Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti
Hujjatlar qiymati ekspertizasini o‘tkazish
Download 1.84 Mb.
|
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019
Hujjatlar qiymati ekspertizasini o‘tkazish
Hujjatlarni qiymat prinsiplari va mezonlari asosida o‘rganish, ularni saqlash muddatini aniqlash va ularni davlat saqlanishiga olish uchun saralab olish jarayoni hujjatlar qiymati ekspertizasi deb ataladi. Hujjatlar qiymati aniqlash ekspertizasini yakuni – bu mamlakatimizni arxiv fondi va davlat arxiv jamg‘armalarini butlashdir. Ekspertiza natijasida davlat arxivlarida yig‘iladigan arxiv fondlari shakllanadi. Hujjatlarni qiymatini ekspertizasi uch bosqichda o‘tkaziladi: ish yuritishda tashkilotda davlat arxivlarida. Maqsadli kompleks ekspertiza – bir necha fondlarda hujjatlarni takrorlanishini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi: - bir tashkilotga bo‘ysunuvchi korxonalarda; - bir hududda faoliyat ko‘rsatuvchi bir xil tashkilotlarda (masalan, bir xudduddagi maktablar); - qarindosh-urug‘chilik va shaxsiy munosabatlar bilan bog‘liq hujjatlar ko‘rilganda. Bunday yondashuvni turli tashkilotlardan yuzlab va minglab fondlar keladigan davlat arxivlarida amalga oshirish mumkin. Hujjatlar qiymatini aniqlash ekspertizasi natijasida ikki guruhdagi hujjatlar ajratiladi: - Doimiy va uzoq vaqt saqlanadigan (75 yil) hujjatlar; - Yo‘q qilishga mo‘ljallangan hujjatlar. Yo‘q qilishni lozim bo‘lgan hujjatlar uchun dalolatnoma tuziladi, doimiy va uzoq saqlanadigan hujjat uchun ro‘yxat yoziladi. Dalolatnomalar va ro’yxatlar ekspert-nazorat komissiyasi tarkibidagi ekspert komissiyasi muhokamasiga kiritiladi. Hujjatlar qiymatini ekspertizasi mezonlari bu – ilmiy asoslangan belgilar tizimi bo‘lib, u asosida hujjatni qiymati aniqlanadi. Barcha mezonlar uchta katta guruhga bo‘linadi: - hujjatlarning kelib chiqish mezonlari; - hujjatlarni saqlash mezonlari; - hujjatlarning tashqi o‘ziga xos tomonlari mezonlari. Shaxsiy hujjatlarda ekspertiza o‘tkazishni o‘ziga xos tomonlari. Shaxsiy hujjatlarni ekspertizasini o‘tkazishda avvalo fond qiymati aniqlanib, so‘ngra hujjatlarni baholash o‘tkaziladi. Shaxsiy hujjatlar nafaqat real voqelikni, balki unga muallifning munosabatini, ijtimoiy holatini, qarashlarini aks ettiradi. Tarixiy voqealar bizning ko‘z o‘ngimizda individual munosabatlar shaklida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun tashqi dunyo voqeliklarni shaxsiy arxiv hujjatlarida o‘zini ob’ektiv harakterini yo‘qotmagan holda sub’ektiv harakter ham kasb etadi. Hujjatlar ro’yxati (opiC bu – tashkilot, korxona, muassasalarni hujjatlarni me’yoriy saqlanishi va muddati ko‘rsatilgan yoki hujjat tarkibi ko‘rsatilgan va davlat tomonidan saqlanishi majburiy bo‘lgan hujjatlarni tizimlashtirilgan ro’yxatidir. Ro‘yxat (opiCning tuzilishi: har qanday ro’yxat asosiy qism va ma’lumot apparatidan tuziladi. Ro‘yxat (opisning) Asosiy qismi “ta’riflovchi bo‘lim” deb ham ataladi, unda tashkilot yoki tarmoq, sohaning faoliyati bilan bog‘liq bo‘linmalariga ko‘ra hujjatlarining ro‘yxati beriladi. Ro’yxatdagi ta’riflovchi bo‘limlar hujjatning tartib raqami, nomlanishi, turi, hujjatlarning davriy chegarasi, ulardagi varaqlar soni, saqlanish muddati, hujjatni saqlanish muddatini aniqlaydigan izohni o‘z ichiga oladi. Ro‘yxat (opiCning Ma’lumot apparatiga quyidagilar kiritilishi lozim: titul varaq, sarlavha, mundarija, so’z boshi, shartli qisqartmalar ro’yxati, ko’rsatkichlar. Xodimlarni shaxsiy ishi (delosi)dagi hujjatlar tizimi namunaviy ro‘yxati qo‘yidagicha bo‘ladi: - kadrni hisobga olishni shaxsiy varaqasi yoki anketa; - kadrlarni hisobga olish shaxsiy varaqasiga qo‘shimcha; - tarjimai hol; - ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat nusxasi; - rezyume, harakteristika, tavsiyanoma (agar bo‘lsA; - ishga qabul qilish to‘g‘risida ariza; - mehnat shartnomasi (ish beruvchi nusxasi); - ishga qabul qilinganlik to‘g‘risida bo‘yruqdan ko‘chirma (bo‘yruq nusxasi); - namunaviy yoki shaxsiy lavozim yo‘riqnomasi; - moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma (moddiy javobgar shaxslar uchun); - boshqa ishga o‘tish sababini ko‘rsatuvchi materiallar; - boshqa ishga o‘tish uchun ariza; - mehnat shartnomasiga qo‘shimcha shartnoma; - o‘tish nusxasi; - bo‘yruq nusxasi; - rag‘batlantirish va mukofotlash; - mansab va kasbini almashtirish; - attestatsiya hujjatlari ko‘chirmasi (xulosa, attestatsiya listlari); - ishdan bo‘shash uchun ariza (nusxasi); - ishdan bo‘shagani to‘g‘risidagi bo‘yruq nusxasi. Shaxsiy yig‘majildda hujjatlar davriy ketma-ketlikda tikiladi. Shaxsiy yig‘majild to‘la rasmiylashtiriladi: u mustahkam ip bilan qattiq muqovaga 4 ta teshib tikiladi, varaqlar oddiy qalamda varaqning o‘ng tomonidan burchak qismida raqamlanadi. Hujjatni ichki ro’yxati tuziladi, tasdiqlovchi varaq (list), yig‘majild muqovasiga qora siyoh bilan yoziladi (tashkilot nomi, yig‘majildni qayd qilish indeksi, ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatishni so‘nggi sanasi). Shaxsiy yig‘majild hujjatni ichki ro’yxatidan boshlanib, tasdiqlovchi varaq bilan tugaydi. Namunaviy boshqaruv hujjatlari ro‘yxatida shaxsiy yig‘majildni saqlanishini ta’minlash maqsadida, ular shaxsiy yig‘majildlarni hisobga olishni qayd qilish daftariga yoziladi. Shaxsiy yig‘majildlar shaxs to‘g‘risida ma’lumotlarni saqlagan holda kadrlar xizmatida qa’iy hisobot hujjati sifatida saqlanadi va ularni faqat ayrim kishilar, ya’ni arxiv xodimlari yoki tegishli ruxsatnomaga ega shaxslar ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Xodimlarni shaxsiy yig‘majildlari 75 yil, tashkilot rahbarlarining shaxsiy yig‘majildlari esa doimiy saqlanadi. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling