Arxitektura


Download 43.09 Kb.
bet3/6
Sana24.03.2023
Hajmi43.09 Kb.
#1290403
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
АСОСНОМА Malohat Piratova

Tadqiqotning maqsadi.
Andijon viloyati tarixiy yodgorliklarini o’rganish, bugungacha saqlanib qolganlarini joriy holatini tadqiq etish hamda funksional talablaridan kelib chiqqan holda zamonaviy maqsadlarda foydalanish, turistik marshrutlarni yaratish va turizmni jalb qilish.
Tadqiqotning vazifalari:
Dissertatsiya maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagilardan iborat:

  • Andijon viloyati tarixiy yodgorliklari hududlarida landshaft arxitekturasini rivojlantirish tamoyillari va uning axamiyatini o`rganish;

  • tarixiy yodgorliklar faoliyatini o’rganish va funksional talablarini zamonaviy faoliyatga mosligini o’rganish;

  • Andijon tarixiy yodgorliklari turistik marshrutlar yo`nalishlarini aniqlash va ularni rivojlantirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish;

  • Tarixiy yodgorliklarni saqlash, ulardan foydalanish tendensiyalarini ishlab chiqish;

Tadqiqotning ob’yekti. Andijon viloyati bugungi kunda saqlanib qolgan tarixiy yodgorliklari.
Tadqiqot predmeti. Tarixiy yodgorliklarning saqlash va ulardan foydalanish tendensiyalarini ilmiy jihatdan aniqlash, turistik marshrutlar ishlab chiqishning chora-tadbirlarini belgilashdan iborat.
Tadqiqot usullari. Tadqiqot jarayonida tizimli tahlil, kuzatuv, statistik guruhlash, yo`naltirilgan saralash, tajribalarni o`rganish, umumlashtirish va tarixiy yondashuv kabi usullaridan foydalaniladi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Hozirgi kunga qadar O`zbekistonda me’morchilik va shaharsozlik fanida Andijonda qadimiy an’anaviy turar-joylarni saqlash tamoyillari tarixiy me’moriy-rejaviy, loyihaviy va landshaft yechimlariga xos tamoyillar ilmiy yoritilib, ularning mazmun va mohiyati chuqur ochib berilmagan. An’anaviy turar-joylarni saqlash tamoyillari kontseptual me’moriy dasturi ishlab chiqilmagan va buning natijasida tarihiy qadimiy an’anaviy turar-joylarni saqlash qayta tiklashning ilmiy imkoniyatlari yaratilmagan. Mazkur dissertatsiya ishida ushbu muammolar ilk bor bajariladi va ilmiy asoslab beriladi.

Download 43.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling