Arxivlar haqidagi umumiy tushuncha
Download 273.08 Kb.
|
ARXIVSHUNOSLIK MUTAXASIS TAYYORLASHDA HARAKTERI VA XUSUSIYATLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi jahon urushi yillari O’zbekiston arxivlarining ahvoli
Mavzu: Sovet davrida O’zbekistonda arxiv ishi
Reja: Turkiston ASSRda arxiv ishi (1918-1924 yillar)O’zbekiston SSR da arxiv ishining tashkil qilinishi (1925-1940 yillar) Ikkinchi jahon urushi yillari O’zbekiston arxivlarining ahvoli1946-1991 yillarda O’zbekistonda arxiv ishi Turkiston ASSRda arxiv ishi1917 yil oktyabr to’ntarishidan so’ng arxivlar faoliyati sohasida tub o’zgarishlar amalga oshirildi. RSFSR hukumati 1918 yil 1 iyunda “Arxiv ishini qayta qurish va markazlashtirish to’g’risida” dekret qabul qildi. Bu dekret asosida barcha tarqoq arxivlar markazlashtirildi. Turkistondagi sobiq arxivlar tugatildi. Arxiv hujjatlari Turkiston ASSRning yagona Davlat Arxiv Fondi (DAF) ni tashkil etadi, deb e’lon qilindi. DAFni boshqarish uchun Turkiston Respublikasi Arxiv ishlari bosh boshqarmasi tashkil qilindi. Davlat idoralari bu boshqarmaning ruxsatisiz o’z hujjatlarini yo’q qilish huquqiga ega emas, deb ko’rsatildi. Nafaqat 1917 yilga qadar yaratilgan hujjatlar, balki sovet idoralarida tashkil bo’lgan hujjatlar ham DAFning tarkibiy qismi deb e’lon qilindi. Bu hujjatlarni nazorat qilib turish Arxiv ishlari bosh boshqarmasiga topshirildi. Boshqarma Maorif xalq komissarligi xuzurida faoliyat ko’rsatar edi. 1919 yil 15 noyabrda Turkiston ASSR Maorif xalq komissarligining qarori bilan Arxiv ishlari markaziy boshqarmasi tuzildi. DAF tarkibiga 1917 yilga qadar yaratilgan hujjatlar bilan birga sovet tashkilotlari hujjatlari ham yig’ila boshlandi. Tashkilotlarda hujjatlar 5 yil saqlanishi, keyin davlat arxivlariga topshirilishi belgilandi. Bu qoida 1921 yil 30 sentyabrda kuchga kirdi. Joylarda viloyat arxiv fondlari tashkil etildi. Masalan, 1922 yil martda Farg’onada, iyunda - Samarqandda, noyabrda – Yettisuvda, 1921 yil martda Kaspiyorti viloyatlarida shunday fondlar tashkil qilindi. Markaziy va mahalliy arxiv tashkilotlarining muhim vazifasi arxiv hujjatlarini qidirib topish va yig’ish edi. 1920-1921 yillarda 500dan ortiq fondlar hisobga olindi. 1921 yil oxirigacha davlat arxivlariga 305 mingdan ortiq, 1922 yilda esa yana 200 mingga yaqin hujjat topshirildi. DAF hujjatlari ekspertiza qilinib, doimiy saqlash uchun ajratib olingan hujjatlar tartibga solindi va ro’yxatlashtirildi. 1924 yilga kelib barcha saqlanayotgan arxiv materiallarining uchdan bir qismi tartibga solib bo’lingan edi. Arxiv hujjatlarini tartibga solish, ulardan ilmiy va amaliy maqsadlarda foydalanish imkonini berdi. Arxiv tashkilotlari hujjatlar ko’rgazmalarini tashkil etdilar, idoralarga ma’lumotnomalar berdilar, qiroatxonalar orqali hujjatlardan foydalanishni yo’lga qo’ydilar. Download 273.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling