Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti


Hujjatlarni saqlash tizimi taraqqiyoti va tavsifi. Arxiv materiallarini saqlash sharoitlari (xorijiy tajribA


Download 1.84 Mb.
bet26/76
Sana03.12.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1800283
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   76
Bog'liq
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019

Hujjatlarni saqlash tizimi taraqqiyoti va tavsifi. Arxiv materiallarini saqlash sharoitlari (xorijiy tajribA

Arxiv kolleksiyalari qimmatbaho manba hisoblanib, ulardan kelgusida foydalanish uchun, ularni to‘g‘ri boshqarish va saqlash talab qilinadi. Ular maxsus tashkilotlarda saqlanib, ular ham arxiv deb ataladi. Milliy, mahalliy va ofislarni hujjatlarini bularga misol qilib ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, arxivlar boshqa tashkilotlarda, muzey va kutubxonalarda ham saqlanadi. Barcha arxiv kolleksiyalari diniy tashkilotlarda, universitetlar, maktablar, tashkilotlar, xayriya tashkilotlari, sanoat ko‘rgazmalarida ham saqlanadi.
Arxivlar nima uchun muhim?
Arxivlar mamlakat, tashkilot, jamiyat va alohida odamlar uchun muhim ahamiyatga ega. Ular tarixiy voqelik to‘g‘risida dalillarni o‘zida saqlaydi va tarixiy tadqiqotlar uchun qimmatli manba bo‘lib hisoblanadi. Ular bizning xotiramiz hisoblanib bizni jamiyatimizni madaniy, rasmiy va norasmiy tarixini o‘zida aks ettiradi.
Asosiy havflar.
Arxivlar uchun asosiy xavflar bu – yong‘in, suv toshqini, o‘g‘irlik, va ruxsatsiz arxiv binolariga kirish hisoblanadi.
Arxiv binolari mustahkam va yong‘indan ishonchli ximoyalangan bo‘lishi kerak. Omborlar yong‘indan ximoyalangan, eshiklar, devor, shift, pol va derazalar yong‘inga bardoshli bo‘lishi lozim.
Yong‘inni oldini olish uchun nima qilish kerak?
Ochiq kamin, pech, gaz, elektr pechlari va isitish asboblaridan arxiv binosida foydalanmaslik.
Hujjat saqlanadigan joyni eshiklari, devor, shift, pol va derazalari yong‘inga bardoshli bo‘lishi.
4 soatga chidamli yong‘inga qarshi eshiklar bo‘lishi.
Elektr simlar metall quvurlar orqali o‘tgan bo‘lishi.
Elektr zanjirini ishga solish qurilmasi ombor tashqarisida bo‘lishi.
Tutun detektori omborni ichki va tashqi tomonga o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Suv arxivlarni jiddiy shikastlantirishi mumkin. Arxivni suv bosish, suv toshish holatlari binoning tashqi tomonidagi xodisalar yoki quvvurning yorilishi natijasida bo‘lishi mumkin.
Buni oldini olish uchun nima qilish kerak?
Agar bino suv bosish xavfi bo‘lgan hududda joylashgan bo‘lsa, u holda arxiv hujjatlari poldan yuqori joylashtirilgan bo‘lishi kerak. Imkoniyat bo‘lsa hujjatlarni boshqa binoga ko‘chirish kerak.
Stellajlar pol sathidan yuqorida joylashgan bo‘lishi lozim. Suv oquvchi qurilmalar mustahkam o‘rnatilishi kerak. Bino ichidagi suv o‘tkazish quvurlari yaxshi holatda bo‘lishi va ular doimo nazorat qilinishi lozim.
Quvurlar, santexnika va isitish quvurlari hujjat saqlanadigan omborlar orqali o‘tkazilmasligi kerak.
Hujjatlar saqlash hududida suv saqlash rezervlari yoki quvurlar bo‘lmasligi kerak. Hujjatlarni er ostida joylashgan binoda saqlash tavsiya qilinmaydi. Agar saqlanadigan bo‘lsa, hujjatlarni suv bosishini oldini olish choralari ko‘rilishi kerak.
Arxivlardagi o‘g‘irlik holatlari va ruxsat etilmagan kirishlarni oldini olish muhimdir.
Saqlovxona binolari, jovonlar qulflanadigan bo‘lishi, ularga faqat arxivlarni saqlanishiga javobgar shaxslarga kirishga ruxsat berilishi kerak. Arxivlar va joriy yozuvlar ulardan ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilingan bo‘lishi, bu ruxsati bo‘lmagan shaxslarni hujjatlardan noqonuniy tarzda foydalanishni oldini oladi.
Arxiv hujjatlarini saqlash xavfsizligi barcha turdagi yozuvlar va hujjatlarga taaluqli bo‘lib, u “axborot xavfsizligi” deyiladi.
Buning uchun nima qilish kerak?
Arxiv hujjatlarini saqlaydigan joy, undan foydalanmaydigan vaqtda doimo yopiq holda bo‘lishi, saqlash hududiga odamlarni kirishi doimo nazoratda turishi, agar saqlash zonasi alohida xonalarda joylashgan bo‘lsa, ularga javobgar shaxslarni biriktirilishi, ularni ruxsatisiz biror-bir arxiv elementi o‘rnidan boshqa joyga olinmasligi, agar arxiv elementi olinsa u to‘g‘rida batafsil ma’lumot qoldirilishi, hujjatlarni olish va topshirish reestlari saqlanishi va barcha arxiv hududlari nazorat qismini talab qilinadi.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling