Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti
Arxivlardagi marketing tizimi
Download 1.84 Mb.
|
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019
3. Arxivlardagi marketing tizimi
Axborot marketingi. Arxiv rahbariyatini rejalashtirish masalalarini hal qilish uchun jamiyatni axborotga bo‘lgan talabini, axborot xizmati bozorining holati va arxiv ma’lumotlariga mamlakatimizda va chet elda bo‘lgan talabni o‘rganib chiqish lozim. Marketing tadqiqotlari asosiga hujjatlardan foydalanishning tezkorligi va samaradorligi, tadqiqotlar mavzusi, so‘rovnomalar, nashrlar, turli fondlarga murojaat qilish davriyligi kiradi. Marketingni yana bir yo‘nalishi, bu axborot xizmatiga va retrospektiv axborot saqlovchi hujjatlarga jahon bozoridagi narxlarni o‘rganishdir. Arxivlarni axborot sohasidagi xizmatlari, hujjatlardan nusxa ko‘chirish, mikrofilmlar komplektlarini sotish, hujjatlar va ma’lumotnomalar nashr qilish, pullik axborot resurslarini yaratish (jumladan, internet saytlaridA hisoblanadi. Bu xizmatlarning bozordagi narxlarini ishlab chiqaruvchilar va axborotni sotuvchilar belgilaydi. Davlat arxivlari va kutubxonalari narxlarni oshirish uchun vositachi firmalar xizmatidan foydalanadilar va bu jarayonda oldi-sotdi ishlaridan doimiy ravishda ma’lum foiz daromad oladilar. Shuningdek, bu muammoni hal qilish uchun axborot marketingi mexanizmi mavjud bo‘lib, u istemolchilarni retrospektiv axborot saqlovchilar bilan aloqasini ta’minlaydi. Hozirgi sharoitda axborot bozorini yaratish va arxivshunoslarni jahon axborot bozoriga chiqishini ta’minlash marketingning asosiy vazifasi hisoblanadi. Shunindek, ular axborot xizmati uchun narxlarni belgilashda ham muhim yo‘nalishni belgilab beradi. Biron bir ma’lumotga talab qancha yuqori bo‘lsa, o‘z-o‘zidan ma’lumki, narxlar ham yuqori bo‘ladi. Hujjatli axborotlarning jahon bozori deganda axborot tovarlari va xizmatlarining butun dunyodagi iste’molchilari tushuniladi. Bu bozorda asosiy hal qiluvchi kuchlar – “produtsentlar” yoki axborot sotuvchilar va axborotni sotib oluvchilar tashkil qiladi. Arxivlardagi axborot marketingi maqsadlari narxlarni shakllanishidan sezilarli darajada yuqori turadi. Arxiv ishini rejalashtirish va uni byudjeti shtatini aniqlash uchun kerakli ma’lumotlarni jamlash marketing ishiga tegishlidir. Davlat arxivi byudjet tashkiloti hisoblanadi va u O‘zbekiston Respublikasi byudjetidan moliyalashtiriladi. Arxivlarda davlat tomonidan moliyalashtirish arxivlardagi mavjud barcha harajatlarn ta’minlash uchun (hujjat saqlovxonalari qurish, texnik vositalar sotib olish, kommunal to‘lovlar, mehnatga haq to‘lash) etarli bo‘lmaydi, shuning uchun arxivlarga mustaqil ravishda tadbirkorlik faoliyati ko‘rsatishga ruxsat berilgan. Bu faoliyat qonun doirasida bo‘lishi uchun pullik xizmat ko‘rsatiladigan hujjatlar turkumi belgilab qo‘yilgan. Har bir arxivda pullik xizmat turlari tuzilib u arxiv mudiri (direktori) tomonidan tasdiqlanadi. Ro‘yxatda pullik xizmat ko‘rsatiladigan ishlarni barcha turi keltiriladi. Har bir arxivdagi “Arxiv tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan pullik xizmat turlari” “O‘zarxiv” Agenligi tomonidan tasdiqlanadi”. Ular davlat va tashkilot, tashkilotlararo arxivlar uchun mo‘ljallangan. Ro‘yxatda, shuningdek arxiv tashkilotlari pul olishi qat’iy ta’qiqlangan xizmatlar turi ham ko‘rsatilgan. Har bir arxivda o‘zining shtat imkoniyatlari hamda va Yuqoridagi ro‘yxat asosida xizmat ko‘rsatish turlari tuzib chiqiladi. Arxivni o‘zi imtiyozli toifadagi foydalanuvchilarga: nafaqadagilar, bolalar uyidagilar va boshqalar uchun xizmat turini belgilaydi. Pullik xizmat ko‘rsatishning har bir bandi uchun xizmat bahosi hisoblab chiqiladi. Pullik xizmat ko‘rsatish narxlarini arxiv direktori tasdiqlaydi. Narxlar xizmatlarning tannarxi (material sarfi, mexnatga xaq to‘lash va hokazolar) va soliqlar hajmini hisobga olgan holda hisoblanadi. Xizmatlarga to‘lash uchun belgilangan xizmat haqlari “O‘zarxiv” Agentligini uslubiy tavsiyanomasi bo‘yicha, iqtisodiy asoslangan bo‘lishi kerak. Hujjatlardan tijorat maqsadlarida foydalanish uchun shartnomalar tuzilayotganda “O‘zarxiv” Agentligi tomonidan ishlab chiqilgan davlat arxivlaridagi hujjatlar va hujjatlarni saqlash markazidagi hujjatlardan vaqtinchalik foydalanish to‘g‘risidagi ko‘rsatma asos sifatida olinadi. Litsenzion shartnoma arxiv va foydalanuvchi o‘rtasida muayyan muddatga tuziladi. U tomonlarning xuquq va majburiyatlari, javobgarligini ta’minlaydi. Shartnomani tuzish uchun asos sifatida foydalanuvchini ariza orqali berilgan buyurtmasi va davlat arxivini qo‘yidagi takliflar olinadi: - arxiv hujjatlarini nashrda faksimil, mikrografik, elektron va boshqa shakllarda nashr qilish; - arxiv hujjatlarni pullik ko‘rgazmalarda namoyish qilish; - tijorat maqsadlarida ishlatiladigan kino-videofilmlar, ovoz yozishda ularni tijorat maqsadidagi radio, teledasturlarda foydalanish; - arxiv hujjatlaridan xo‘jalik nizolarida, ilmiy-texnik tadqiqotlarda va shaharsozlik loyixalarida foydalanish; - ma’lumotlarni mavzuli bazasini tayyorlash. Jadval
Litsenzion shartnoma tuzishda foydalanuvchidan arxiv hujjatlaridan foydalanganlik uchun unga bo‘lgan buyurtmaning ekspertizasi, shartnoma tuzilganlik uchun, arxiv axborotlarini taqdim qilishga sarflanadigan davlat arxivi hujjatlari bilan bog‘liq harajatlar uchun, ko‘rsatilayotgan foyda yoki olingan foyda va boshqa harajatlar uchun to‘lov olinadi. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling