Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti


III. “O‘zarxiv” Agentligini xuquq va majburiyatlari


Download 1.84 Mb.
bet12/76
Sana03.12.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1800283
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   76
Bog'liq
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019

III. “O‘zarxiv” Agentligini xuquq va majburiyatlari
9.“O‘zarxiv” Agentligi qo‘yidagi xuquqlarga ega:
- o‘z vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy bo‘lgan me’yoriy aktlar chiqarishi;
- Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari vakillarini tarmoq davlat fondi muzeylarni qo‘lyozma bo‘linmalari, Respublika kutubxonalarini arxiv hujjatlarini holati haqida axborotlarini qabul qilishi, ulardan “O‘zarxiv” Agentligi vakolatlari doirasida ma’lumotlarni talab qilish;
- “O‘zarxiv” Agentligi Respublika fondi katalogi uchun Respublika Davlat arxivlaridan tarmoq fondlaridan, Vazirliklardan, tashkilotlardan, kutubxona va muzeylardan, siyosiy va jamoat tashkilotlaridan, diniy tashkilotlardan va boshqa yuridik shaxslar va fuqarolardan tegishli ma’lumotlar olishi;
- Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, tashkilotlardan ularni qaysi shakldagi bo‘ysunishdan qat’iy nazar arxivlarni ishi va ish yuritishdagi hujjatlarni tashkil qilish to‘g‘risidagi materiallarni olishi;
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondi hujjatlarini mansabdor shaxslar tomonidan o‘g‘irlanishiga olib keluvchi sharoit yaratganda hujjatlarni yaroqsiz holatga keltirganda va boshqa holatlarda tergov organlariga xabar qilish;
- arxiv ishi va ish yuritish masalalarini ko‘rib chiqishda doimiy va vaqtinchalik tashkilotlararo komissiyalari kengashi tuzish;
- arxiv ishi va ish yuritishdagi hujjatlarni tashkil qilishda Vazirliklar va tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladigan qoidalar, ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar, o‘quv dasturlari va boshqa me’yoriy xujjalarni ko‘rib chiqish;
- o‘z vakolati doirasida xalqaro tashkilotlar, mansabdor shaxslarni chet eldagi jismoniy shaxslar bilan arxiv ishi bo‘yicha tegishli tartibda xalqaro tashkilotlararo shartnomalar tuzish;
- arxivshunoslik, hujjatshunoslik va arxeografiya sohasida konkurslar e’lon qilish.
“O‘zarxiv” Agentligini mansabdor shaxslari o‘z mansab majburiyatlarini bajarish uchun tegishli tartibda arxivlarga, ish yurituvchi davlat hokimiyati organlariga boshqarmalarga va Respublikani boshqa tashkilot va korxonalarga kirish xuquqiga ega.
“O‘zarxiv” Agentligi qo‘yidagilar uchun mas’ul hisoblanadi:
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondini shakllantirishga;
- arxiv hujjatlarini davlat hisobini yuritishga;
- Respublika Davlat arxivlarida hujjatlarni saqlanishini ta’minlashga;
- arxiv hujjatlarini fuqarolar, jamiyat va davlat manfaatlari uchun foydalanishga;
- arxiv ishi bo‘yicha hududiy boshqarmalarni faoliyatini tashkil qilishga.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling