Arxivlar haqidagi umumiy tushuncha


Download 273.08 Kb.
bet27/63
Sana07.04.2023
Hajmi273.08 Kb.
#1337482
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   63
Bog'liq
ARXIVSHUNOSLIK MUTAXASIS TAYYORLASHDA HARAKTERI VA XUSUSIYATLARI

Manbalar va adabiyotlar


Alimov I va b. Arxivshunoslik. Toshkent, 1997.
Teoriya i pratika arxivnogo delo v SSSR. Moskva, 1980.

  1. Mavzu: Arxivlarni yangi hujjatlar bilan to’ldirish



Reja:
    1. Arxivlarni komplektlash tushunchasi. Arxivlarni yangi hujjatlar bilan to’ldirish manbalari


    2. Arxivlarni yangi hujjatlari bilan to’ldirishni tashkil etish

Arxivlarni komplektlash tushunchasi.


Arxivlarni yangi hujjatlar bilan to’ldirish manbalari
Arxivshunoslikda «arxivlarni komplektlash» deganda ularni yangi hujjatlar bilan to’ldirish tushuniladi. Davlat arxivlari sistemali ravishda yangi hujjatlar bilan to’ldirib boriladi. Arxivlarni komplektlash tartibi qonunda, O’zR Bosh

arxiv boshqarmasining nizomlarida hamda rejalarda belgilab beriladi.
Idoraviy arxivlar ham doimiy tarzda yangi hujjatlar bilan to’ldiriladi. Bu arxivlarga har yili yangi hujjatlar qabul qilinadi. Idoraviy arxivlarda hujjatlar vaqtincha, ma’lum muddat davomida saqlanadi. Belgilangan muddatdan so’ng ilmiy ahamiyatga molik hujjatlar doimiy ravishda saqlash uchun davlat arxivlariga topshiriladi, qolganlari esa dalolatnoma tuzilib, yo’q qilinadi.
Davlat arxivlarini komplektlash murakkab va mas’uliyatli ish bo’lib, u hujjatlar manbasini aniqlash, hujjatlarni tanlab olish va ularni davlat arxivlari shoxobchalariga taqsimlashni o’z ichiga oladi. Hujjatlar va yig’majildlarni idoraviy arxivlardan davlat arxivlariga o’tkazish ham arxivlarni komplektlash bilan bevosita bog’liqdir.

Davlat arxivlarini komplektlashdan asosiy maqsad har bir arxivda uning yo’nalishiga mos keladigan hujjatlarni imkon qadar to’liqroq yig’ishdir. Bu esa hujjatlarni to’g’ri tashkil etish, ularni ilmiy-ma’lumotnoma apparatini yaratish, ulardan har tomonlama foydalanish imkoniyatini beradi.


DAF hujjatlarini davlat arxivlari shoxobchalariga taqsimlash har bir arxiv fondining bo’linmasligini hamda hujjatlarni turkumlashning asosiy belgilarini inmobatga olgan holda amalga oshiriladi.

O’zR DAF hujjatlari respublika ahamiyatiga va mahalliy ahamiyatga molik bo’lgan materiallarga bo’linadi. Respublika ahamiyatiga molik hujjatlar qatoriga Turkiston general-gubernatori mahkamasi, Muvaqqat hukumatning Turkiston Komiteti, TASSR va O’zSSR MIK va XKS, O’zSSR Oliy Soveti iva Ministrlar Soveti, O’zR Prezidenti Devoni, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi, respublika vazirliklari va muassasalari fondlari markaziy ahamiyatga molik hujjatlardir. Bunday hujjatlar ularning mazmuni, yaratilish texnikasini hisobga olgan holda markaziy davlat arxivlari – O’zR MDA, O’z ITMH MDA, O’zR KFFH MDA yoki O’zR Prezidenti Devoni arxivida joylashtiriladi.


Mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan hujjatlar respublikaning ma’muriy-siyosiy tuzilishi asosida tuzilgan Qoraqalpog’iston Respublikasi MDA, viloyat davlat arxivlari va ularning filiallari hamda Toshkent shahar davlat arxiviga taqsimlanadi.


Davlat arxivlarini yangi hujjatlar bilan to’ldirishning asosiy manbalari quyidagilardir:



  1. Idoraviy arxivlar;

  2. Shaxsiy arxivlar;

  3. Kutubxonalar va muzeylarning qo’lyozmalar bo’limlari;

  4. Xorijiy mamlakatlar arxivlari va chet el fuqarolarining shaxsiy arxivlari.

Ko’rsatib o’tilgan manbalar ichida eng muhimi idoraviy arxivlardir. Chunki ulardan davlat arxivlariga hujjatlar muntazam ravishda kelib turadi. Qolgan manbalardan hujjatlar ahyon-ahyonda va uncha ko’p bo’lmagan miqdorda qabul qilinadi. Turli davrlarda O’zbekistondan chetga olib ketilgan arxiv hujjatlarini qaytarish xalqaro shartnomalar asosida amalga oshiriladi.

Download 273.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling