Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti


Download 1.84 Mb.
bet11/76
Sana03.12.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1800283
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   76
Bog'liq
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019

I.Umumiy qoidalar.

  1. Ushbu qoida “O‘zarxiv” Agentligini O‘zbekiston Respublikasining “Arxivlar to‘g‘risida”gi, “Madaniy meros ob’ektlaridan foydalanish va saqlash to‘g‘risida”gi qonunlar va “O‘zarxiv” Agentligi faoliyatiga tegishli bo‘lgan boshqa qonunchilik aktlari asosida Agentlikni statusini, vazifalarini, funksiyalarini belgilab beradi.

  2. “O‘zarxiv” Agentligi tizimiga arxiv ishi bo‘yicha Qoraqolpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shaxri, O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqolpog‘iston Respublikasi va ularning filiallari, Toshkent shaxridagi davlat arxivlari kiradi.

  3. “O‘zarxiv” Agentligi Respublikada arxiv ishini boshqarish sohasida vakolatli davlat organi hisoblanib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.

  4. “O‘zarxiv” Agentligi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga, Oliy Majlis Qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bo‘yruq va farmoyishlariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini qarorlari hamda ushbu ko‘rsatmadagi boshqa qonunchilik hujjatlari asosida yuritadi.

  5. “O‘zarxiv” Agentligi arxiv ishi va ish yuritish sohasida xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining taqdim qilishga vakolatli organ hisoblanadi.

  6. “O‘zarxiv” Agentligiga o‘ziga qo‘yilgan vazifalarni o‘z qo‘l ostidagi hududiy organlar, Qoraqolpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shaxri Xokimlari bilan kelishgan holda qoidalar asosida hal qiladi.

II. “O‘zarxiv” Agentligining asosiy vazifalari va funksiyalari.

  1. “O‘zarxiv” Agentligining asosiy vazifalari qo‘yidagilardan iborat:

- arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
- arxiv ishi sohasidagi qonunchilikni nazorat qilish va uni amalga oshirish;
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondi hujjatlarini shakllantirish, saqlashni ta’minlash, davlat hisobini olib borish va ulardan foydalanish;
- arxiv ishi holatini tahlil qilish, uni rivojlanish yo‘nalishini aniqlash;
- Respublika davlat arxivlarini boshqarish va ularni faoliyatini ta’minlash;
- Respublikada arxiv ishini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- arxivshunoslik va arxeografiya sohasidagi uslubiy ilmiy ishlarni tashkil qilish va ularni boshqarish, tadqiqotlar natijalarini arxiv tashkilotlari faoliyatiga taqdim qilish;
- arxiv ishi sohasidagi tajribalarni va xalqaro ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ularni yoyish.
8. “O‘zarxiv” Agentligi o‘ziga yuklatilgan vazifalar bilan bir qatorda qo‘yidagi funksiyalarni bajaradi:
- Respublikada arxiv ishi va ish yuritish sohasida milliy dasturlar va konsepsiyalarni ishlab chiqadi hamda ularni amalga oshishini ta’minlaydi;
- tegishli tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondi hujjatlardan foydalanish va saqlash to‘g‘risidagi qonunchilik loyixalarini va xuquqiy aktlarni ishlab chiqadi va taqdim qiladi hamda ularni amalga oshirishni ta’minlaydi;
- tegishli tartibda Davlat arxivlari ishini tuzilishini rivojlantirishni va O‘zbekiston Respubdikasi Davlat arxivlariga raxbarlikni amalga oshiradi;
- Davlat arxivlarini arxivshunoslik, hujjatshunoslik, arxeografiya sohasidagi ilmiy uslubiy ishlarini tashkil qiladi va boshqaradi, ilmiy tadqiqotlar yutuqlarini arxiv ishi amaliyotiga tadbiq qiladi;
- Davlat arxivlaridagi hujjatlardan foydalanish tartibini belgilaydi, arxiv ishi sohasidagi xuquqiy va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtiradi, foydalanuvchilarni xuquq va qonuniy manfaatlarini ximoya qiladi;
- hujjatlarni Davlat arxivlarida doimiy saqlashga olish uchun ilmiy ekspertizani amalga oshiradi;
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondlarini Davlat arxivlarida komplektlashni, saqlashni, hisobga olishni tashkil qiladi, belgilangan tartibda hujjatlarni arxivlarga topshirishni va ulardan foydalanishni nazorat qiladi;
- Davlat arxivlarida saqlanishi kerak bo‘lgan hujjatlar ro‘yxatini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, ularni saqlanish muddatlarini belgilaydi;
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondiga kiritiladigan davlat tashkilotlari va muassasalari hujjatlarini toifasini belgilaydi;
- hujjatlarni Respublika va maxalliy arxiv fondlari tarkibiga kiritish to‘g‘risidagi masalalarni xal qiladi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Arxivlariga Respublika ahamiyatidagi fondlarni yig‘ishga doir tadbirlarni amalga oshiradi;
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondida doimiy saqlanayotgan hujjatlarga va arxiv tashkilotlariga guvohnoma beradi;
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondini hujjatlarini Respublika Davlat arxivlarida ro‘yxatdan o‘tkazishni tashkil qiladi;
- arxiv tashkilotlarini yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati va tartibini belgilaydi;
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondi hujjatlarini markazlashgan hisob-kitobini olib boradi;
- belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga O‘zbekiston hududida qadimgi hujjatlarni yig‘ishda maxsus ruxsatnomalar beradi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondi hujjatlarini O‘zbekiston hududidan vaqtinchalik olib chiqishni hal qiladi;
- Davlatni nodavlat arxiv fondlari hujjatlarini olishga xuquqiy ustunligini amalga oshiradi, bunda “O‘zarxiv” Agentligi tizimidagi tashkilotlar va organlarga hamkorlik qiladi;
- tarmoqlararo tashkiliy-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi va arxiv xizmatlari va tashkilot arxivlari faoliyatini nazorat qiladi;
- tashkilot arxivlari va ularni ishini tashkil qilishga oid tadbirlarda qatnashadi;
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondi hujjatlarini mazmuni to‘g‘risida arxiv hujjatlarini va ma’lumot-axborot adabiyotlarini nashr qilishni tashkil qiladi, retrospektiv axborotga jamiyat talabini o‘rganishdagi ishlarni muvofiqlashtiradi;
- tegishli tartibda O‘zbekistondan tashqaridagi O‘zbekiston tarixiga oid arxiv hujjatlarini aniqlashga va qaytarishni tashkil qiladi, nodavlat arxivlari egalariga bu arxivlarni hujjatlarini saqlash va foydalanishga hamkorlik qiladi;
- “O‘zarxiv” Agentligiga bo‘ysunadigan arxiv tashkilotlarini sarf-harajatlarini Respublika byudjeti loyihasiga kiritadi, ularni moliyalashni ta’minlaydi va harajatlarni nazorat qiladi;
- arxiv ishi sohasida vakolatli organlarni xalqaro faoliyatlarini amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi nomidan xalqaro Kongresslar, syezdlar va konferensiyalarda qatnashadi. Tegishli tartibda arxiv ishi va ish yuritish sohasida xalqaro tashkilotlar aro bitimlarni tuzadi;
- xalqaro, tashkilotlararo kelishuvlarlar loyihalarini tayyorlaydi;
- xalqaro moliya institutlari, chet el hukumatlari grantlaridan foydalanishni eng muhim yo‘nalishlarini belgilaydi;
- arxiv ishi va ish yuritish sohasini rivojlantirish uchun tenderlarni uyushtiradi va unda ishtirok etadi;
- Respublikadagi tashkilot arxivlarini va ish yurituvchi xizmatlarni mutaxassislarini qayta tayyorlashni tashkil etadi;
- Oliy va o‘rta-maxsus professional o‘quv yurtlariga arxiv ishi sohasida sifatli kadrlarni tayyorlashda hamkorlik qiladi;
- fuqarolarni takliflari, arizalari va shikoyatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqishni tashkil qiladi, konsullik so‘rovnomalarini bajarilishini ta’minlaydi.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling