Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti


Download 1.84 Mb.
bet31/76
Sana03.12.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1800283
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   76
Bog'liq
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019

2. Arxiv fondlarini butlash.
Butlash – bu arxivni doimo uning yo‘nalishiga mos hujjatlar bilan to‘ldirib borishdir.
Arxiv yo‘nalishi deganda O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondi hujjatlarini ularning o‘ziga xos tomonlari bo‘yicha klassifikatsiyasini belgilaydigan tarkibi tushuniladi.
Butlashning asosiy maqsadi har bir arxiv sohasiga ko‘ra hujjatlarni ko‘proq to‘plash hisoblanadi. Arxivlarni butlashni manbai bu – yuridik va jismoniy shaxslardir; ularning faoliyati natijasida to‘plangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondini tashkil qiladi. Bu hujjatlar arxivlarga majburiy yoki shartnoma asosida doimiy saqlash uchun topshiriladi. Arxivlarni butlash yuridik va jismoniy shaxslarning arxiv hujjatlari ro’yxatlari asosida amalga oshiriladi.
Butlash manbalari – o‘z hujjatlarini davlat va tashkilot arxiviga topshiruvchi tashkilot yoki shaxs hisoblanadi. Butlash manbalari davlat yoki nodavlat tashkilotlari bo‘lishi mumkin.
Butlashni tashkil etish.
Hujjatlarni tashkilot arxiviga saqlashga topshirish.
Tashkiliy tuzilmalarning hujjatlari ishlatib bo‘lingandan so‘ng saqlash uchun ushbu tashkilot arxiviga, ya’ni idoraviy arxivga topshiriladi.
Tashkilotda ish yuritishdan to‘xtagan hujjatlar, shuningdek shaxsiy tarkib hujjatlari mazkur idora arxiviga 10 yildan oshiq muddatga saqlash uchun topshiriladi. Idoraviy arxivlariga hujjatlarni topshirish tashkiliy tuzilmada tuzilgan ro’yxat asosida amalga oshiriladi.
Qo‘yida idora arxivida saqlanadigan hujjatlarni saqlash muddati ko‘rsatilgan:
- fuqarolik holatlarini yozish dalolatnomasi, shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar, notarial yozuvlar va sud ishlari qog‘ozlari, xo‘jalik kitoblari – 75 yil;
- ilmiy, texnologik, patent hujjatlari – 10 yil;
- konstruktorlik hujjatlari – 15 yil;
- kapital qurilish bo‘yicha loyiha hujjatlari – 25 yil;
- telemetrik hujjatlar – 5 yil;
- kino, video, fotohujjatlar – 3 yil;
- elektron hujjatlar – 5 yil.
Davlat arxivlariga tashkilotlardan arxiv hujjatlari ro’yxat bo‘yicha doimiy saqlash uchun idora arxivi ekspert tekshiruv komissiyasining xulosasi va topshirish hamda qabul qilish aktlari asosida qabul qilinadi.
Har bir tashkilotdan davlat arxivlariga hujjatlarni topshirish har yili yoki uch, besh yilda bir marta amalga oshiriladi (bu fond tashkil qiluvchini hujjatlari hajmiga bog‘liq). Tashkilotlardan hujjatlarni qabul qilish grafik (jadval) asosida amalga oshiriladi. Davlat arxivini hujjatlar bilan butlash bir necha bosqichda bo‘ladi. Avvalo davlat arxivining ekspert-nazorat komissiyasi arxivga topshiriladigan hujjatlar ro’yxatini tasdiqlaydi (bu ro’yxat nusxasi davlat arxivida saqlanadi). So‘ngra idoraviy arxivga davlat arxivi xodimi borib hujjatlarni jismoniy, sanitar-gigienik holatini aniqlaydi va ularni rasmiylashtiriladi. Nixoyat, hujjatlar ro’yxat asosida doimiy saqlash uchun topshiriladi. Agar ro’yxatdagi hujjatlar soni topshiriladigan hujjatlardan ko‘p bo‘lsa, u holda yangi ro’yxat tuzilib, idoraviy arxiv etishmayotgan hujjatlar to‘g‘risida ma’lumotnoma tuzadi. Hujjatlarni saqlashga topshirish va hujjatlarni qabul qilish dalolatnomasi ushbu jarayonda asosiy hujjat sanaladi. Dalolatnomada hujjatlarni topshiruvchi tashkilot, hujjatlarni topshirish sababi (saqlash muddatini tugashi yoki tashkilotni tugatilishi) va topshiriladigan hujjatlarni aniq soni ko‘rsatiladi. Dalolatnoma ikki nusxada tuzilib davlat va tashkilot arxivlarini vakillari tomonidan imzo chekiladi.
Dalolatnomaga hujjatlar ro‘yxati ilova qilinadi va u to‘rt nusxada tuzilishi lozim. Ro’yxatning bir nusxasi idora arxivida qoladi. Davlat arxiviga topshirilgan ro’yxatning qolgan uch nusxasiga ham hujjatlarni topshirilganlik to‘g‘risida belgi qo‘yiladi.
Arxiv fondiga nodavlat manbalaridan hujjatlar qabul qilishni o‘ziga xos tomonlari bo‘lib, tajriba shuni ko‘rsatadiki, bu fond tashkil qiluvchilarning hujjatlari me’yoriy talablaning barchasiga ham javob berolmaydi, shu sababdan bunday idoralardan hujjatlarni qabul qilish jarayoni hujjatlar ish yuritishdan to‘xtaganidan so‘ng 5 yil o‘tgach qabul qilish tavsiya qilinadi.
Hujjat egalari hujjatlarni davlatga, davlat muzeylari va kutubxonalariga topshirishlari mumkin. Bunda hujjatlarga egalik huquqi arxiv tashkilotlari bilan shartnoma asosida rasmiylashtiriladi. Zarur bo‘lganda hujjatlarni saqlash va ulardan foydalanishga cheklashlar kiritilishi mumkin. Bu holat shaxsiy ma’lumotlar, savdo siri, mualliflik huquqiga ega bo‘lgan hujjatlarga tegishli.
Shaxsiy hujjatlarni ham davlat arxivlariga sovg‘a qilish, meros qoldirish, sud yoki notarial idora qaroriga ko‘ra, yoki hujjatlar egasiz bo‘lsa, oldi-sotdi shartnomasi asosida topshirilishi mumkin. Shaxsiy hujjatlar vaqtinchalik saqlanishga (depozit) hujjat egasini arizasiga asosan topshirilishi mumkin. Hujjatlarni qabul qilishda topshirish to‘g‘risida topshirish va qabul qilish dalolatnomasi tuzilib unga hujjatlar topshirish bo‘yicha ro’yxat ilova qilinadi.
Arxiv va hujjat egasi o‘rtasidagi shartnoma muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning asosida hujjatlar davlat mulkiga topshiriladi. Shuning uchun hujjat egasi bilan shartnomani har bir bandini batafsil muhokama qilish lozim.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling