Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti
Download 1.84 Mb.
|
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- DOIMIY SAQLASH UCHUN HUJJATLARNI SARALASH VA BAHOLASH HUJJATLAR QIYMATINI EKSPERTIZASINI TASHKIL QILISH HUJJATLAR SAQLASH TIZIMI TARAQQIYOTI VA TAVSIFI
- 3. Hujjatlarni saqlash tizimi taraqqiyoti va tavsifi. Arxiv materiallarini saqlash sharoitlari (xorijiy tajribA. Kalit so‘zlar
- Doimiy saqlash uchun hujjatlarni saralash prinsiplari Hujjatlarni baholash (xorijiy tajribA
Savol va topshiriqlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondi, bu nima degani? 2. Milliy Arxiv fondida ishlarni tashkil qilishning uchta bosqichi haqida gapirib bering. 3. Arxiv hujjatlarini tashkil qilishni uchinchi bosqichini ta’riflang. 4. Arxiv hujjatlarini tasniflash va tizimlash degana nimalarn nazarda tutiladi? 7. Arxiv hujjatlarini fondlash bo‘yicha ma’lumot bering. 8. Hujjatlarni qaysi fondga tegishliligini aniqlash jarayonini nimalardan tashkil topgan? 5-MAVZUDOIMIY SAQLASH UCHUN HUJJATLARNI SARALASH VA BAHOLASH HUJJATLAR QIYMATINI EKSPERTIZASINI TASHKIL QILISH HUJJATLAR SAQLASH TIZIMI TARAQQIYOTI VA TAVSIFI Reja: 1. Doimiy saqlash uchun hujjatlarni saralash. Hujjatlarni baholash (xorijiy tajribA. 2. Hujjatlar qiymati ekspertizasini o‘tkazish. 3. Hujjatlarni saqlash tizimi taraqqiyoti va tavsifi. Arxiv materiallarini saqlash sharoitlari (xorijiy tajribA. Kalit so‘zlar: baho, qiymat, hujjatlar qiymatini ekspertizadan o‘tkazish, ekspert-nazorat komissiyasi, saqlash muddati, yo‘q qilish, saqlovxona, qurilma, hujjatlarni ximoya qilish, saqlash sharoitlari. Doimiy saqlash uchun hujjatlarni saralash prinsiplari Hujjatlarni baholash (xorijiy tajribA Rivojlangan xorijiy davlatlarda Milliy Arxiv va uning hamkor tashkilotlari katta hajmdagi hujjatlarni muntazam tarzda qabul qiladilar va shakllantiradilar. Bu hujjatlar muhim ma’lumot beruvchi hujjatlar hisoblanadi. Shuni nazarda tutgan holda, arxiv xodimlari hujjatlarni o‘rganish va ularni tashkil qilishga, ularga to‘g‘ri texnik xizmat ko‘rsatishga, ularni aniq hisobini yuritishga alohida e’tibor qaratishi lozim. Hujjatlarni aniqlik bilan yuritish ularni dalil sifatidagi qiymatini oshiradi va jamiyatning qo‘yidagi manfaatlarini qondiradi: - jamiyatni manfaatini; - biznes manfaatini; - joriy va kelajakdagi tashkiliy talablarni (ierarxiyA; - turli so‘rovlarni bajarilishini; - ilmiy tadqiqotlar olib borishni. Barcha xodimlar qonunchilikni, me’yorlarni, hujjatlarni tashkil qilishdagi hisobotni, ish hajmini to‘liq qamrab olishni, texnik xizmat ko‘rsatishni bilishi zarur. Samarali baholash, ayniqsa raqamli muhitda yaxshi tashkil qilingan yozuvlarga hujjatlarni turlarga ajratishga bog‘liq. U ikkita jarayondan iborat: - Doimiy saqlanadigan hujjatlarni aniqlash; - Hujjat va yozuvlarni vaqtinchalik saqlash uchun ajratish va yo‘q qilishdan tashkil topadi. Baholash – bu hujjatlarni muhimligini va saqlanish muddatini aniqlash va shu bilan uni vaqtinchalik, doimiy saqlash yoki yo‘q qilishni aniqlash. Baholash muhim ahamiyat kasb etib, kelgusida fuqarolarni tashkilot, biror bir jarayon, jamiyat va xalq xotirasi uchun muhim bo‘lgan jarayonlar to‘g‘risida ma’lumotlar olishini ta’minlaydi. Baholash siyosati maqsadi – hujjatlashtirish uchun arxiv hujjatlarini arxivlarga uzluksiz qabul qilishdagi hamkorlikni, hujjatlar bilan ishlash, boshqarish jarayonlarini qayd qilib borishni ta’minlashni, arxiv hujjatlarini qiymatiga ko‘ra saqlab qolishni yoki yo‘q qilishni qonunchilik asosida olib borishni ta’minlashga yordam berishdan iborat. Hujjatlarni qiymatini aniqlashda davlat, jamiyat va xalq manfaatlarini va Milliy Arxiv fondini hisobga olish lozim. Shuningdek, xususiy va davlat arxivlarining o‘ziga xos tomonlarini hisobga olish kerak. Hujjatlarni baholashni o‘tkazishda, avvalo hujjatni va yozuvlarni arxiv qiymati aniqlanadi. Xorij tajribasida hujjatlar qiymatini aniqlash ishlari O‘zbekistonda shu yo‘nalish bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan jarayonlar bilan ancha o‘xshashdir. Xususan, quyidagilar chet el arxiv sohasiga xos. Arxiv qiymati – bu tarixiy yoki boshqa o‘zgarmas qiymat hisoblanib, u arxiv hujjatini saqlanish muddati tugagandan so‘ng ham doimiy saqlanishiga kafolat beradi. Hujjatlarni baholashni o‘tkazishda hujjatlar ikki guruhga bo‘linadi: doimiy saqlanishdagi va vaqtinchalik saqlanishdagi hujjatlar. Doimiy saqlanish (doimiy yozuvlar) – arxiv qiymatiga ega bo‘lgan hujjatlar. Vaqtinchalik saqlash (vaqtinchalik yozuvlar) – tezda yoki muayyan muddat o‘tgandan so‘ng yo‘q qilishga mo‘ljallangan hujjatlar. Baholash ikki maqsadni o‘z ichiga oladi: 1. U nimani saqlash va qancha saqlash kerak, degan savoldan iborat. Bu kelgusida foydalanish uchun “baholash” sifatidan ma’lum bo‘ladi. 2. U arxivlarda doimiy saqlash uchun qaysi hujjatlarni ajratishni belgilaydi. Umuman olganda, “baholash” so‘zi hujjatlarni ulardan kelgusida foydalanish uchun qiymatini aniqlash jarayonini anglatadi. Baholash bilan birga hujjatning o‘zgarmas qiymatini aniqlash jarayoni ham amalga oshiriladi. O‘zgarmas qiymatni aniqlash uchun baholanayotgan hujjatdan arxivda turli maqsadlarda foydalanilishi darajasini bilish darkor. Bu ikki jarayon bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bir vaqtni o‘zida yuz beradi. Muayyan toifadagi hujjatlarni yaratishda, masalan, bayonnomalarni yozishda, bu hujjatni uni yaratuvchilariga va foydalanuvchilarga qancha vaqt mobaynida kerak bo‘lishini aytish qiyin emas. O‘zida faktlar va dalilarni aks ettirgan hujjatlarni o‘zgarmas qiymatga ega bo‘lgan hujjatlar qatoriga qo‘shish mumkin. Sababi, ular har doim izlanishlar olib borish uchun muhim hisoblanadi. Barcha hujjatlarni ham yaratilishi vaqtida ularni qancha vaqt ishlatilishini oldindan aytib bo‘lmaydi. Shuning uchun bu toifadagi hujjatlar vaqtinchalik saqlashda bo‘ladi. Baholash jarayoni aniq ishlab chiqilgan reja va qat’iy nazorat ostida amalga oshirilishi kerak, aks holda arxivlar hujjatlar bilan to‘lib-toshib, hujjatlarni izlash ishlari va so‘rovnomalarni bajarish murakkablashadi va arxiv faoliyati izdan chiqadi. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling