Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini boshqarishni yanada rivojlantirish to‘g‘risida


Download 1.84 Mb.
bet10/76
Sana03.12.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1800283
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   76
Bog'liq
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini boshqarishni yanada rivojlantirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 9 dekabrdagi № UP-3358 “Respublika davlat boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoniga asosan, arxiv ishlarini boshqarish organlarini faoliyatini samaradorligini oshirish maqsadida va arxivlarni moddiy texnika bazalarini mustahkamlash va rivojlantirish uchun Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Bosh Arxiv boshqarmasini (O‘zbosharxivni) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi “O‘zarxiv” Agentligiga aylantirish (kelgusida “O‘zarxiv” Agentligi).
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi O‘zarxiv Agentligini asosiy vazifalarini aniqlash:
- arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish;
- arxiv ishi sohasida qonunchilikni saqlash va uni amalda qo‘llashni ta’minlash, nazoratni amalga oshirish.
- O‘zbekiston Milliy Arxiv fondi hujjatlarini shakllantirishni, saqlashni, davlat hisobini olib borishni ta’minlash;
- Respublika davlat arxivlarini boshqarishni ularni faoliyatini ta’minlash;
- Respublika arxiv ishini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
- arxivshunoslik va arxeografiya sohasidagi uslubiy va ilmiy ishlarni tashkil qilishni, ilmiy izlanishlar natijalarini Respublika arxiv tashkilotlari faoliyatiga tadbiq qilish;
- arxiv ishi sohasidagi ilg‘or tajribalarni, shuningdek xalqaro tajribalarni o‘rganish va tashkil qilish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi “O‘zarxiv” Agentligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Bosh arxiv boshqarmasini xuquq va majburiyatlarida davomchisi qilib belgilansin.
4. Tasdiqlansin:
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” Agentligini tashkiliy tuzilishi va uning Markaziy Apparati tuzilishini 10 kishidan iborat, shuningdek 1-2 ilovaga muvofiq boshqaruv personalini 9 kishi qilib belgilansin.
3-ilovaga muvofiq arxiv ishi bo‘yicha hududiy boshqarmalarni tuzilishini;
4-ilovaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi “O‘zarxiv” Agentligi to‘g‘risidagi qoidani.
“O‘zarxiv” Agentligi bosh direktoriga belgilangan personal miqdori va mexnatga xaq to‘lash fondi doirasida Markaziy Apparat tuzilishiga o‘zgartirishlar kiritish xuquqini berish.

  1. “O‘zarxiv” Agentligi bosh direktorni bitta o‘rinbosarini va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan 5 kishidan iborat kollegiya tashkil qilishga ruxsat berish. “O‘zarxiv” Agentligini bosh direktori statusi Vazirni birinchi o‘rinbosari statusiga, bosh direktor o‘rinbosarini esa Vazir o‘rinbosari statusiga tenglashtirilsin.

  2. Arxiv ishi bo‘yicha hududiy boshqarmalar boshliqlari “O‘zarxiv” Agentligi bosh direktori tomonidan Vazirlar Mahkamasi, viloyat Xokimlari va Toshkent shahar Xokimi bilan kelishilgan holda o‘z vazifasiga tayinlanadi va ozod qilinadi.

  3. “O‘zarxiv” Agentligining Markaziy Apparati va hududiy organlari harajatlarini moliyalash davlat byudjetidan va mavjud qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa manbalardan ta’minlansin.

  4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligiga Respublika byudjetini yillik miqdorini shakllanishda “O‘zarxiv” Agentligini va uning hududiy organlarini moddiy va moddiy texnik bazasini mustahkamlash uchun mablag‘lar ajratishni hisobga olish;

- “O‘zarxiv” Agentligining Markaziy Apparatiga ikkita engil mashina uchun moddiy ta’minoti uchun limitni saqlab turish.
9. “O‘zarxiv” Agentligiga bir oy muddat ichida arxiv ishlari bo‘yicha tegishli hududiy organlarini qayta tashkil qilish va ular to‘g‘risida ko‘rsatmani tasdiqlash.
10. O‘zbekiston Axborot va nashr Agentligiga “O‘zarxiv” Agentligini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat Arxivi kutubxonasi uchun davriy, tarixiy nashrlarni oladigan tashkilotlar qatoriga kiritilsin.
11. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligiga, o‘rta maxsus professional ta’lim Markaziga:
- “O‘zarxiv” Agentligi tizimidagi va boshqa manfaatdor vazirliklar va tashkilotlar bilan shartnoma asosida arxiv sohasida oliy va o‘rta-maxsus mutaxassislarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni, malakasini oshirishni amalga oshirish;
- arxiv ishi bo‘yicha yuqori malakali o‘qituvchilar bilan ta’minlash, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash, oliy ma’lumotli va o‘rta-maxsus ma’lumotli kadrlarni malakasini oshirish;
- O‘zbekiston Axborot va nashr Agentligi bilan birgalikda zaruriy darsliklar, o‘quv dasturlari va “Arxivshunoslik” kursi bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlash.
12. “O‘zarxiv” Agentligining Markaziy Apparatini Toshkent shahri Chilonzor ko‘chasi 2 uyga joylashtirish.
13. Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 30 oktyabrdagi “Arxiv ishi me’yoriy hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi № 482 sonli qarorni № 3 ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
14. Adliya Vazirligiga “O‘zarxiv” Agentligi va manfaatdor vazirliklar, tashkilotlar birga bir oy mobaynida Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarordan kelib chiqqan xolda mavjud qonunchilikka oid qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar to‘g‘risida takliflar berish.
15. Ushbu qarorni bajarish O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri o‘rinbosari A.A. Azizxo‘jaevga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasi Raisi I.Karimov
2004 yil 3 fevral. № 49. Toshkent shahri.
Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 3 fevraldagi “O‘zarxiv” Agentligini tashkiliy tuzilishi to‘g‘risidagi Qaroriga ilova № 1.
Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 3 fevraldagi “O‘zarxiv” Agentligining Markaziy Apparatini tuzilishi to‘g‘risidagi Qaroriga ilova № 2.
Shtatlarning umumiy soni 10 ta, shundan 9 tasi boshqaruv personali.
Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 3 fevraldagi arxiv ishi bo‘yicha hududiy boshqarmalarni tuzilishi to‘g‘risidagi № 49-Qaroriga № 3-ilova.
Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 3 fevraldagi № 49-qaroriga № 4-ilova.
“O‘zarxiv” agentligi to‘g‘risidagi qoidalar:

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling