Arxeologik manbalarning antropogenez jarayonini o’rganishdagi o’rni
Download 33.06 Kb.
|
Arxeologik manbalarning antropogenez jarayonini o`rganishdagi o`rni R e j a: Antropogenez jarayoniga tushuncha. Odamning ilk ajdodlari hakida ma`lumot. a) Ramapitek, driopitek, avstrolipiteklar. b) Pitekantrop, sinantrop, geydel`berg odami va neandertallar. v) Kraman`on odamlar va antropogenez jarayonining tugallanishi. Xulosa. Olimlarning ilmiy farazlariga ko`ra biz yashayotgan Ona er besh mlrd. yil muqaddam paydo bo`lib, dastlab unda hech qanday hayot bo`lmagan. Agar er tarixini geologik jihatdan ko`radigan bo`lsak, uning turli bosqichlarida tirik mavjudotlarning paydo bo`lishini kuzatamiz. Er tarixi geologik jihatdan arxey, pelezoy, mezazoy va kaynazoy eralariga bo`linadi. Arxey erasi oxirlarida Erda juda oddiy tirik mavjudotlar, paleozoyda esa suvda va quruqlikda yashovchi hayvonlar, mezazoyda sudralib yuruvchilar paydo bo`ladi. Er tarixining kaynazoy erasida sut emizuvchi hayvonlar tarqaladi. Bu era o`z navbatida, uchlamchi va to`rtlamchi bosqichlarga bo`linadi. Uchlamchi bosqich 50-60 mln yillarni, to`rtlamchi bosqich esa 3-3,5 mln yillarni o`z ichiga oladi. Olimlarning fikricha, odamzod to`rtlamchi bosqich boshlarida paydo bo`ladi. Odamzodning paydo bo`lishi to`g`risida ko`plab nazariyalar ilgari surilgan. Arxeologiya va antropologiyadan tashqari bu muammo ustida boshqa fanlar ham shug`ullanadi. Tarix fanida odamning kelib chiqishi va rivojlanishi arxeologiya va antropologiya ma`lumotlariga, topib tekshirilgan turli xil moddiy manbalarga asoslanib o`rganiladi. Ammo odamning paydo bo`lishi jarayonining afsonalar, rivoyatlar va ilohiyot bilan bog`liq bo`lgan echimlari ham mavjuddir. Yakka xudolikni joriy etgan barcha jahon diniy ta`limotlarida odamzodning yaratilishi ilohiyot bilan bog`lanadi. Masalan, «Bibliya»da odamzod xudo tomonidan bundan 7 ming yil burun «qizil loy»dan yaratildi, deyiladi. Qur`oni Karimda esa odamning loydan yaratilgani, Ollohning irodasi bilan unga jon kiritilgani haqida ta`kidlanadi. Hatto, zardushtiylik dinida ham shunga o`xshash rivoyat hikoya qilinadi. Odamzodning birinchi vakillari sifatida «Bibliya»da Adam va Eva, Qur`oni Karimda Odam Ato va Momo havo, zardushtiylik dinida esa Iyim nomlari keltirilgan. ( A.Asqarov. «O`zbekiston tarixi». T., 1994.) Odamning paydo bo`lishi haqida olimlar o`rtasida har xil qarashlar mavjud. Masalan, yunon tarixchisi Aristotel` tabiatni bir narvonga o`xshatgan. Uningcha hayot oddiydan murakkabga quyidan yuqoriga taraqqiy etdi. Mana shu taraqqiyot yordamida odam hayvonot olamidan odamzod dunyosiga o`sib chiqdi, degan g`oyani olga surdi. U hayvon bilan odam o`rtasiga «maymunni» joylashtirdi. O`rta asrlarda bu masalada g`ayri diniy fikr bildirganlar inkvizatsiya tomonidan olovga tashlanganlar. Masalan, Lyuchilo Vanining taqdiri shunday tugagan edi. Shved olimi K.Linney odamzodning kelib chiqishini hayvonga bog`laydi, ammo u insondagi onglilik Olloh irodasiga bog`liq, deydi. Jamiyatshunos olim Shpenglar odamzodning eng qadimgi ajdodlarini biz bilmaymiz, chunki odam har doim hozirgiday bo`lgan degan edi. U bilan hamfikr bo`lgan olim Kleyn Shmitd esa odam har vaqt shunday ongli bo`lgan degan fikrni ilgari suradi. XVIII asrda Jems Manboddo odamni eng oliy tipdagi maymundan tarqalgan, deb fikr bildiradi. Monboddoning zamondoshlari «Orangutan» oliy tipdagi odamsimon maymun (misolida tushunganlar). Biz yuqoridagi g`oya va nazariyalarni, hatto hozirgi paytdagi gipotezalar – ko`rinmas odam yoki koinotdagi odamlarning er yuziga yoyilishi va boshqalarni inkor etmagan holda, antropogenez jarayonini tarix fani ilmiy tarzda asoslagan dalillar orqali o`rganishga harakat qilamiz. Fanda odamning kelib chiqishi va rivojlanishi antropogenez deb ataladi. Antropos – odam, genezis – rivojlanish degan ma`nolarni bildiradi. Biz fan tomonidan isbotlangan, odamning hayvonot dunyosidan uzoq vaqt davom etgan rivojlanish jarayoni oqibatida ajralib chiqqanligi haqidagi fikrga yondashamiz. Odamning oliy tipdagi maymunsimon ajdodlar bilan bog`liqligi haqidagi g`oya Ch.Darvinga ta`lluqli bo`lib, u evalyutsion jarayon natijasida odam huddi shu odamsimon maymundan kelib chiqqanligini ta`kidlaydi. Ya`ni, maymunning odamga aylanishida asosiy omillardan biri – tabiiy saralanish va jinsiy tanlanishdir, degan nazariyani ilgari suradi. Jamiyatshunos olimlar maymunning odamga aylanishi jarayonida asosiy omillardan yana biri – mehnat ekanligini ko`rsatib o`tadi. Biz yuqorida, er tarixi kaynazoy erasining to`rtlamchi bosqichida odamzod paydo bo`la boshlaganligini aytgan edik. Uchlamchi bosqich boshlarida iqlim hozirgiga nisbatan issiqroq bo`lib, Pireney yarim orolidan Xitoygacha bo`lgan maydonlar subtropik mintaqalar edi. Mazkur o`lkalarda to`rtlamchi bosqich boshlarida hayvonlarning, shuningdek, maymunlarning xilma xil turlari yashagan. Ular orasida odamsimon maymunlar ham bo`lib, ular odamning eng qadimgi ajdodlari hisoblangan. Ular driopitek, ramapitek, avstrolopiteklar bo`lib, shulardan avstrolopiteklar odamga ko`proq o`xshashligi bilan ajralib turgan. Driopiteklar hozirgi kunimizdan 15-12 mln yillar ilgari yashagan. Driopitek – «daraxtda yuruvchi odam» deb nomlanadi. 1856 yilda frantsuz arxeologi Larte Avstriyaning Yuqori Goranna degan joyidan er tarixining miotsen yotqiziqlaridan (bundan 5-12 mln. yil burun) eng oliy tipdagi odamsimon «maymun» driopiteklarga tegishli bo`lgan 3 ta tish qoldiqlarini topgan. Driopitek odamsimon maymunlar turiga kiradi. Olimlar uning miya suyagini hajmini o`lganda 600sm3 bo`lganligini qayd etadi. Hozirgi kunda dunyoning har-xil joylaridan driopiteklarning 10 dan ortiq turlari topib o`rganilgan. Ch.Darvin Avstriya topilmasini o`rganib uning tishlarida odamzod tishlariga xos belgilar borligini isbotladi. Ch.Darvin driopitekda odamzodning ajdodini ko`ra bildi. Darvin yaratgan ta`limotga ko`ra barcha driopiteklar odamzodning ajdodi bo`la olmaydi. Undan qolgan iz so`nggi (Yuqori Gerannadagi)si avlod izi bo`lgan. Ramapiteklar ham odamsimon maymunlar turiga mansub bo`lib, uning qoldiqlari Afrika, Hindiston hududlaridan topilgan. Ramapiteklar 12-7 mln. yillar ilgari yashagan. Avstrolopiteklar keyingi tur bo`lib, ular odamga ko`proq o`xshagan va hozirgi kunimizdan 3 mln yillar ilgari yashagan. Ularning miya suyagining hajmi 600-700 sm3 bo`lib, avstrolopiteklar ikki oyoqda tik turgan, o`simlik va go`shtni ovqat sifatida iste`mol qilgan. 1924 yilda Janubiy Afrika hududlaridan odamzodning ilk ajdodi bo`lgan avstrolopitekning suyaklari topilgan. Olimlar unga «Janubiy odam» deb nom berishgan. Er qa`rining plyutsen (bundan 3-4 mln. yil oldin) yotqiziqlaridan olimlarning xulosasiga ko`ra, driopitek eng oliy tipdagi odamsimon «maymun» bo`lsa, avstrolopitek esa «maymunsimon» odam vakili bo`lgan. Avstrolopitek odamzodning hayvonlar olamidan odamlar dunyosiga o`tishda qo`yilgan birinchi qadami edi. 1959 yilda arxeologlar Sharqiy Afrikaning Olduvey darasidan odamzodning qadimgi ajdodlari suyak qoldiqlarini topdilar. Olduveyda odam, hayvon suyaklari bilan bir qatorda tosh qurollar ham topildi. Olimlar bu erdan topilgan mavjudotni zinjantrop deb atadi va uning yashagan davrini avstrolopitek va pitekantrop oralig`i deb belgiladi. Zinjantrop deb atalishiga sabab, uning Tanzaniyaning Zini nomli qishlog`i atrofidan topilishi edi. Zinjantroplarga «Xomo Xabilis» - «ishbilarmon odami» deb nom beradi. Chunki u eng sodda mehnat qurollarini yasay olar edi. Zinjantrop qoldiqlari (L.Liki tomonidan) Keniya va Efiopiya hududlaridan ham topib o`rganilgan. Zinjantroplar suyagi topilgan joylardan hayvon suyaklari va tosh qurollar ham topiladi. Afrikadan «ishbilarmon odamlar» topilgan geologik qatlamning sanasi 13-2 mln yillar bilan belgilanmoqda. Bu esa odamzodning mehnat qila boshlagan ilk ajdodi pitekantropga qadar zinjantroplar bulgan, degan xulosaga olib keladi. Afrikadan topilgan ishbilarmon odamlar arxantroplar deb nomlangan. Grekcha «Arxayos» -qadimgi, «antropos» - odam degan ma`nolarni bildiradi. Demak, arxantroplar toshdan qurol yasash qobiliyatiga ega bo`lgan odamzodning dastlabki ajdodlaridir. 1890 yilda golland olimi E.Dyubua Indoneziyaning Yava orolida Kedung-Brous daryosi sohilidan odamning pastki jag`i qoldig`ini topdi. 1891-92 yillarda Yava oroli hududlaridan yana o`nlab suyak qoldiqlari topildi. Olimning fikricha, bu erda yashagan odamzod ajdodi bosh suyagining hajmi 900 sm3 bo`lib, u tosh qurollar yasash qobiliyatiga ega bo`lgan. Odamzodning bu ajdodi 2 oyoqlab yurgan. Olimlar unga – pitekantrop (pitakos-maymun, tropos-odam) deb nom berishdi. Pitekantrop zinjantroplardan keyingi bosqichda turuvchi eng qadimgi odam bo`lib, u bundan 1,5-1,9 mln yillar avval yashagan. 1929 yilda Xitoy olimlari Pekindan 60 km janubda joylashgan Chjaukauten qishlog`i yaqinida ibtidoiy ajdodlarning suyak qoldiqlarini topdilar. Odamzodning bu ajdodiga sinantrop (Xitoy odami) deb nom berildi. Uning yashagan davri sanasi 500-600 ming yillar bilan belgilanadi. Sinantrop bosh suyagining hajmi 1100-1200 sm3 bo`lgan. 1929 yilda Xitoy olimlari Pekindan 60 km janubda joylashgan Chjaukauten qishlog`i yaqinida ibtidoiy ajdodlarning suyak qoldiqlarini topdilar. Odamzodning bu ajdodiga sinantrop «Xitoy odami» deb nom beriladi. Uning yashagan davri sanasi 500-600 ming yillar bilan belgilanadi. Sinantrop bosh suyagining hajmi 1100-1200 sm3 bo`lgan. 1963 yilda Xitoy olimi Vu Xuanxe daryosi o`rta oqimida Lyandyan manzilidan qadimgi odam qoldig`ini topadi. Uning sinantropga nisbatan ancha qadimiy bo`lganligi aniqlandi. Fanda u «Lyandyan arxantropi» deb nom oldi. Eng qadimgi qazilma odamlarning qoldiqlari Evropa hududida, masalan, Germaniyaning Geydel`berg, Vengriyaning Budapesht shaharlari yaqinidan ham topilgan. 1926 yilda Evropada, Gibraltar qoyasi rayonidan gorda ibtidoiy odam suyaklari va tosh qurollar topilgan. Ular bundan 2 mln yillar ilgari yashagan. 1963 yilda Ohangoron rayonida Mingbuloqdan hozirgi kunimizdan 400-500 ming yillar ilgari yashagan sinantrop turiga oid qazilma odam qoldiqlari topilgan. Biz yuqorida tilga olgan odamsimon maymunlar (avstrolopitek, . . .) odamning ajdodlari bo`lib, tabiiy tanlanish jarayonida odam huddi shu odamsimon maymunlardan kelib chiqadi. (Ch. Darvin va T. Geksli fikri). Darvin maymunning odamga aylanishidagi asosiy omil jinsiy tanlanishdir, degan evalyutsion ta`limotni yaratdi. Shu bilan birga maymunning odamga aylanishida ijtimoiy omil-mehnat katta rol o`ynagaligi jamiyatshunos olim F.Engel`s tomonidan ta`kidlangan edi. Inson tabiiy tanlanish, saralanish jarayonida, shuningdek turli-tuman mehnat ta`siri orqali juda ham astalik bilan sifat tomon rivojlandi. Bu rivojlanish ta`sirida maymun odamlarga nisbatan yuqori pog`onada bo`lgan qadimgi odamlar tipi – neandertallar paydo bo`ldi. Neandertallar, ya`ni qadimgi odamlar suyak qoldiqlari 1948, 1964 yillarda Ispaniyaning Gibraltar bo`g`ozi rayonidan, so`ngra 1970 yilda Germaniyaning Neandertal` vodiysidan topilgan. Suyak qoldiqlari dastlab topilgan joyning nomidan kelib chiqib, olimlar unga «neandertal odami» deb nom berishgan. Neandertal odamlarning suyak qoldiqlari keyingi vaqtda er yuzining turli hududlaridan topilmoqda. Qadimgi odamlar jismonan ancha baquvvat bo`lib, ularning bo`yi o`rtacha 165 sm bo`lgan. Ular uzog`i bilan 25-26 yil umr ko`rgan. Neandartal odam tipi toshdan xilma-xil mehnat qurollari yasay olgan. Ular bosh suyagining hajmi 1300-1400 sm3 bo`lgan. Neandertal` qiyofasidagi odamlar Afrika, O`rta er dengizi qirg`oqlaridan, O`rta Osiyo, Yaqin va O`rta Sharq mamlakatlari terretoriyasidan, Qora Dengiz bo`ylaridan, Shimoliy Evropadan va Osiyo erlaridan ko`plab topilgan. Neandertallarning tashqi qiyofasi va fikrlashida soddalik, maymunga xos bo`lgan belgilar saqlanib qolgan bo`lib, ularning bosh miyasi u qadar rivojlanmagan. Lekin ular hozirgi qiyofadagi odamlarga ancha yaqinlashib qolgan edi. Hozirgi kunda fan neandertallarning 6 xilini biladi. Ular bugungi kunimizdan 100-40 ming yillar ilgari yashagan. 1868 yilda Frantsiyaning Tordoni viloyati Kroman`on g`oridan 5 ta odam ko`milgan mozor ochiladi. Qazib tadqiq etilganda mozordagi bo`yi baland – 180 sm, bosh suyagining hajmi-1590 sm3; izlari keng, qosh osti bo`rtib chiqqan, peshonasi hozirgiday odam qoldiqlari mavjud bo`lgan. Olimlar g`ordan topilgan odam qoldig`ini, g`or nomi bilan «kramon`on odami», «aqlli odam» degan nom bilan atay boshladi. Kramon`on odamining qoldiqlari er yuzining 100 dan ortiq nuqtalaridan topilgan. Demak, Odamzod tabiatning ajralmas bir bo`lagi sifatida Er tarixining ma`lum bir bosqichida hayvonot olamidan ajralib chiqdi. U jonivor fanda eng oliy tipdagi «odamsimon maymun» deb atalmoqda. Ajdodlarimizning hayvonot olamidan odamzod dunyosiga qo`ygan birinchi qadami avstralipiteklar davrida sodir bo`ldi. Odamzodning ilk ajdodlari zinjantrop va pitekantroplar toshni toshga urib mehnat qila boshlaydilar. Mehnat odamzodni hayvonot olamidan ajratdi. Odamzod o`zining ajdodi – sinantroplar davrida olovni kashf etdi va shu tufayli ajdodlarimiz go`shtni olovda chala pishirgan holda iste`mol qila boshladilar. Pishirilgan go`shtni iste`mol qilish natijasida ularning fikrlashida o`zgarish yuz berdi va odamning biologik, jismoniy tuzilishida hozirgi zamon odami tomon ijobiy o`zgarishlar sodir bo`la boshladi. Kramon`on odami zamonasiga kelib ilk ajdodlarimizning biologik, jismoniy tuzilishi hozirgi zamon odamidan farq qilmaydigan holatga kirdi. Kramon`onlar davri urug`chilik jamoasining boshlanishi birinchi jamoachilik kurtagining tugilishidir. Bu o`zgarishlarning barchasiga inson o`z mehnati tufayli erishdi. Yuqorida ko`rdikki, tabiiy tanlanish va jinsiy saralanish, shuningdek birinchi navbatda mehnat jarayonida inson tafakkurining rivojlanishi natijasida neandertal qiyofadagi odamlar hozirgi qiyofadagi kishilarga aylana bordilar. Ular ham aqliy, ham jismoniy jihatdan kamol topib, uzoq vaqt davom etgan rivojlanish jarayonida hozirgi qiyofadagi kishilarni shakllantirdi va shu bilan antropogenez jarayoni nihoyasiga etdi. Huddi shu davrda evropoid, negroid va mo`g`ul deb nomlangan dastlabki irqlar vujudga keldi. Insoniyat o`zining hozirgi qiyofasiga etib kelguncha 10-15 million yillik katta tarixiy davrni bosib o`tdi. Bu kishilar fanda «homo sapines» - «aql-idrokli odamlar», deb ataladi. Odamning paydo bo`lishi Erdagi eng buyuk hodisalardan biri bo`lib, u dastlab toshdan oddiy chuqmor yasagan bo`lsa, uzluksiz mehnat, intilish va qayta qurish natijasida yuksak madaniyat yaratish darajasiga etib keldi. ADABIYOTLAR: Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz-kelajak yo`q. T., O`zbekiston, 1998. Gulomov Ya. O`zbekistonda arxeologiya. T.1956. 37-38 bet. Al`baum L.I. «Balaliktepa». Tashkent, 1960 Gerasimov M. «Lyudi kamennogo veka». M.,1964 Masson V.I. «Poselenie Djaytun». M., 1971 Mirsaotov G. «Drevnie shaxti Uchtuta». T., 1973 www.ziyonet.uz www.e-tarix.uz Download 33.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling