Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti


Download 1.84 Mb.
bet28/76
Sana03.12.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1800283
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   76
Bog'liq
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019

Savol va topshiriqlar
1. Hujjatni baholash nima?
2. Hujjatni saqlash muddati nima? Saqlanishni qanday muddatlari mavjud?
3. Utilizatsiya nima degani, ushbu jarayonni izohlab bering.
4. Ekspert nazorat nima? Uni funksiyalari nimalardan iborat?
5. Hujjatlarni qiymatini ekspertizasi jarayonini tushuntirib bering.
6. Arxiv qurilmalari tarkibini sanab bering (saqlash xonasi, o‘quv zali, elektron hujjatlar bo‘limi, ko‘rgazmalar).
7. Arxiv hujjatlarini saqlash tizimi haqida tushuncha bering.
8. Nima uchun hujjatlarni baholash jarayoni arxivlar ishini samaradorligini xarakterli tomonlaridan biri hisoblanadi?
9. Mavzu bo‘yicha asosiy atamalarni ta’riflab bering.
6-MAVZU
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY ARXIV FONDI HUJJATLARI HISOBINI YURITISH. ARXIV HUJJATLARINI BUTLASH
ARXIVLAR VA HUJJATLARNI BAHOLASH


Reja:
1. Arxiv hujjatlarini qayd qilish tartibi.
2. Arxiv fondlarini butlash.
3. Hujjatlarni baholash va yo‘q qilish siyosati hamda uning maqsadi, prinsipi va amalga oshirish yo‘llari (xorijiy tajribA.


Kalit so‘zlar: butlash, hisob, hujjatlarni saqlash, hisob hujjatlari, fondlash, fond tashkil qiluvchi, tashkilot, butlash manbalari, hisob shakli, foydalanish samaradorligi, topshirish muddatlari, hujjatlarni qiymatini ekspertizasi.

1. Arxiv hujjatlarini qayd qilish tartibi


Arxiv ishida eng muhim jarayonlardan biri, bu arxivga kelayotgan hujjatlarni butlash ishlarini o‘tkazish hisoblanadi. Bunday ko‘p ish talab qiladigan ishlar ekspert komissiyasi tomonidan hujjatlarni tanlash, tekshiruvdan o‘tkazish, ularni arxiv fondlari bo‘yicha turlarga ajratish va tizimlashtirish ishlari bilan bog‘liq. Hujjatlarni butlash nafaqat arxivlarda, balki fond tashkil qiluvchi arxivlarda o‘tkazilishini taqozo etadi. Arxivchidan ushbu masalarni puxta o‘zlashtirishi talab qilinadi, sababi, arxiv hujjatlarini yig‘ishni to‘g‘ri tashkil qilish, ularni qayd qilish, butlashni o‘z vaqtida o‘tkazish va hujjatlarni to‘g‘ri yuritish muayyan bilim va ko‘nikmalarni talab qiladi. Mamlakatimizda bozor munosabatlarini rivojlanishi jarayoni tashkilot va muassasalarning soni ortishiga olib kelmoqda, ayni vaqtda fond tashkil qiluvchilarning soni ham ortib bormoqda. Arxivchi fond tashkil qiluvchilarning turiga ko‘ra hujjatlarini butlashning o‘ziga xos jihatlarini farqlay olishi kerak.
Butlash jarayoni arxivga topshirilayotgan hujjatlarni qayd qilish bilan uzviy bog‘liq jarayoni hisoblanadi. Shuning uchun talabalar arxivlarda hisob yuritish shaklini, hisob hujjatlarini to‘ldirishni, hisob hujjatlari asosida arxiv hujjatlarini ro’yxatga olish va arxiv hujjatlaridan foydalanish samaradorligi va intensivligini aniqlay olishi kerak.
Arxiv hujjatlarini qayd qilish deganda ularni miqdorini aniqlash, bu miqdorning arxivlar va arxiv muassasalari hisob hujjatlarida aks etishi tushuniladi.
Shunday qilib qayd qilish jarayoni qo‘yidagi tartibda amalga oshiriladi:

  1. arxivdagi hujjatlarning miqdorini aniqlash;

  2. arxiv hujjatlarini to‘g‘risidagi ma’lumotni “ichki” qayd etish hujjatlariga yozish, xususan, hujjatlar miqdorini yozib borish;

  3. ular asosida markazlashgan davlat qayd qilish hujjatlarini to‘ldirish;

  4. arxiv ishi boshqaruv organlarida markazlashgan davlat qayd qilish bo‘yicha yig‘ma hujjatlarni tuzish va ular bilan bog‘liq ma’lumotni “O‘zarxiv” Agentligiga taqdim qilish.

Kirish hujjatlarini qayd qilish kitobi arxivga topshirilayotgan hujjatlarni birlamchi hisobini olish uchun mo‘ljallangan. Uning yordamida hujjatni qachon, qaerdan, qanday holatda olinganligini bilish mumkin. Kirish hujjatlarini qayd qilish kitobi arxiv fondlarini o‘sish dinamikasining muayyan vaqt davomidagi holatini to‘g‘ri ochib berishga yordam beradi.
Kirish hujjatlarini ro’yxatga olish kitobiga topshirilgan hujjatlar birlamchi yoki ikkilamchi topshirilishidan qat’iy nazar, barcha topshirilgan hujjatlarning tartib bilan kiritiladi.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling