Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti
Download 1.84 Mb.
|
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-MAVZU MILLIY ARXIVNI BOSHQARISH VA QO‘LLAB-QUVVATLASH MILLIY ARXIV FONDINI TASHKIL QILISH VA ISH YURITISH TARTIBI Reja
- 3. Milliy Arxiv fondidagi davlat arxivlari fondi va hujjatlari tushunchasi. Milliy Arxiv fondidagi nodavlat arxiv fondlari va hujjatlari tushunchasi. SHaxsiy fondlar hujjatlari.
- 1. Milliy arxivni boshqarish va qo‘llab quvvatlash (xorijiy tajribA
Savol va topshiriqlar
1. Arxiv tashkilotlarini qaysi turlarga ajratish mumkin? 2. Arxiv tashkilotini shtat tarkibiga nimalar kiradi? 3. Arxiv mudiri (direktori)ning vazifalari nimadan iborat? 4. Arxivchi (arxivariuC qanday vazifalarni bajaradi? 5. Arxivchi-kodlovchining mansab majburiyatlariga nimalar kiradi? 6. Arxiv ishini rejalashtirish nima? Rejalashtirish turlari. 7. Arxivlardagi marketing tizimini tushuntirib bering? 8. Arxiv xodimi shtat jadvalini tuzishda qaysi xuquqiy-me’yoriy hujjatlarga asoslanadi? 9. Arxiv menedjerlarini arxiv hujjatlari bilan ishlash, yozuvlarni olib borishdagi roli qanday? 10. “Men arxiv direktori bo‘lganimda ish yuritishni qanday tashkil qilgan bo‘lar edim” mavzusida suhbat tuzing. 4-MAVZU MILLIY ARXIVNI BOSHQARISH VA QO‘LLAB-QUVVATLASH MILLIY ARXIV FONDINI TASHKIL QILISH VA ISH YURITISH TARTIBI Reja: 1. Milliy arxivni boshqarish va qo‘llab quvvatlash (xorijiy tajribA. 2. O‘zbekiston Milliy Arxiv fondi tushunchasi. Milliy Arxiv fondini tashkil qilish va uni tashkiliy tuzilmalari. 3. Milliy Arxiv fondidagi davlat arxivlari fondi va hujjatlari tushunchasi. Milliy Arxiv fondidagi nodavlat arxiv fondlari va hujjatlari tushunchasi. SHaxsiy fondlar hujjatlari. 4. Hujjatlar va yig‘majildlarni tashkil qilish. Kalit so‘zlar: Milliy arxiv, qo‘llab-quvvatlash, Milliy Arxiv fondi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondi, davlat arxivi, xususiy sektor, nodavlat, shakllar, klassifikatsiya, tizimlashtirish, fond shakllantiruvchi. 1. Milliy arxivni boshqarish va qo‘llab quvvatlash (xorijiy tajribA Milliy arxivni boshqarish va uni qo‘llab quvvatlash, bu – arxiv sektori orqali xalqning tarixiy va madaniy merosini saqlab qolishdir. Xususan, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqa bir qator xorijiy davlatlarda arxivlarni qo‘llab-quvvatlash deganda qo‘yidagilar tushuniladi. Arxiv tarmog‘ida ishni tashkil qilish uchun xuquqiy-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, arxivlarni faoliyati uchun sharoitlar yaratish, davlat va nodavlat arxivlari faoliyati uchun rahbariy hujjatlarni ishlab chiqish, hujjatlar bilan ishlashda standartlar ishlab chiqish kabi tadbirlar. Masalan, biznes tizimidagi xususiy sektor arxivlari uchun hujjatlarni baholash va arxiv yozuvi uchun qo‘shimcha dasturlar ishlab chiqiladi. Bu dasturlarda qo‘yidagilar aks ettiriladi: fundamental ma’lumotlarni yig‘ish uchun biznes-tizim tahlili, hujjatlar turi, joylashishi, jizmoniy holati, ularni saqlash uchun bino, materiallarini yig‘ish muddati va ulardan foydalanish hamda tashkilot hujjatlari to‘g‘risida ma’lumot. Biznes-tizim tahlilini chizmasi ishlab chiqiladi: o‘z ichiga tashkilotning biznes-tizim to‘g‘risida ob’ektiv axborot yig‘uvchi analitik tizim, umumiy tashkiliy maqsadlarni aniqlash va biznes jarayonini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida firma tahlili. Shuni nazarda tutish lozimki, biznes-tizimdagi arxivlar faoliyatining asosini arxiv tarmog‘ining xususiy sektoriga tegishli bo‘lgan qonunchilik asosiy rol o‘ynaydi. Arxiv hujjatlarini doimo baholab borish, ularni yaroqsiz holatda bo‘lsa, qiymatiga ko‘ra, muomaladan chiqarish va faoliyat bo‘yicha hisobot topshirishga qat’iy rioya qilinadi. Bu ishlar agentlikda ishlab chiqarilgan barcha shaxs va vositalarda aks etishi lozim. Qonunchilik yoki tashkiliy siyosat hujjatlarini uzluksiz baholab borish va yo‘q qilinishi lozim bo‘lgan yozuvlarni baholash uchun asos yaratish kerak. Baholash va hujjatlarni yo‘q qilish ishlarini agentlikni tegishli raxbarlariga yuklatilishi kerak. Arxiv hujjatlari, yozuvlarni saqlash, yo‘q qilish va baholashga bo‘lgan umumiy qoidalar arxiv tashkilotlariga berilishi kerak. SHuning uchun yozuvlarni olib boruvchi menedjer hujjatlarni baholash, saqlash va yo‘q qilish bo‘yicha biznes-tizimini tashkil qilish, tegishli tashkilot vakillari va arxiv tashkilotlari bilan maslaxatlar o‘tkazishda mukammal yo‘riqnomani ishlab chiqishi zarur. Qoidalar hujjatlar, tegishli yozuvlarni o‘z vaqtida yuritish, hujjatlarni milliy arxivga topshirish va muddati o‘tgan hujjatlarni o‘z vaqtida yo‘q qilishni tartibga solishni nazarda tutishi lozim. Bu ishlar barcha xususiy sektor arxivlarida milliy arxiv nazorati ostida olib boriladi. Tashkilotlarning hujjatlarini arxivlashtirish davlat va nodavlat arxivlariga bir xil mas’uliyatda yuklatilishi lozim. Milliy arxiv hamkorligida boshqa arxivlarni faoliyat asosiy konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Shuningdek, baholash mezoni, hujjatlarni saqlash va yo‘q qilish, arxiv hujjatlari va qo‘yidagilar belgilab beriladi: - baholash; - saqlash muddati; - o‘zgarmaydigan qiymat; - saqlash; - yo‘q qilish; - yo‘q qilish grafigi; - arxivlashtirish; - arxiv hujjatlari, yozuvlarni tadqiqoti va tahlili; - biznes-jarayonlar tahlili; - kelayotgan hujjatlar; - chiqayotgan hujjatlar. Milliy arxiv turli voqealarni, alohida shaxslar faoliyati va hayoti, jamiyat, ijtimoiy va xususiy tashkilotlar to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ishni asosiy strategiyasini belgilaydi. Yig‘ilgan ma’lumotlar yaxshi saqlanishi, imkoniyat darajasida foydalanishga qulay bo‘lishi va xalqning madaniy, tarixiy, ma’naviy, ilmiy merosini saqlashga xizmat qilishi lozim. Arxiv faoliyatini rivojlantirish tizimli ravishda uni byudjet mablag‘lari bilan ta’minlanishini talab qiladi. Arxivlarni boshqarishning eng asosiy mezoni, bu arxivlarni institutsional mavjudligini ta’minlashdir. Arxivlarni joylashtirish, ularni ishlash tizimini hal qilish muhimdir. Arxivlarda ishni tashkil etish quyidagilarni talab qiladi: tashkilotning tarixiy, xuquqiy, soliq, hududiy mohiyatini aniqlash, arxiv hujjatlarini saqlash uchun zarur sharoitlarni yaratish, hujjatlarni foydalanuvchilarga taqdim qilish imkoniyatini berish, xodimlarni tezkor ishlashini, moliyalash, moliyalash manbaini tashkillashtirish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, turli arxiv jamiyatlariga a’zolikka kirish va retrospektiv ma’lumotlar to‘g‘risida nashrlar e’lon qilish. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling