Aruz doirasi haqida ma’lumot


Afoyilu tafoyil tushunchalari


Download 39.12 Kb.
bet3/6
Sana15.02.2023
Hajmi39.12 Kb.
#1201624
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Aruz doirasi haqida ma

Afoyilu tafoyil tushunchalari
Til va tafakkur tushunchalari, til va nutq, ularning farqi, tilning o’ziga xos jihatlari, so’z tushunchasi, belgi, nutqiy faoliyat, oddiy so’zlashuv nutqi , adabiy so’zlashuv nutqi, og’zaki nutq, yozma nutq , manbalar, monologik nutq, dialogik nutq, polilogik nutq, yozma nutqning uslubiy turlari – ilmiy, badiiy, publitsistik, rasmiy – idoraviy.
Tafakkur va til bir-biri bilan chambarchas bog'liq ijtimoiy hodisalardir. Inson nutqi, til vositalari bo’lmasa, fikrlash ham bo lishi gumon. Tafakkur va til aynan bir xil hodisa emas. Tafakkur zohiriy olamning inson miyasida umumlashgan.til bilan ifodalanadigan in'ikosi. Til esa fikrni ifodalash usuli.uni qayd etib boshqa kishilarga, avlodlarga yetkazish vositasi. Boshqacha aytganda.til — tafakkurning borliq shakli.
Til milliy madaniyatning shakli sifatida tafakkurning mevalari va ma'naviy boyliklarini zamon va makonda abadiylashtiradi. Ular doimo bir-birini taqozo qiladi.bir-birining yashashi va rivojlanishiga yordam beradi.
Tafakkur faqat insonlarga xosdir. U kishining mehnat va nutq faoliyati bilan bog'liq holda mayjud. Inson tafakkuri nutq bilan yuzaga chiqadi va uning natijalari tilda qayd etiladi.
Demak, tafakkur jarayonining natijasi hamisha biror-bir fikrdan iborat bo'lib, bu fikr tushuncha, hukm, xulosa tarzida til vositasida namoyon bo'ladi.Til fikrni reallashtiradi, kishilarning fikr almashishlariga imkon tug'diradi.
l.Har bir millatning dunyoda borlig'in ko'rsatadurg'on oyinayi hayoti til va adabiyotdir. Milliy tilni yo'qotmak millatning ruhini yo'qotmakdir (A. Avloniy).
2.Tildagi har bir so'z, uning har bir shakli inson tafakkuri va tuyg'usining natijasidir, o'sha tafakkur va tuyg'ular orqali so'z yordamida mamlakat tabiati va xalq tarixi ifoda etilgan (K. D. Ushinskiy).
3.Ki har neni bilmish odamizot Tafakkur birla qilmish odamizot (A. Navoiy).
4.Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili — bu millatning ruhidir (I. A. Karimov).
5.Kim ravshan fikrlasa, u ravshan bayon etadi (N. Bnalo).
6.Til fikrni yaratuvchi organdir. Aqliy faoliyat va til yaxlit butunlikni tashkil etadi (V.fon Gumboldt).
7.So'zlash qobiliyati — hodisalar ichiga kirishning yagona va bebaho vositasi (L. N. Tolstoy).
Inson faoliyatida til borliqni bilish va fikr almashish vositasi vazifasini bajaradi. Til vositasida insoniyat tomonidan jamg'arilgan bilimlar nainki qayd etiladi va saqlanadi, balki avloddan-avlodga ham yetkaziladi.
Til millat ruhining ko'zgusidir.Tilda millatning boryo'g'i, o'yfikri, dunyoqarashi, orzu-umidlari, Vatani, his-tuyg'ulari aks etadi. Tildagi har bir so'z, uning har bir shakli inson tafakkuri va tuyg'usining natijasi bo'lib, uning yordamida bu tafakkur va tuyg'ular orqali Vatan va xalq tarixi ifodalanadi.
Ona tiliga hurmat va uning bebaho so'z xazinasidan o'rinli foydalanish, til vositasida ravshan va ta'sirchan so'zlab yoza olish, nutqiy savodxonlikka erishish shu til vakili bo'lgan har bir shaxsning burchidir.
So'zda ikki jihatni – tashqi va ichki, belgi va ma'noni ajratish mumkin.
Belgi— bu aytilgan so'zning yozuvdagi ifodasi yoki tovush qobig'i.Har bir belgi nimanidir anglatadi. So'z belgi va ma'noning birligidir. Masalan, bayroq so 'zini tashkil etgan harflar, tovushlar (bayroq) kabi ongimizda tasavvur etilgan moddiy belgi bo'lib, o'zbek tilida muayyan ma'noni ifodalaydiki, u hissiy-ruhiy, g'oyaviy jihati bilan boshqa belgilardan farq qiladi. Bunda tashqi — moddiy belgi (harf, tovush) va ichki belgi — yozilgan yoki aytilgan so'zning hissiy-ruhiy timsoli farqlanadi.
Biz muayyan nutq jarayonida u yoki bu so 'zni eshitmasakda, shu so 'zning qanday yozilishi va aytilishini tasavvur qila olamiz.Xuddi ana shu holat so 'zning ichki, hissiy-ruhiy belgisidirki, u tashqi belgi va shunga mos ma'no bilan chambarchas bog'liq.
Ichki belgilar va ularning ma'nolari orqali biz o'z fikrimizni shakllantiramiz, o 'ylaymiz, mushohada yuritamiz. Tashqi belgilar orqali esa fikrlarimizni (og'zaki, yozma) nutqqa ko'chiramiz, ularni boshqalarga yetkazishga harakat qilamiz, nutqiy aloqa uchun zarur sharoit yaratamiz.
Ifodalanayotgan narsa, tushuncha, ma'no va belgi o'zaro bog'liqdir. Ularning munosabatini quyidagi to'rtburchak shaklida ifodalash tushunarliroq bo 'ladi:
Til bilan nutqni farqlash lozim.
Til so'zlashish vositasi, ya'ni nutq sifatida namoyon bo'lgandagina ma'lum vazifani bajaradi. Nutq til materiali, unsurlaridan tuziladi va nutqiy faoliyat natijasida yuzaga chiqadi. Demak, til mate-riallari faoliyati uchun xizmat qiladi. Til bilan nutqni qiyoslash orqali ularning quyidagi o'ziga xos xususiyatlarini ajratish mumkin:
1.Til aloqa materiali bo'lsa, nutq aloqa shaklidir.
2.Tilni xalq, millat yaratadi, nutqni esa har bir shaxs yaratadi.
3.Tilning hayoti xalq, millatning hayotiga bog'liq holda uzoq bo'ladi,
nutqning hayoti esa qisqa, xususan, og'izaki nutq so'zlangan paytdagina mavjuddir. Ammo yozma nutq nisbatan uzoq davr saqlanishi mumkin.
4.Til nisbatan turg'un, barqaror bo'lsa, nutq doim harakatda bo'lib, o'zgaruvchan hodisa sanaladi.
5.Tilning hajmi noaniq, nutqning hajmi esa aniq. U dialog, monolog, matn shaklida bo'lishi mumkin.


Download 39.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling