Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti
Hujjatlar va yig‘majildlarni tashkil qilish
Download 1.84 Mb.
|
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019
4. Hujjatlar va yig‘majildlarni tashkil qilish
Arxiv fondlari doirasida hujjatlarni tashkil qilish (MAF hujjatlarini tashkil qilishning uchinchi bosqichi). Arxiv fondi doirasida hujjatlarni tashkil qilish ishlari fondlash (fondlashtirish) deyiladi. Fondlash qo‘yidagi ish turlaridan iborat: - arxiv fondi chegarasini aniqlash, shuningdek fond tashkil qiluvchini yuridik mustaqilligini va fond hujjatlarini davriy chegarasini aniqlash; - hujjatlarni qaysi fondga tegishliligini aniqlash; - hujjatlarni tegishli fondga tasniflab, tizimlashtirish va joylashtirish. Arxiv fondlarida shakllangan arxiv hujjatlari, birlashgan arxiv fondlari va arxiv kolleksiyalarini qayta fondlash mumkin emas. Qayta fondlash, bu fondlash jarayonidagi qo‘pol hato hisoblanadi. Materiallarni qayta tizimlashtirish juda kam hollarda amalga oshiriladi, ayniqsa ilmiy faoliyat, ilmiy muomalaga kiritilgan fondlarda. Hujjatlarni ro‘yxatga olinmagan qismini ko‘p hajmda to‘planishi qo‘yidagi favqulodda holat tufayli kelib chiqishi mumkin: - favqulodda holatlar va yong‘inlar; - urush, hujjatlarni bosqinchilar tomonidan bosib olinganda; - harbiy harakatlarda, ijtimoiy bo‘xronlarda, harbiy to‘ntarishlarda; - davlat apparati boshqaruv va hokimiyat organlari islohotlari amalga oshirilganda. Fondlash ishlarining boshlang‘ich bosqichlari. Fondlash ishlarini boshlashdan oldin fond tashkil qiluvchini tarixi, qonun hujjatlari, fond tashkil qiluvchini tarixini aks ettiruvchi adabiyotlar, uni faoliyati davridagi funksiyalarini aniqlab olish kerak. Uni boshqa tashkilotlar bilan aloqasini aniqlab olish muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, fond tashkil qiluvchini asosiy hujjatlari (qaror, buyruq, protokol, hisobot, shtat jadvali) bilan tanishib chiqish kerak, chunki unda fond tashkil qiluvchi to‘g‘risida asosiy ma’lumotlar saqlanadi. Ushbu ma’lumotlar asosida ma’lumotnoma tuziladi. Fond tashkil qiluvchi to‘g‘risidagi Yuqoridagi ma’lumotlardan tashqari uning hujjatlarni tashkil qilish tizimini yaratish kerak. Bu tizimni hujjatlar turi, eski ro’yxatlar, klassifikatorlar, muqovadagi yozuvlar elementlari orqali tuzish mumkin. Kelgusida tarixiy ma’lumotnomada fond tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni izohlash mumkin: fond saqlashga qachon keltirilgan, uni saqlanganlik darajasi, fond hajmi, hujjatning eng so‘nggi muddati. Tarixiy ma’lumotnomada hujjatni tarixi, mazmuni va ahamiyatini ochib berish kerak. Tarixiy ma’lumotnomaga fond tashkil qiluvchi tuzilmasini chizmasi, manbalar ro’yxati va ma’lumotnomani yozishda foydalanilgan adabiyotlarni qo‘shish kerak. Arxiv fondi chegarasini aniqlash. Har qanday hujjatlar fondi ham arxiv hujjati bo‘la olmaydi. Kim fond tashkil qiluvchi bo‘lishi mumkin. U, avvalo yuridik mustaqil tashkilot bo‘lishi va qo‘yidagi belgilarga ega bo‘lishi kerak: - tashkilotni mavjudligi to‘g‘risidagi xuquqiy hujjatning (akt, nizom, bo‘yruq, dekret, qonun, ko‘rsatmA mavjudligi; - bankda hisob raqami, smeta, mustaqil balansga ega bo‘lishi; - shtat jadvali tuzilishi; - mustaqil ish yuritishning olib borilishi (blank, gerbli muhr va boshqalar). Shu bilan birga mustaqil tuzilmaviy bo‘linma ham fond tashkil qiluvchi bo‘lishi mumkin, qachonki uning hujjatlari tarixiy ahamiyatli hujjatlar majmuyinini tashkil qilsa. Eng yangi davr (XX asr 90-yillari) materiallari uchun arxiv fondlari chegarasini aniqlash muhim masala hisoblanib, mavjud fondlarga yangilarini qo‘shish masalasini hal qilish muammosi tez-tez vujudga keladi. Ularni mavjud fondga qo‘shish kerakmi yoki yangi arxiv fondi tashkil qilish lozimmi, degan savol tug‘iladi. Bunday holatlarda davlat va jamiyat hayotidagi tub o‘zgarishlarni hisobga olish kerak. Fondlarning davriy chegaralari fond tashkil qiluvchi tashkilotning rasmiy tuzilishi sanasi va tugatilishi sanasi, yoki shaxsiy fondi tashkil qilinayotgan alohida shaxsning tug‘ilish sanasi va alohida shahsning, oila a’zolari yoki qarindoshlarni o‘limi bilan bevosita bog‘liq, biroq bunda dastlabki va so‘ngi hujjatlarning sanalariga e’tibor qaratish lozim bo‘ladi va ular hujjatlar yig‘majildining davriy chegarasini belgilaydi. Ba’zida tashkilot fondi hujjatlarini va shaxsiy arxiv fondini eng so‘nggi vaqtini aniqlash qiyinchilik tug‘diradi. Tashkilot arxiv fondi hujjatlarining chegara sanalari uning tarkibiga kiruvchi hujjatlarni eng oldingi va eng so‘nggi sanasi hisoblanadi. Ular fond tashkil qiluvchini faoliyatini so‘nggi sanasi bilan mos kelmasligi ham mumkin, chunki biror bir sababga ko‘ra boshlang‘ich yoki yakuniy hujjat yo‘q bo‘lsa, yoki tashkilot fondi boshqa tashkilot fondiga qo‘shilgan bo‘lsa (tashkilotlar qo‘shilishi sababli), bunday holat yuzaga keladi. Shaxsiy arxiv fondi hujjatlarining eng so‘nggi sanasi fond tashkil qiluvchini o‘limi tufayli, uni asarlarini o‘limidan so‘ng e’lon qilinishi bilan, yubiley munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlar hisobiga uzaytirilishi mumkin. Qaysi fondga mansublikni aniqlash, bu hujjatlarni belgilar asosida u yoki bu arxiv fondlariga tegishliligini belgilashdir. Hujjatni fondga tegishlilik darajasi har doim hujjatni bevosita o‘rganib chiqish asosida belgilanadi. Barcha hujjatlar, tuzilishida kiruvchi, chiquvchi va ichki hujjatlarga bo‘linadi. Kirish hujjatlarni (fond tashkil qiluvchi tomonidan olingan) qaysi fondga tegishliligini kiruvchi hujjatlarni qayd qiluvchi shtatli belgisi, hujjat matni, tasdiqlovchi imzo (rezolyusiyA va manzildan bilish mumkin. Ichki hujjatlarni qaysi fondga tegishliligini tashkilotni ichki faoliyatini bildiruvchi ichki hujjatlardan (buyruq, bayonnoma, hisobot), tashkilot nomidan, matndan, sarlavha va mansabdor shaxs imzosidan aniqlanadi. Chiqish hujjatlarni nusxalarini qaysi fondga tegishliligini hujjatdagi mansabdor shaxs imzosidan, qayd qiluvchi shtamp nusxasidan, hujjat mazmuni va ish yuritish tartib raqami (nomeri)dan aniqlanadi. Kirish hujjatlarni fond tashkil qiluvchisi – adresat, ichki va chiqish hujjatlarni fond tashkil qiluvchisi esa – muallif (avtor) hisoblanadi. Yuqoridagi belgilar qaysi fondga tegishliligini aniqlash belgilari hisoblanadi. Tartibsiz va alohida hujjatlarni fondga tegishliligi ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri belgilariga ko‘ra; mazmuni, imzosi, yozuvi, qog‘oz va boshqa belgilariga ko‘ra aniqlanadi. Bunda bu belgilar hal qiluvchi bo‘lishi mumkin. Hujjatni qaysi fondga tegishliligini aniqlashda quyidagilarni esda tutish lozim: qayta tashkil qilinayotgan yoki qayta nomlanayotgan tashkilot hujjatlarida eski nomlanish uchrashi mumkin, tashkilot merosini qaysidir vaqt davomida oldingi tashkilotni muhr, shtamp va blankidan foydalanish mumkin, bitta hujjatda bir necha tashkilotlar faoliyati natijasida hosil bo‘lgan hujjatlar uchrashi mumkin. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling