Bobur “Devon”idan o‘rin olgan g‘azalning matlai keltirilgan:
Asar Boburning qalamiga mansubligiga yana bitta dalil – unda muallif o‘zi ishtirok etgan ayrim voqealar ham mavjudligi va ularning “Boburnoma”dagi bayon bilan deyarli bir xil ekanligidir.
Taniqli boburshunos I.V.Steblevaning fikricha, aruzga bag‘ishlangan risolaning Bobur qalamiga mansubligini tasdiqlaydigan yana bitta muhim dalil mavjud. U ham bo‘lsa, Boburning Rampur (Hindiston) devonining oxirida nasrda yozilgan qismi bilan risolaning “Aruz itmomidin ikki-uch yil so‘ng Hinduston fathining so‘ngg‘i yil(i) Sanbal sarig‘a borur fursatta…” deb boshlanuvchi 16 satrdan iborat bo‘lakning mos kelishidir.
Risolaning nomi mutaxassislar orasida qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan. Adabiyotlarda asarning nomi uch xil uchraydi. Risola qo‘lyozmasini Ko‘pruluzodadan keyin ko‘zdan kechirgan Rizo Nur asarning oxirrog‘idagi muxtasar so‘zini asarning nomi deb o‘ylagan: “Chun bu muxtasar safarda bayozg‘a bordi, ul munosabat bila musofir masoyilini bitildi.” Bu yerda muxtasar so‘zi asarning nomi emas. Ushbu o‘rinda uning ma’nosi qisqabo‘lib, gap bu yerda Boburning “Mubayyin” asaridagi 27 bayt (54 misra)dan iborat “Musofirona namozning bayoni” nomli bob haqida ketmoqda. Mazkur bayon aruz haqidagi asarda quyidagicha boshlanadi:
Risoladagi va “Mubayyin”dagi 54 misradan iborat parchani taqqoslaganda, ularning to‘liq mos kelishi ma’lum bo‘ladi. Risoladagi parchani transliteratsiya qilishda ayrim imlo xatolarga yo‘l qo‘yilganini ta’kidlab o‘tish kerak. Masalan, yuqorida keltirilgan parchaning 3-misrasidagi vali so‘zi aslida yo‘li bo‘lishi kerak, keyingi satrlarda uchraydigan tiyva so‘zi teva, muqtado esa muqtadiy bo‘lishi lozim va h.k.
E.Bloshening 1933 yilda chop etilgan katalogida Boburning aruzga bag‘ishlangan risolasi Rizo Nurning ta’sirida Muxtasar fil aruz deb atalgan bo‘lsa ehtimol.
S.Hasanovning ma’lumot berishicha, Boburning risolasi Hindistonda fors tiliga tarjima qilingan. Bu ishni Boburiylar xonadoniga mansub shoir, olim va tarjimon Azfariy (1760-1819) ham nasrda, ham nazmda o‘girgan. Tarjimaning ikkita qo‘lyozma nusxasi Hindistondagi fondlarda saqlanmoqda. Ushbu ma’lumotda biz uchun muhim nuqta shuki, Azfariy asarni Aruzi turkiy deb atagan.
S.Hasanov Boburning risolasiga bag‘ishlangan kitobida asar nomini Aruz risolasi deb nomlanishi ma’qulroq bo‘ladi, degan fikr bildirgan.
Asarning yana bir nomi Mufassal bo‘lib, N.Mallayevning “O‘zbek adabiyoti tarixi” (1963), V.I.Aslanovning maqolasi va O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi (2001, 2-j., 87)da shu nom ishlatilgan.


Download 39.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling