Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti


Download 1.84 Mb.
bet15/76
Sana03.12.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1800283
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   76
Bog'liq
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019

Davlat arxivi

Arxiv tashkilotlari

1. Arxiv yillik rejasi
1.1. Arxivning ilmiy tadqiqot ishlari yillik rejasi.
1.2. Arxiv ilmiy nashriyot ishlarini yillik rejasi (yillik rejaga ilovA.
2. Arxiv tashkiliy tuzilishining yillik rejasi.
3. Xodimning ishini yakka tartibdagi rejasi yoki xodimning kundaligi.
4. Arxivning bajarilgan ishlari bo‘yicha yillik hisoboti.
5. Bajarilgan reja to‘g‘risida yarim yillik hisobot (chorak).
6. Tashkiliy tuzilmaning yillik, yarim yillik, chorak rejalarini bajarganligi to‘g‘risida hisobot.
7. Xodimning yakka tartibdagi rejasini bajarilganligi to‘g‘risida hisobot.
8. Arxiv xodimlarini ish vaqtini hisobga olish tabeli.

1. Arxiv yillik rejasi
2. Arxivni butlash manbalaridan hujjatlarni qabul qilish reja-grafigi (choraklar bo‘yicha, yillik).
3. Hujjatlarni davlat arxivlariga saqlash uchun topshirish va yig‘ma bo‘limlarni yozuvlarini yillik reja-grafigi (choraklarga bo‘lingan holdA.
4. Davlat arxiviga hujjatlar topshirishni va yig‘ma bo‘limlar yozuvlarini taqdim qilishning istiqbol rejasi (5 yillik) - davlat arxivlari tashabbusi asosida tuziladi.
5. Arxivni yillik rejasining bajarilganligi to‘g‘risida hisobot (bunga reja-grafikni bajarilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot ham kiritiladi).
6. Xodimlar mehnatini hisobga olish kundaligi (oy, chorak).
7. Ish vaqtini hisobga olish tabeli.

Rejalashtirish joriy va istiqbol reja bo‘lishi mumkin.


Istiqbol rejalari (dasturlar) 5, 10, 15 yillik muddatlarga tuziladi.
Joriy rejalar bir yil, olti oy va chorak yil uchun tuziladi.
Arxiv ishini rejalashtirishda arxivni Yillik ish reja asosiy hujjat hisoblanadi. Rejalar o‘tgan yillardagi hisobotlar va sohani rivojlantirish rejalari asosida tuziladi.
Arxiv ish rejasi qo‘yidagilardan tashkil topadi:
1. Kirish;
2. Matnli qism – asosiy yo‘nalishlar, ish turlari, bo‘limlar ro‘yxati, muddatlar va ijrochilar;
3. Hisobot qismi (yillik rejani asosiy ko‘rsatkichlari);
4. Takliflar (ilmiy nashriyot va ilmiy tadqiqot ishlari rejasi).
Rejaning hisobot qismi boshqaruv organi tomonidan nazorat qilinadigan ish vaqti byudjetining eng muhim ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi. Ish vaqti byudjeti, bu – har bir yo‘nalishga sarflanishi zarur bo‘lgan yillik ish kunlar miqdoridir. U shtat miqdori va vaqtning loyihaviy me’yorlaridan hisoblanadi.
Eng muhim hisobot hujjati, bu – arxivning yillik hisoboti hujjati hisoblanib, u bo‘limlra rejalari asosida tuziladi va hisobot qismini o‘z ichiga oladi. Arxivning yillik hisobotiga markazlashgan davlat hujjatlari ilova qilinishi mumkin: arxiv pasporti, tashkilotdagi hujjatlarni saqlanish holatiga oid hujjatlar, butlash manbalari.


  1. Download 1.84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling