Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti
Download 1.84 Mb.
|
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019
Ro’yxatga olish jurnalidan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida so‘rovnomalar ro’yxati va turlarinni oldindan ishlab chiqish lozim. Qayd qilish bo‘yicha yozuvlar jurnalga (kartotekagA so‘rovnoma olingan vaqti va uni bajarilgandan so‘ng yozib qo‘yiladi. Agar arxiv direktorini ro’yxati bilan so‘rovnomani bajarish muddati uzaytirilgan bo‘lsa, bu xaqda jurnalga belgi qo‘yiladi. Birlamchi hisobga olish shakllaridan o‘quv zalida foydalanish qulay, sababi o‘quvchi o‘quv zalidan foydalanuvchilarni ro’yxatga olish jurnali bilan tanishib chiqadi, unda arxivga murojaat qilgan sana, o‘zini familiyasi, ismini ko‘rsatadi va imzo chekadi.
Shundan so‘ng u o‘quv zali xodimiga tashkilot nomidan xatni taqdim qiladi. Xatda arxivda ishlashga ruxsat berish, so‘ralgan tadqiqot, mavzu to‘g‘risida iltimosnoma keltiriladi. Agar arxivga murojaat shaxsiy masalada bo‘lsa, u holda foydalanuvchi arxiv direktori nomiga shaxsiy ariza yozadi. O‘quvchining tadqiqot mavzusi o‘zgargan taqdirda, u yangi ariza yozadi. Chet ellik tadqiqotchilar chet el ilmiy tashkiloti yoki diplomatik vakolatxona xati bo‘yicha qabul qilinishi lozim. SHundan so‘ng tadqiqotchi o‘quv zali qoidalari bilan tanishtiriladi va tadqiqotchi anketasini to‘ldiradi. Anketaga tadqiqotchining familiyasi, ismi, sharifi, tug‘ilgan sanasi, ish joyi, mansabi, ma’lumoti, ilmiy darajasi, tadqiqot mavzusi, yo‘nalishi va o‘quvchi bilan bog‘lanish mumkin ma’lumotlar kiritiladi. Anketa so‘ngida tadqiqotchi o‘quv zali qoidalariga rioya qilishni, o‘z ishida arxiv hujjatlaridan foydalanganlikni ko‘rsatib o‘tish va arxivga tadqiqotlar nusxasini taqdim qilish va hujjatlarni arxiv bilan shartnoma tuzmay nashr qilmaslik to‘g‘risida tilxat beradi. Har bir foydalanuvchi uchun arxivda o‘quvchining shaxsiy yig‘majildi yuritilib, unga qo‘yidagi hujjatlar kiritiladi: O‘quv zaliga kirishga ruxsat berilganlik to‘g‘risida direktor imzosi qo‘yilgan ariza yoki rasmiy xat, foydalanuvchining hujjatlar bilan, shu bilan birga maxfiy hujjatlar bilan ishlash tartibi, saqlash to‘g‘risidagi majburiyat anketasi, hujjatlarga buyurtmalar, hujjatlardan nusxa ko‘chirishga buyurtmalar. Foydalanuvchining shaxsiy yig‘majildidagi ma’lumotlar yil oxirida foydalanuvchilarni hisobga olish bo‘yicha maxsus hisob varag‘iga jamlanadi. Kartochkaga foydalanuvchini tadqiqot mavzusi, foydalanuvchini ismi, familiyasi, shaxsiy jild raqami, ilmiy darajasi, uni jo‘natgan tashkilot nomi, arxivda hujjatlardan foydalangan vaqti, maqsadi va u tomonidan foydalanilgan fondlar raqamlari ko‘rsatiladi. Arxiv saqlovxonalaridagi hujjatlardan foydalanish uchun, o‘quvchi tomonidan maxsus shakl bo‘yicha talabnoma to‘ldiriladi. Talabnoma foydalanilgan hujjatlarni hisobga olish shakli ham sanaladi. Shu sababga ko‘ra, talabnomani birinchi qismini, ya’ni foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘ldirishga e’tibor berish kerak. O‘quvchi arxiv hujjatlaridan foydalanib bo‘lganidan so‘ng foydalanish varag‘ini to‘ldirish lozim. U yig‘majild muqovasining ichkari tomoniga biriktirilgan bo‘ladi, foydalanish varag‘ida yig‘majildning joyi va arxiv shifri keltiriladi. Hujjatdan foydalanish varag‘i qimmatli tarixiy manba bo‘lib, unda ushbu hujjatdan foydalanilgan o‘quvchilarning familiyasi, tadqiqot mavzusi qayd etilgan bo‘ladi, tadqiqot olib borgan taniqli fan arboblarining maqola, monografiya va boshqa ilmiy ishlari ko‘rsatiladi. Agar foydalanish varag‘i toza bo‘lsa, unda o‘quvchi ushbu mavzuni tadqiq qiluvchi birinchi shaxs hisoblanadi. Ayrim arxivlarda foydalanuvchi foydalanish varag‘ini to‘ldirmaguncha hujjatlar saqlanishga topshirilmaydi. Unda foydalanish sanasi, foydalanuvchini familiyasi, ish turi (nusxa olish, kuchirma, ko‘rish) va foydalanilgan varaqlar raqamlari ko‘rsatilishi joiz. Hujjatlardan nusxa ko‘chirish to‘g‘risidagi ishlar to‘g‘risidagi axborot nusxalarni hisobga olish jurnaliga qayd qilib boriladi. Arxivning noshrlik faoliyati arxiv nashrlari hisobini olish kartochkasi yordamida qayd qilib boriladi. Kartochkada nashr nomi, uning turi va shakli, uni tayyorlashda qatnashuvchi tashkilotlar nomi, tahririyat jamoasi, tuzuvchilar, adadi, taqrizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd qilinadi. Kartochka nashriyot bo‘limi tomonidan olib boriladi. Arxivda ko‘rgazmalar, ekskursiyalar, ma’ruzalar o‘tkazish bo‘yicha ishlari hujjatlardan foydalanish hisobini olish kartochkasi yordamida ro‘yxatga olinadi. Har bir tadbir uchun tuziladigan kartochkada (ko‘rgazma, ekskursiya, ma’ruza, tashabbus xati) foydalanishning shakli va maqsadi, mavzu, tadbirlarni o‘tkazish joyi, sana, tashrif buyuruvchilar soni, tayyorlangan axborot hujjatining turi va tadbirni tayyorlashda ishlatilgan fondlarning shkaflari ko‘rsatiladi. Arxivchi axborot hujjatlarini hisobga olishni maxsus jurnali, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni hisobga olish jurnali, arxiv ma’lumotnomalari va nusxalaridan ko‘chirmalarni hisobga olish jurnalini yuritish mumkin. Yil tugashi bilan birlamchi hisobga olish shakllari yig‘ilib tahlil qilinadi. Buning uchun hujjatlardan foydalanganlikning umumlashtirilgan qayd qilish shakllari tuziladi. Davlat arxivlarida bu ishlarni har tomonlama tahlil qilish uchun ilmiy axborot va foydalanish bo‘limini tashkil qilish tavsiya etilib, bu bo‘lim yil tugashi bilan foydalanishni hisobga oluvchi barcha birlamchi hujjatlar tugashi zarur bo‘ladi. Bu bosqichda yig‘ma statistik jadvallar tuziladi. Shuni ta’kidlash kerakki, foydalanishni qayd qilishning boshlang‘ich shaklidan farqli o‘laroq bu jadvallarning shakli va tarkibidagi ma’lumotlar me’yoriy jihatdan hech qaerda ko‘rsatilmagan. Shuning uchun arxivda hujjatlardan qaysi yo‘nalishda foydalanishni tahlil qilish muhimligini hal qilishi lozim. Yo‘nalishlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, ish ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Har bir arxiv o‘zini usulini ishlab chiqadi, ammo arxivlar tajribasini o‘rganish asosida bir necha tavsiyalar berish mumkin: Har bir ko‘rsatkich bo‘yicha yig‘ma jadvaldagi har bir ko‘rsatkich yig‘indisini yil oxirida jamlash kerak (masalan yil davomida o‘tkazilgan ko‘rgazmalar, yil davomida berilgan jildlar soni va x.k), yil davomidagi o‘sishni belgilovchi bir qator ko‘rsatkichlar ham mavjud (masalan, o‘quv zaliga keluvchilarni mavsumiy farqlanishi). Shu bilan birga arxivda ma’lumotlardan foydalanishni manzarasini aniqlash uchun 5-10 yil davomidagi yig‘ma ma’lumotlarni keltirish kerak, aksincha barcha statistik ishlar bexuda bo‘ladi; ishonchlilikni oshirish uchun vaqtinchalik jadvallardan foydalanish mumkin. Arxivda foydalanilgan hujjatlarni tahlili juda katta mexnat talab qiladigan ish hisoblanadi, buning uchun kompyuterdan foydalanish va statistik dasturlar hamda elektron jadvallarni o‘zlashtirish kerak. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling