Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti
Download 1.84 Mb.
|
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019
Saqlash va o‘rash.
O‘rash arxivlarini qo‘shimcha qatlam bilan o‘rashni bildiradi. Ular arxiv hujjatlarini quyosh nuri va ifloslanishidan ximoya qiladi. SHuningdek u hujjatlarni shikastlanishidan, zararli xashorat va namlikdan ximoya qiladi. Buning uchun arxiv qutilari va boshqa materiallar ishlatiladi. Tarkibida oz mikdorda kislota bo‘lgan arxiv qutilari va o‘ram materiallari arxivlarni professional me’yorlarda ximoya qilish uchun mo‘ljallangan. Agar siz maxsus korobkalardan foydalanmagan bo‘lsangiz, u holda toza karton korobkasidan foydalanishingiz mumkin. Bu korobkalar arxivlar va fayllarni qisqa vaqt mobaynida saqlash uchun xizmat qiladi. Korobkalarni xech qachon hujjatlar bilan to‘ldirmaslik lozim, hujjatlarni shikastlanishi va xodimlarni sog‘ligi va xavfsizligiga xavf tug‘diradi. Agar arxivlarni saqlash uchun maxsus qutilar bo‘lmasa, u holda ularni fotonusxa qog‘ozlarida ham vaqtinchalik saqlash mumkin, ular hujjatlarni shikastlanish, chang va yorug‘likdan ximoya qiladi. Ovqat solingan korobkadan foydalanish tavsiya qilinmaydi, chunki u xasharotlarni o‘ziga jalb qilishi mumkin. Fotosuratlar va sinuvchi hujjatlar arxiv poliefir cho‘ntaklarida saqlanishi kerak. Kumush qog‘oz fotoalbomlardagi suratlarni ximoya qilish uchun ularni varoqlari orasiga qo‘yiladi. Vaqtinchalik o‘ram iloji boricha tezroq arxiv o‘ramlari bilan almashtirilishi lozim. Havfsiz kirishni ta’minlash. Shaxsiy va konfedensial ma’lumotlarga xavfsiz kirish. Hamma arxivlar ham darhol ulardagi hujjatlardan foydalanish uchun ruxsat beradilar, deyish xatodir. Agar ularda shaxsiy va konfedensial ma’lumotlar bo‘lsa u holda arxivga kirishga cheklash joriy qilish lozim. Agar bunda aniqlik bo‘lmasa, bu masalani mutaxassis bilan xal qilmaguncha hujjatlardan foydalanishda cheklov yoki uni konfedensial qilmaslik lozim. Hujjatlardan foydalanishni ta’minlash. Hujjatlar bilan ishlash va ulardan foydalanish to‘g‘ri tashkillashtirilishi lozim. Noto‘g‘ri foydalanish hujjatning xavfsizligi uchun eng asosiy xavf hisoblanadi. Shuning uchun hujjatdan foydalanuvchi shaxslar doimo nazoratda turishi kerak. Siz arxivga kirishi ruxsat berilgan odamlar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishingiz kerak. Arxivdan foydalanuvchilar arxiv hujjatlari bilan extiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishi, o‘quv zalidan o‘quvchilar u erdagi qoidalarga qat’iy rioya qilishi, o‘quv zaliga oziq-ovqat va ichimliklarni olib kirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Saqlash sharoiti va konservatsiyalash. Materiallarni qoniqarsiz sharoitda saqlash ham arxivlarga xavf solishi mumkin. Arxivlar salqin, quruq, tabiiy va sun’iy yorug‘likni minimal ta’sirida mo‘‘tadil sharoitda saqlanishi lozim. Shuningdek hujjatlar tegishli tartibda joylashgan bo‘lishi kerak. Yaxshi sharoitda saqlanadigan hujjatlar chang, mog‘or va xasharotdan zararlanishdan muxofaza qilingan bo‘ladi. Atrofdagi yomon sharoit, notug‘ri o‘ram va arxiv hujjatlarini vaqti o‘tishi bilan buzilishiga olib keladi. Saqlash sharoiti. Yuqori harorat va havo namligi arxiv materiallarini kimyoviy o‘zgarishini kuchaytirib, ularning emirilishiga olib keladi. Harorat va namlik mo‘tadil bo‘lishi kerak, chunki xavo namligi 65 % yuqori bo‘lganda mog‘or kolleksiyalarga tarqalib, ularga sezilarli zarar etkazishi mumkin. Qog‘oz va pergament 40 % kam bo‘lgan namlikda saqlanmasligi kerak, chunki ular vaqt o‘tishi bilan qurib, sinuvchan holga kelishi mumkin. Fotosuratlar va plyonkalar 30-35 % havo namligida saqlanishi lozim. Ular yorug‘lik tushishidan saqlanishi kerak. Arxivlarni ximoya qilish. Arxiv o‘ramlari yordamida materiallarni uzoq vaqt saqlash mumkin. Saqlash xonalarini me’yorlar talablariga javob berishi uchun xonalarda havoni aylanishini yaxshilash, hasharotlarni paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, oddiy qurilmalar ham xasharotlarni, harorat va nisbiy namlikni nazorat qilishi mumkin. Quriqlovchi tizim signalizatsiyasi arxivda o‘g‘irlikni sodir bo‘lishini oldini oladi. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling