ataladi. Arxiv ishida alohida bir hujjat, yig’majild va arxiv fondi tavsiflanishi mumkin.
Arxiv fondlari o’z
ilmiy ahamiyati, ulardagi ma’lumotlarning salmog’i nuqtai nazaridan bir xil emasdir. Shuning uchun ham hujjatlarni tavsiflash differensial yondashuvni talab qiladi.
Arxiv fondlari ulardagi ma’lumotlarning salmog’iga qarab 3ta kategoriyaga bo’linadi.
Birinchi kategoriyali fondlar jumlasiga jamyat hayotining turli sohalariga doir xilma-xil va boy ma’lumotlar beradigan fondlar kiradi. Odatda bu fondlarning materiallaridan keng ko’lamda va muntazam ravishda foydalaniladi. Shu boisdan birinchi kategoriyali fondlarning ilmiy-ma’lumotnoma apparati batafsil ma’lumotlarni aks ettirishi kerak. Aks xolda hujjatlarni tezda topish va ulardan keng ravishda foydalanish ishi qiyinlashadi. Birinchi kategoriyali fondlar jumlasiga quyidagi fondlar kiradi: Turkiston general-gubernatori va viloyat harbiy gubernatorlari mahkamalari fondlari,
Turkiston komiteti fondi, Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm respublikalari hamda O’zbekiston
SSR Sovetlari, viloyat Sovetlari fondlari va hokazo.
Ikkinchi kategoriyadagi fondlar qatoriga jamiyat hayotining ayrim yo’nalishlari bo’yicha ma’lumot beruvchi fondlar kiradi. Bu kategoriyaga viloyat Sovetlarining boshqarma va bo’limlari, uyezd va rayon Sovetlari, shahar dumalari va kengashlari hamda boshqa muassasalar fondlari kiradi.
Uchinchi kategoriyaga qimmatli ma’lumotga uncha boy bo’lmagan fondlar kiradi. Bu kategoriya fondlari materiallaridan kam foydalaniladi. Shuning uchun ularga murakkab ma’lumot apparatini yaratish shart emas.
Ilmiy-ma’lumotnoma
apparati – (IMA) arxivlarda saqlanayotgan hujjatlar to’g’risida axborot beruvchi ma’lumotnomalar majmui
Do'stlaringiz bilan baham: