Arxitektura
Muammoning o`rganilganlik darajasi
Download 43.09 Kb.
|
АСОСНОМА Malohat Piratova
Muammoning o`rganilganlik darajasi.
Halqimiz olis o`tmishidan boshlab tarixning barcha davrlarida shaharsozlik madaniyatida, go`zal inshootlar, imoratlar qurish borasida bunyodkor millat sifatida shuxrat qozonib kelgan. Istiqlol yillarida halqimizga asrlar davomida shakllangan shaharsozlik madaniyatini yuksaltirish yo`lidagi bunyodkorlik ishlariga keng yo`l ochib berildi. Mamlakatimizdagi yirik shaharlar, vohalar, tumanlar markazlari zamonaviy va milliy reja asosida qayta qurilib, tiklanmoqda hamda yangidan bunyod etilib, go`zal qiyofa kasb etmoqda. Shunday yangi shaharsozlik namunasi Andijon viloyatida Honabod shahrida xam barpo qilindi. Andijin eng qadimiy shaharlardan biri xisoblanadi. Qadimda va oʻrta asrlarda bunyod etilgan meʼmoriy yodgorliklar bizgacha yetib kelmagan. Andijon shahrida 19-asr oxirida qurilgan jome masjidi majmuasi saqlangan. Tarkibida masjid, minora va Madrasa bor. Jome masjidi Fargʻona vodiysida eng mahobatli binodir (qarang Andijon jome masjidi majmuasi). Shahrixonda oʻtgan asrda bino qilingan bir qancha mahalla masjidlari va madrasalari saqlangan. Shundan biri 19-asr boshida qurilgan Ponsod masjididir. Masjidning bezak qismlarini fargʻonalik ustalar ishlagan. Shahrixonda 1872-yil qurilgan Gumbaz madrasasi saqlangan. Andijon shahrida 20-asr boshida qurilgan 2 qavatli Axmadbekhoji uyi ham milliy meʼmorlik namunalaridan biri (qarang Ahmadbekhoji mehmonxonasi). Hozirgi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi Ahmadbekhoji bogʻi oʻrnida bunyod etilgan. Boyning bogʻidagi shiypon binosi ham saqlanib qolgan. Paxtaobod shahrida 20-asr boshida qurilgan Otaqoʻzi madrasasi yodgorligi ham diqqatga sazovor. Uning 5 minorasi bor. orasidagi Andijon viloyatining tabiiy va iqtisoodiy rangli xaritasiga q. Abdugʻulom Sultonov, Sobirjon Shokarimov, Shuhratjon Karimov. “Istiqlol yillarida boy tariximiz, bebaho merosimiz, dinu diyonatimiz, ko’hna urf-odat va an’analarimizning qayta tiklangan, istiqlol davri Vatanimiz uchun chinakam ma’naviy tiklanish va yuksalish davri bo’lganini ifoda etishimiz kerak”. (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 22 yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi qaroridan. “Xalq so’zi” 2013, 19 iyun. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2013 yil 26 aprel kuni Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasidagi nutqida bayrog’ida Amir Temur ordeni xilpirab turgan qadimiy va hamisha navqiron Andijon va uning o’tmishi, buguni va kelajagiga dahldor purma’no g’oya va fikrlar, ilhombaxsh maslahatlar, yo’l-yo’riqlar ko’rsatdi. Har bir andijonlik qalbi va ongida o’chmas iz qoldirgan, yangidan-yangi bunyodkorlik ishlariga da’vat etuvchi so’nggi yetti yillikdagi erishgan yutuqlarni yuksak baholab, viloyatimiz xalqi sha’niga ko’pdan-ko’p ilhomlantiruvchi ezgulikka, bunyodkorlikka chorlovchi fikrlarni bayon etdi. Prezidentimiz mamlakatimiz qo’lga kiritayotgan, jahon hamjamiyati tan olayotgan yutuq va marralarga erishish yo’lida butun O’zbekiston aholisi qatori Andijon viloyati mehnatkashlari ham munosib hissa qo’shayotgani, ko’p sohalarda yetakchi o’rinlarni egallab kelayotganini e’tirof etib viloyat markazi, barcha shahar qishloqlar qiyofasi tubdan o’zgarib, tobora obod bo’lib, xalqning hayot sifati va darajasi yuksalib borayotganidan quvonayotganini mamnuniyat bilan izhor etdi. “Andijon ahli, – deb ko’rsatdi Yurtboshimiz, – o’z yurtiga bo’lgan mehri va sadoqatini, g’urur va iftihorini, or-nomusini yuksak qadrlab, o’z kuchi va qudratiga ishonib yashaydigan xalq”. Yurtboshimiz viloyat aholisi sha’niga aytilgan quyidagi so’zlari ham har bir andijonlik uchun faxrlidir: “Andijon viloyatining markazi, shahar va turar joylarning ko’rinishini butunlay o’zgartirish, go’zal va o’ziga xos maydonlar, ko’cha va uylarga barchaning havasini tortasigan yangi qiyofa berish, obod va betakror o’kaga aylantirish, bunday olijanob va ulkan ishlaga qo’l urgan barcha-barcha Andijon ahliga har qancha tasannolar aytsak arziydi, albatta. Ko’p yillar, balki yuz yillar o’tar, lekin Siz, azizlarning amalga oshirgan ishlaringiz abadiy saqlanib qolur…. Andijon ahli bunday ishlari bilan ta’bir joiz bo’lsa, o’ziga haykal qo’ydi. Bu balandparvoz gap emas, ayni haqiqat va bu bilan g’ururlansk arziydi” (Xalq so’zi. 2013, 10 may). Buyuk istiqlol inson faoliyati va hayotining barcha sohalari bo’yicha o’xshashi yo’q isjobiy o’zgarishlar uchun mustahkam poydevor yaratdi. Xususan, ma’naviy hayotimizda asrlar davomida yuz bergan o’zgarishlardan ham buyuk ezgulik ishlari amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida el-yurtimiz o’zining ko’p asrlik tarixi davomida ko’plab mash’um xatarlarni necha bor ko’rgani, ularning jabru-jafosini tortgani haqida to’xtalib, mana bunday deb yozgandi: “Shunday asoratlar tufayli tilimiz, dininmiz va ma’naviyatimiz bir paytlar qanday xavf ostida qolganini barchamiz yaxshi bilamiz. Ana shu fojiali o’tmish, bosib o’tgan mashaqqatli yo’limiz barchamizga saboq bo’lishi, bugungi voqelikni teran tahlil qilib, mavjud tahdidlarga nisbatan doimo ogoh bo’lib yashashga da’vat etishi lozim. O’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo’q. Bu haqiqat kishilik tarixida ko’p bora o’z isbotini topgan”. Milliy mustaqil davlatning barpo qilinishi bilan O’zbekistonning haqiqiy, chin yangi tarixini tiklash uchun zaruriyat va imkoniyat yaratildi va bu masala respublikada davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Islom Karimovning tashabbusi bilan O’zbekistonning yangi tarixini yaratish bo’yicha ilmiy markaz tashkil etildi. 2000 yildayoq uch jildlik O’zbekistonning yangi tarixi nashrdan chiqdi. Viloyatlar, shaharlar tarixini tiklash va ularning tarixiy sanalarini o’tkazish bo’yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Buxoro, Xiva, Termiz, Shahrisabz, Qarshi, Samarqand, Marg’ilon kabi qadimiy shaharlarning tantanali yubileylari o’tkazildi. Hozirda Andijon va yana ko’plab shaharlarning yoshini aniqlash bo’yicha arxeologik, etnografik ishlar olib borilmoqda. Xullas, mustaqil O’zbekiston Respublikasi davlati va hukumati shahar va viloyatlar tarixini o’rganishga va uni ommalashtirishga, ularda istiqomat qilgan aholining mamlakat, jahon sivilizatsiyasiyasiga qo’shgan xizmati va hissalarini o’rganish, bu shahar va viloyatlarning kundalik hayotimiz va faoliyatimizning barcha sohalaridagi ulkan yutuqlarini o’rganishga, targ’ib-tashviq etishga juda katta e’tibor bermoqda. Ta’kidlash zarurki, yuqoridagi bizga ma’lum bo`lgan tarixiy yozma manbalar va mavjud ilmiy adabiyotlarda berilgan ma’lumotlardan o`rta asr milliy sharqona qadimiy an’anaviy turar-joylarimizni hayotga yangidan joriy qilish maqsadida foydalanish mumkin. Biroq, bu sohadagi zamonaviy ilmiy tadqiqotlar va ijodiy loyihaviy izlanishlar Respublikamizda endigina rivojlanmoqda desam xato qilmayman. Chunki hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan ulkan o`zgarishlar kabi qadimiy an’anaviy turar-joylar arxitekturasi shakllanishi san’atida ham ilg`or tarixiy milliy merosimizga qaytishimiz va ularni tiklashimizga chuqur ma’naviy ehtiyoj sezilmoqda. Download 43.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling