Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti
Arxiv tashkilotlarida xodimlar bilan ishlash
Download 1.84 Mb.
|
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019
Arxiv tashkilotlarida xodimlar bilan ishlash
Xodimlar bilan ishlash birinchi navbatda malakali va ishchan xodimlarni yig‘ishdan boshlanadi. Bunda mutaxassislarga qo‘yiladigan asosiy malakaviy talablarni yodda tutish zarur. Arxiv mudiri – arxiv muassasasi rahbari, undagi barcha ishlarni tashkillishtirilishini boshqaruvchi, nazorat qiluvchi, uning o‘rnatilgan tartibda faoliyat yuritishini hamda muntazam rivojlanishini ta’minlovchi va ayni vaqtda bunga javobgar shaxs. Quyidagi vazifalarni bajaradi: Tashkilotda lavozimlar bo‘yicha ishni taqsimlash, muassasada arxiv ishini tashkil qilishni yo‘lga qo‘yish. Tegishli tartibda hujjatlar qabul qilishni, hujjatlarni qayd qilishni, tizimlashtirishni, hujjatlardan foydalanishni va saqlashni ta’minlash. Arxiv hisoboti va arxiv hujjatlaridan foydalanishni engillashtiruvchi so‘rovnoma apparatini tuzish ishlariga rahbarlikni bajarish, zaruriy hujjatlarni izlashda uslubiy yordam ko‘rsatish. Tashkiliy tuzilmalar ishchilariga hujjatlarni shakllantirish, tayyorlash va arxivga topshirish tartibi bo‘yicha yo‘riqnomalar berish. Ish yuritishda tugatilgan hujjatlarni arxivga o‘z vaqtida topshirishni nazorat qilish. Qimmatbaho arxiv hujjatlarida ekspertiza o‘tkazishni ta’minlash. Davlat arxiviga hujjatlarni topshirishdagi ro‘yxatlarni tuzishga, yo‘q qilish dalolatnomalarini tuzish ishlariga rahbarlik qilish. Arxiv binolarida hujjatlarni saqlanishi uchun zaruriy bo‘lgan sharoitlarni ta’minlashni nazorat qilish. Hujjatlar aylanishini hisobga olish, arxiv ma’lumotlarini berish ishlarini yuritishni tashkil qilish. Belgilangan tartibdagi hisobotlarni tuzish. Ish yuritish va arxiv ishini olib borish to‘g‘risida yo‘riqnoma va ko‘rsatmalarni ishlab chiqishda qatnashish. Arxiv mudiri quyidagilarni bilishi kerak: - arxiv ishiga tegishli bo‘lgan qonun, qaror, ko‘rsatma, buyruqlar va yuqori turuvchi organlarning me’yoriy hujjatlarini; - ish yuritishni yagona davlat tizimini, arxivga kelayotgan hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini va ularni tizimlashtirishni mavjud tartibini; - tashkilotning tuzilishini; - mehnatni tashkil qilishni; - mehnat qonunchiligini, mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorini, ma’muriy qonunchilikni. Arxivchi (arxivariuC – mansab majburiyati, tashkilotda arxiv ishini amalga oshiruvchi shaxs. Arxivlarga keltirilayotgan hujjatlarni saqlanishini ta’minlaydi. Tashkilotlardan keltirilayotgan hujjatlarni qabul qilib ularni qayd qiladi. Hujjatlar turini ishlab chiqishda qatnashadi, ularni arxivga topshirishda to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshiradi. Amaldagi qoidalar asosida saqlanayotgan hujjatlarni shifrlaydi, tizimlashtiradi va ularning hisobini olib boradi. Doimiy va vaqtinchalik saqlanayotgan hujjatlar miqdorining yig‘ma ro’yxatini tayyorlaydi. Shuningdek, davlat arxiviga hujjatlarni topshirish aktlari, muddati o‘tgan materiallarni yo‘q qilish aktlarini tayyorlaydi. Hujjatlar bo‘yicha ma’lumotnoma apparatini yaratish ishlarini olib boradi, ularning tez va qulay izlab topishni ta’minlaydi. Arxiv hujjatlarini muhimligini aniqlovchi ekspertizada qatnashadi. Hujjatlarni saqlanishi uchun zaruriy sharoitlarning bo‘lishini nazorat qiladi. Binolarda yong‘inga qarshi himoya qoidalarini saqlanishini nazorat qiladi. So‘rovnomalar bo‘yicha arxiv nusxalari va hujjatlarini beradi. Ma’lumotlar asosida ma’lumotnomalar tuzadi. Arxiv ishi to‘g‘risidagi hisobotni tuzish uchun ma’lumotlar tayyorlaydi. Ish faoliyatida zamonaviy texnik vositalaridan foydalanish uchun zaruriy choralarni qabul qiladi. Arxivchi quyidagilarni bilishi kerak: - tashkilotda arxiv ishini yuritish uchun me’yoriy-xuquqiy hujjatlarni, ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar va boshqa rahbariy materiallarni arxivga topshirish va qabul qilish hujjatlarini, ularni saqlash va ulardan foydalanishni; - ish yuritishning yagona davlat tizimini; - doimiy va vaqtinchalik saqlanayotgan hujjatlarning ro‘yxatini tuzish tartibini va hujjatlarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi aktlarni; - hujjatlarni rasmiylashtirishni va ularni saqlashga tayyorlashni hamda ulardan foydalanishni; - hisob yuritish tartibini va hisobot tuzishni; - tashkilotning tuzilishini; - mehnatni tashkil qilish asoslarini; - texnik vositalarni ishlatish qoidalarini; - mehnat qonunchiligi asoslarini; - ichki mehnat tartibini, mexnat muhofazasi qoida va me’yorlarini. Arxivchi kodlovchi – hujjatlar, qonunchilik va me’yoriy-huquqiy aktlarni hisobga olish, tizimlashtirish va saralash ishlarini olib boradi. Tashkilot xodimlariga zaruriy qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlarni taqdim qiladi. Qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlariga ularga kiritilgan o‘zgarishlar asosida nusxalar kiritadi. Qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlari nusxalariga qonunchikik bilan boigliq o’zgarishlar va qo’shimchalarni belgilab kiritib boradi. Eskirgan hujjatlarni ro‘yxatini tuzadi. Hujjatlarni berish va qaytarish hisobini olib boradi. Zamonaviy texnik vositalardan foydalanishning zaruriy choralarini ko‘radi. U quyidagilarni bilishi kerak: - ish yuritish masalalariga tegishli bo‘lgan qonunchilik va me’yoriy-huquqiy aktlarni, qarorlar, ko‘rsatmalar, buyruqlar va boshqa rahbariy hujjatlarni; - qonunchilik va boshqa me’yoriy hujjatlarni saqlash tartibini; - klasifikatorlar ishlab chiqish va ulardan foydalanishni; - mehnatni tashkil qilish asoslarini; - texnik vositalarni ishlatish qoidalarini; - mehnat qonunchiligini; - ichki mehnat tartibini; - mehnat muhofazasi qoida va me’yorlarini. Davlat arxivlarida 1- va 2-toifadagi arxivchilarga, bosh mutaxassis va boshqa xodimlarga muayyan talablar qo‘yiladi. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling