Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti
Arxivlarda menedjerlar faoliyati (xorijiy tajribA
Download 1.84 Mb.
|
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019
4. Arxivlarda menedjerlar faoliyati (xorijiy tajribA
Qator xorijiy mamlakatlarda arxiv sohasida faoliyat yurituvchi xodimlardan biri bo‘lgan menedjerlar arxivlarni rivojlantirishda alohida ahamiyatga ega hisoblanadilar. Arxivlarda menedjerlar o‘z majburiyatlari bo‘yicha ish ko‘radilar. Masalan, moliyalashtiruvchi menedjer arxivning moddiy sohasiga javob beradi. Yozuvlarni yurituvchi menedjer arxiv hujjatlarini qabul qilish va ro‘yxatga olish bilan shug‘ullanadi. Arxivlardagi moliyalashtiruvchi menedjerlari asosiy shaxslar bo‘lib, ular arxivni kelajakdagi rivoji, uni moliyalash va arxivni to‘g‘ri faoliyat yuritishini ta’minlaydi. Ular arxiv boshqaruvida faoliyat ko‘rsatib, arxiv fondi va byudjetini moliyalashning turli usullari haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar. Arxiv tashkilotini hisobotini tushungan holda, ular arxiv tashkilotini yuqori turuvchi tashkilot va jamiyat oldidagi mas’uliyatini chuqur angalab ish ko‘radilar. Ular turlicha tashkilotlar, mexnat resursi fondlari, foydalanuvchilar va mijozlar bilan to‘g‘ri hamkorlik o‘rnatishi, arxivlar ishini takomillashtirishga doir tadbirlarni olib borishi, xodimlarni arxivlarda ish yuritishni zamonaviy usullariga o‘qitishni, mijozlarga xizmat ko‘rsatish tezkorligini oshirish uchun korporativ saytlarni yaratishni bilishlari zarur. Menedjer tomonidan yuritilayotgan siyosiy hujjatlar va standartlar arxivlarni ularni shaklidan qat’iy nazar barqaror faoliyatini ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Siyosat va standartlar birligi arxivchilar ishini samaradorligini ta’minlaydi. Arxivlar uchun standartlar ishni ichki va tashqi tomondan tashkil qilish uchun qabul qilinib, u o‘ziga xos tomonlarga ega. Bu standartlar va siyosat barcha arxiv tashkilotlari rahbarlari va menedjerlari uchun taqdim qilinib, ular o‘z faoliyatida bularga qat’iy amal qilishlari lozim. Yozuv ishlari menedjeri arxiv jarayoni to‘g‘risidagi, arxiv buyumlari va arxiv to‘g‘risida tashkilotning shtat tarkibi, fondlar tarkibi, arxivdagi materiallarning moddiy qiymati, doimiy va vaqtinchalik saqlanishdagi hujjatlarni, materiallar hajmini, hujjatlarni saqlash qoidalarini, arxiv omborlariga bo‘lgan talablarni, arxiv manbalarini va arxiv potensialini bilishi kerak. Umuman olganda, xorijiy tajribaga asoslanib, quyidagi atamalarga sharhlar keltirish joiz. Arxiv qiymati – arxiv materiallarini saqlash zarurligini belgilovchi qiymat. Arxivlarga quyidagi ta’rifni keltirib o‘tish mumkin: 1) Faoliyati to‘xtatilgan va o‘zgarmas qiymatga ega bo‘lgan va arxiv fondini tashkil qiladigan yozuvlar. 2) Arxiv hujjatlari, yozuvlar joylashgan bino yoki uning bir qismi. Akril – saqlanishda bo‘lgan turli fondlariga, kolleksiyalariga tegishli bo‘lgan arxiv materiallarini olish. Inventarizatsiya – tizimli joylashtirilgan, detallari bo‘yicha ta’riflangan materiallar ro‘yxati bo‘lib, u reestrlar, ro‘yxatlar, katalog, elektron varaq, kitob, harita, mikrofilmlar shaklida bo‘ladi. O‘zgarmaydigan qiymat – elementning dastlabki shaklidagi yoki asl nusxasidagi mohiyati hisoblanadi. U ichki va tashqi qiymatga ega. Arxiv hujjatlarini tashkillashtirish (tashkilot) – arxiv nazariyasi va amaliyoti to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar asosida va xuquqiy me’yorlarini hisobga olgan holda arxiv materiallarini tashkil qilish. U ikkita jarayondan tashkil topadi – klassifikatsiyalash va sistemalashtirish (tasniflash va tizimlashtirish). Klassifikatsiya fondlarni arxiv prinsiplari asosida yig‘ish va tashkil qilishdan iborat. Tizimlashtirish hujjatlarni saralash, raqamlash, faollashtirish, ularni shkaf va stellajlarga joylashtirishni o‘z ichiga oladi. Jamlash – umumiy tavsifi asosida yig‘ilgan hujjatlarni (masalan, predmet, mavzu, ommaviy axborot vositasi) sun’iy to‘planishi. Mazmun – hujjatni intellektual mohiyati bo‘lib, u matn, ma’lumotlar, simvollar, raqamlar, tasvir, ovozni o‘z ichiga oladi. Madaniy qiymat – material sifatida ajratilgan badiiy, tarixiy, ilmiy, diniy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ektlar, kolleksiyalar, na’munalar yoki saytlar. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling